Mavzu: TILNING TASVIRIY VOSITALARI VA NUTQ MADANIYATI.
R e j a.
Til vositalari va ularni qo`llash shartlari.
Trop va uning turlari.
Uslubiy figuralar.
So`zlovchi yoki yozuvchi o`zi bayon qilayotgan tinglovchiga ixcham, aniq, ta’sirchan va tushunarli qilib yetkazib borishga harakat qilishi shart. Ko`pincha biror narsa belgi xususiyatini tinglovchi yoki o`quvchiga tushunarli, aniq qilib tasvirlab berish uchun uzundan-uzoq va birdan ortiq gaplarga murojaat qilishga to`g`ri keladi. Shunday vaqtlarda so`zlovchi yoki yozuvchi ayni shu fikrni bayon qilib berishda uzundan-uzoq gaplarni qatorlashtirishdan qochib, boshqa vositalardan foydalangan holda lo`nda va aniq qilib tushuntirishga erisha oladi. Bunday vositalarni tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ifoda-tasviriy vositalar deyiladi.
Tasviriy vositalarni og`zaki va yozma nutqda qo`llashda quyidagi shartlarga rioya qilinadi:
Tasviriy vosita turini, tabiati va xususiyatini yaxshi bilish.
Tasviriy vositadan o`rinli, me’yorda foydalanish.
Tasviriy vositani qo`llashda muayyan tizimga amal qilish.
Tasviriy vositaning ruhiy tasvirini hisobga olish.
Tasviriy vosita bilan mazmunning uyg`unligini ta’minlash.
Trop va uning turlari.
Ifodalilik, ekspressivlik va aniqlikni ta’minlash uchun biror narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko`cherish, o`xshatish yoki so`zlarni shu maqsadda umuman ko`chma ma’noda ishlatish troplar deyiladi.
E p i t e t – (gr.izohlash) – badiiy ifodalikni kuchaytirish uchun ishlatiladi: oltin kuz, baxmal qir, po`lat ot kabi.
O` x sh a t i sh – narsa va hodisalar o`rtasidagi o`xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to`laroq, aniqroq, bo`rttiribroq ko`rsatib berish;
Yoqut payola, suvga tushgan mushukday, xuddi shunday va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |