Badiiy uslub.
Badiiy nutq uslubi inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi: umumga taalluqligi, barcha barobarligi bilan xarakterlanadi.
Badiiy nutq uslubi juda xilma-xil ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Bu uslub muallifga asarning estetik ta’sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va Grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-yangi, ifoda vositalari yaratish imkonini beradi. Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bu uslub o`zining obrazliligi bilan adabiy boshqa funktsional uslublaridan ajralib turadi.
Nazorat savollari.
Nutqning uslubiy turlarining shakllanishiga qanday asoslar sabab bo`lgan?
So`zlashuv uslubining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Rasmiy uslubning qanday xususiyatlari bor?
Ilmiy-uslubning qanday xususiyatlari bor&
Publitsistik va badiiy uslubning qanday jihatlarini bilasiz?
Tayanch iboralar.
Funktsional uslublar, adabiy so`zlashuv uslubi, oddiy so`zlashuv uslubi, rasmiy uslub xususiyatlari, ilmiy uslub xususiyatlari, publitsistik uslub, badiiy uslub.
A d a b I y o t l a r :
R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyoti asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992.
E.A.Begmatov. Notiqning nodir boyligi. T., “O`zbekiston”, 1980.
G`.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O`zbek tili va adabiyoti. T., O`zbekiston, 1995.
A.Shomaqsudov va b. O`zbek tili stilistikasi. T., O`qituvchi, 1985. N.Mahmudov va b. O`zbek tilida ish yuritish (munshaot) T.O`.R. Entsiklopediyasi bosh redaktsiyasi, 1990.
Dostları ilə paylaş: |