-
autentifikatsiya apparat qurilmaga nisbatan amalga oshiriladi;
-
o‘rta va katta hajmdagi tashkilotlar sharoitida yuqori
iqtisodiy samaradorlik
beradi va madadlanishining oddiyligi;
-
qurilmada
amalga
oshiriluvchi
doimiy
mavjud
shifrlash funksiyasi;
-
qo‘shimcha drayver yoki dasturlarni o‘rnatishning zaruriyati yo‘q;
-
ma’lumotlar keng tarqalgan hujum usullaridan, parolni to‘liq
tanlash usuli, zararli dasturni kiritish asosidagi hujumlar va kalitni topishga qaratilgan
hujumlardan himoyalangan;
-
amalga oshirish, dasturiy vositaga qaraganda, yuqori narx talab etadi.
Dasturiy shifrlash
kompyuter
vositasi yordamida disklarni, fayllarni,
kataloglarni va
turli ma’lumot saqlash vositalaridagi axborotni shifrlash va rasshifrovkalash jarayonini amalga
oshiradi. Umumiy holda, dasturiy shifrlash vositalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
-
diskni shifrlash dasturiy vositalari (Disk encryption software);
-
fayl/ katalogni
shifrlash
dasturiy
vositalari
(File/folder
encryption);
-
ma’lumotlar
bazasini
shifrlash
dasturiy
vositalari
(Database encryption);
-
aloqani shifrlash dasturiy vositalari (Communication encryption software).
rasmda diskni shifrlashda foydalaniluvchi TrueCrypt dasturiy vositasining ko‘rinishi
keltirilgan. Ushbu dasturlash vositasi quyidagi xususiyatlarga ega:
-
C, C++, Assembly dasturlash tillaridan foydalanib yozilgan;
-
Windows, macOS va Linux OTlarida foydalanish mumkin;
-
3.30 MB hajmga ega;
-
ushbu dasturiy
vositada
AES, Serpent
va
Twofish
blokli shifrlash algoritmlaridan foydalaniladi.
5-rasm. TrueCrypt dasturiy vositasi
Dasturiy shifrlash o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarga ega:
-
shifrlash
uchun
boshqa
dasturlar
bilan
bir
vaqtning
o‘zida kompyuter resursidan
foydalanadi;
-
kompyuterning
himoyalanganlik
darajasi
saqlagichning
himoyalanganlik darajasini belgilaydi;
-
foydalanuvchi
tomonidan
kiritilgan
paroldan
ma’lumotni shifrlash kaliti sifatida foydalaniladi;
-
dasturni yangilab turish talab etilishi mumkin;
-
katta bo‘lmagan tashkilotlar uchun foydalanish yuqori iqtisodiy samaradorlik
beradi;
-
ixtiyoriy ma’lumotni saqlash usullari uchun shifrlashni amalga oshirish
imkoniyati mavjud;
-
parolni to‘liq tanlash hujumiga yoki parolni
topishga qaratilgan boshqa
hujumlarga bardoshsiz;
-
apparat shifrlashga qaraganda kam sarf xarajat talab etadi.
Dostları ilə paylaş: