Mavzu: FIKRNI OG`ZAKI BAYON QILISH.
R e j a.
Kirish.
Suhbat va uning oldiga qo`yilgan talablar
Muhokama va uning oldiga qo`yilgan talablar
Munozara va uning oldiga qo`yilgan takabkar
Notiqlik va uning oldiga qo`yilgan talablar.
Fikr suhbat, muhokama, munozara shaklidagi nutqiy faoliyatlar davomida og`zaki bayon qilinadi.
Suhbat – ma’lum bir mavzu yuzasidan dialog (yoki polilog) tarzida bo`lib o`tadigan nutqiy muloqot.
Suhbat oldiga qo`yilgan talablar:
Mavzudan chetga chiqmaslik
Savollarga aniq, qisqa, to`la javob berish.
Javob berish jarayonida savolning ahamiyatiga e’tibor berish, dalil va misollarning ishonarli bo`lishini ta’minlash.
Suhbat jarayonida tinglovchilar holati, vaqti qiziqishlari, mavzuning dolzarbligini hisobga olish.
Suhbatda kamtarlik, xushmuomalalik talablariga javob berish.
Suhbat davomida nutqning ifodalilik, ta’sirchanlik, mantiqiylik, to`g`rilik, soflik kabi xususiyatlari talablariga rioya qilish.
MUHOKAMA
Muhokama – biror masala yuzasidan ko`pchilikning fikrini to`plash, ma’lum to`xtamlarga kelishini anglatadi.
Muhokama nutqi oldiga qo`yilgan t a l a b l a r:
Muhokama mavzuidan chetga chiqmaslik.
Fikrni ixcham, soda, ta’sirli qilib ifodalash.
Ortiqcha lirik chekinishlarga berilmaslik.
Fikrga mos dalil va isbotlarni aniq, lo`nda qilib keltirish.
Boshqalar bildirgan fikrlarni takrorlamaslik.
Fikrni ifodalash davomida o`zgalar fikriga hurmat bilan qarash, o`rinsiz bildirilgan fikrlarni kishi shaxsiga tegmasdan inkor etish.
Fikrni bayon qilish davomida hayajonlanmaslik. O`zini og`ir tutish.
Dostları ilə paylaş: |