Hozirgi kunda jahon tarjribasidan ko’rinib turibdiki, ta'lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari jadal kirib kelmoqda va ulardan samarali foydalanilmoqda. Bizda ham zamonaviy texnologiyalardan ta'lim tizimida samarali foydalanish tizimi talabalarning kelgusida tajribali mutaxassis, o’z kasbining fidoyisi bo’lib yetishishlariga qaratilgan.
Mamlakatimizning jismoniy madaniyati ta’limi va tarbiyasi jarayonida jismoniy madaniyat nazariyasi ve metodikasi fani soha kadrlarini tayyorlashda Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib bo‘lajak jismoniy madaniyat bakalavrlarini tayyorlashning kasbiy nazariy, kasbiy amaliy tayyorgarliklarini amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi va uni hal qilish uchun yo‘naltirilgan maqsadli vazifalarni hal qiladi.