Kurs ishining maqsad va vazifalari: Somoniylar davlatida IX asrning oxirlarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim o‘zgarishlar yuz bergani va bir necha yillar davomida tinch siyosat va sharoitlar hukmron bo‘lib turgani Movarounnahrning asosiy ilmiy markazlaridan hisoblangan Samarqand shahrida ilmiy jarayonlarning jonlanishiga zamin yaratdi. Samarqandning buyuk ipak yo‘lida joylashgani tijorat, san'at va ilm markazlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, somoniylar davrida Samarqandda nafaqat islom dinining, balki boshqa dinlarning ham ta'lim markazlari faoliyat olib borgan.
Kurs ishining ilmiy o’rganilishi:Movarounnahr mintaqasining Somoniylar davridagi tarixi haqida birinchilardan bo‘lib Muhammad Narshaxiy batafsil ma'lumot beradi. Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobi1 Somoniylar davlatining poytaxti - Buxoro tarixiga bag‘ishlagan o‘ziga xos qomusiy asardir. XIII asr muallifi Sam'oniyning “Kitob-ul-ansob” asarida keltirilgan qisqagina ma'lumotga qaraganda, uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn Zakiriyo ibn Xattob ibn Sharik bo‘lgan. Naslu nasabi Buxoro ahlidan, 899 yilda shahar yaqinidagi Narshax qishlog‘ida duyoga kelgan. 959 yilda 60 yoshida vafot etgan. “Buxoro tarixi” asarini u 943-944 mobaynida arab tilida yozadi. Kitobni Samoniylar davlatning hukmdori Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943-954 yy.) ga bag‘ishlaydi. Afsuski, “Buxoro tarixi”ning arab tilidagi asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Uning faqat ancha-muncha qisqartirilib, fors-tojik tiliga ag‘darilgan tarjimasigina yetib kelgan2.
Kurs ishining obyekti va predmeti:Kurs ishining obyekti va predmeti sifatida biz Somoniylar hukmronlik qilgan IX-X asr oxiridagi siyosiy vaziyat va Movarounnahrdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat Somoniylar davlatining milliy davlatchiligimiz tarixidagi o’rni va uni o’rganishga qaratilayotgan hozirgi kundagi e’tiborni nazarda turgan holda kurs ishinini tayyorladik.
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishining tarkibiy qismi kirish, ikki bob, 4ta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iboratdir.