II.BOB. Xalifalikning zaiflashuvi va markazlashgan davlatlarning yuzaga kelishi. 2.1. Somoniylar davlatining markazlashtirish siyosati va boshqaruv tizimi. Buxoro va boshqa markaziy shaharlarda islom dini ta'limotining asosiy manbalari va shariat bilimlarini o‘qitish uchun madrasalar ochilgan edi. Bunday ilmgohlardan yetishib chiqadigan ilm ahlining hammasi ham qozi yoki a'lam bo‘lavermay, ular orasidan dunyoviy ilmlar: tabobat, handasa, matematika, kimyo, falakiyot, falsafa, mantiq, tarix va boshqa sohalar bo‘yicha puxtagina bilim orttirgan olimlar ham yetishib chiqar edi. Bunday bilim egalari xalq o‘rtasida baobro‘ va e'tiborli bo‘lib, ular atrofida, shubhasiz, shogirdlar to‘planar edi. Shogirdpeshalariga ular ma'lum soha bo‘yicha o‘z bilganlaridan ta'lim berar edilar.
Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shahar bozorlarida alohida kitobfurushlik rastalari bo‘lgan. Ularda diniy va dunyoviy ilmlarning turli sohalari bo‘yicha turli tillardagi qo‘lyozma kitoblar sotilgan. Ibn Sinoning yozishicha, u Buxoro bozoridan Abu Nasr Forobiyning «Aristotel metafizikasiga sharh»lar nomli kitobini uc h dirhamga sotib olgan. Bu kitobni o‘qib chiqqach Ibn Sino qadimgi yunon faylasufi Aristotel ta'limoti va falsafasining mohiyatiga tushunib yetgan. Shahar madaniyatining ravnaqi, o‘rta asrlar jamiyati, ziyolilari davrasining kengayib borishi shubhasiz somoniy hukmdorlarni ilm ahli bilan yaqinlashtirdi. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san'atkorlarni va turli sohalar bo‘yicha qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar kutubxonalardagi nodir ko‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanardilar25.
Mustaqil Somoniylar davlatining tashkil topishi, siyosiy barkarorlik va iqtisodiy ko‘tarilish madaniy hayotning ravnakiga imkon berdi. Bu davr Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Abu Abdulloh Xorazmiy va Abu Bakr Muhammad Narshaxiy kabi jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarni o‘z bag‘rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi.
Abu Nasr Forobiy 873 yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Forob (O‘tror) shahrida tug‘ilgan. U avval ona shahrida, so‘ngra Samarqand, Buxoro va Bag‘dodda bilim olgan. Umrining oxirida Xalab va Damashq shaharlarida yashagan, 950 yilda vafot etgan. Forobiy riyoziyot, fa- lakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr fan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shdi. Bular orasida 26.
Bu davrning ulug‘ mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sino edi. U 980 yidda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keladi. Besh, o‘n yoshlarida maktabda ta'lim oladi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloh an-Natiliydan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. O‘n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo‘yicha Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o‘rganadi. Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Golen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziy (864—925) ning asarlarini puxta o‘rganadi. Ibn Sino o‘n yetti yoshidayoq e'tiborli hakim va olim bo‘lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Kutubxonada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, bilimini chuqurlashtiradi.
X asr oxiri — XI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosondagi murakkab siyosiy vaziyat oqibatida yuzaga kelgan og‘ir sharoitda Ibn Sino o‘z ona shahri Buxoroni tark etib, avvalo Xorazmshoh Ma'mun saroyidagi olimlar qatoridan joy oladi. So‘ngra Mahmud G‘aznaviyning tazyiqi tufayli Xorazmdan ham chiqib ketadi. U umrining oxirigacha Obivard, Gurgon, Ray, Kazvin, Isfaxon va Hamadon shaharla-rida hukmdorlar qo‘l ostida tabiblik va vazirlik qiladi. 1037 yilda Hamadonda vafot etadi27.
Ibn Sino arab va fors tillarida fanning turli sohalari bo‘yicha 300 dan ortiq asarlar yozadi. Nazm va nasrda qalam yuritadi. Uning besh jildlik «Al-Qonun fit-tib», «Kitob ush-shifo», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Risolat at- tayr» va ko‘pgina boshqa asarlari shular jumlasidandir. Uning tabobatga doir asarlarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja usullari, dorivor o‘simliklar va dorivor o‘simliklar xususiyatlari, parhyez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning ko‘pgina g‘oyat muhim masalalariga alohida e'tibor berilgan. Uning «Al-Qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan. O‘rta asrning bu buyuk allomasi Sharqda «Shayxur-rais», G‘arbda «Avitsenna» nomlari bilan shuhrat topdi28.
Bu davrda Xorazm poytaxti Urganch ham obod va madaniy shahar edi. Xorazmshoh Abul Abbos Ma'mun ancha bilimli hukmdor bo‘lib, olim, shoir, san'atkor, naqqosh va musavvirlarga homiylik qilar edi. Urganchda xorazmshohlar saroyida zamonasining yirik mutafakkirlari Ibn Sino va
Beruniydan tashqari, tarixchi Miskavayx, matematik Abu Nasr Arroq, faylasuf Abu Sahl Masihiy, tabib Ibn Hammorlar to‘plangan edilar. Bu yerda «Bilimdonlar uyi» — «Ma'mun akademiyasi» tashkil etilib, u yerda Xorazmshoh homiyligida falsafa, matematika, tib ilmiga oid masalalar muhokama qilinar edi. Ammo Urganchdagi bu ilmiy muhit uzoq yashamadi. Mahmud G‘aznaviyning tazyiqi ostida u tezda tarqalib ketdi. O‘sha zamonda Urganchda yashab ijod qilgan ulug‘ mutafakkirlardan biri Abu Rayhon Beruniy (973-1048) edi. U Xorazmda tug‘iddi, dastlab Urganchda ta'lim oldi. Uzoq yillar Gurgonda yashadi. So‘ngra Xorazmshoh Ma'mun saroyida ijod qildi. 1017 yilda Mahmud G‘aznaviyning talabi bilan G‘azna shahriga bordi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048 yilda G‘aznada vafot etdi. U falakiyot, geografiya, matematika va tarix fanlari bo‘yicha 154 ta ilmiy asar yozdi. Beruniyning «O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U o‘zining falakiyotga oid asarlarida n Koperniqdan qariyb 5 asr muqaddam yerning quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari surdi. yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U dunyoning geografik xaritasini tuzdi. Beruniyning fan olamida shuhrat qozontirgan katta asarlari «Hindiston» hamda «O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitoblaridir. Ulardan birinchisida u Hindistonning geografiyasi, aholisining mifologik tasavvurlari haqida ma'lumot beradi. Ikkinchi kitobida esa yunonlar, rumoliklar, sug‘dlar, xorazmliklar, nasorolar, yahudiylar, arablarning islomgacha bo‘lgan urf-odatlari, diniy e'tiqodlari, matematik va geografik tushunchalari to‘g‘risida qimmatli tarixiy ma'lumotlarni bayon qiladi. Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi, shubhasiz, jahon fani va madaniyati xazinasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi29.
X—XI asrlarning qomusiy olimlaridan ikkinchisi Abu Abdulloh al- Xorazmiy edi. Xorazmlik bu olimning hayoti haqida juda oz ma'lumot bizgacha yetib kelgan, hatto uning na tavallud topgan, na vafot etgan sanasi ma'lum. Olimning to‘liq ismi Abu Abdulloh ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xiva, Zamahshar va kindik qoni to‘kilgan Kat shahrida o‘tgan. Bu shaharda Abu Abdulloh al-Xorazmiy yashadi, savod chiqardi va fanning turli sohalari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ddi. Ma'lum bir vaqt u Xurosonda istiqomat qiladi. Nishopur shahrida kotiblik, Somoniylar davlati poytaxti Buxoroda Nuh ibn Mansur (976- 997) saroyida hatto vazirlik lavozimida faoliyat ko‘rsata-i. Saroydagi hayot unga Buxoro shahridagi nihoyatda boy amir kutubxonasidan foydalanish imkonini beradi.
Abu Abdulloh Xorazmiydan bizgacha arab tilida yozilgan yagona asar — «Mafotih ul-ulum» («Fanlar kalitlari») yetib kelgan. Bu kitob fanlarning rivoji tarixi va ularnint tasnifiga bashshlangan. Unda o‘rta asrlardagi fanlar borasida ma'lumotlar qomusiy uslubda berilgan. Aruz, arifmetika, geometriya, kimyo kabi fanlarning asoslari bayon etilgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy o‘z asarida aniq fanlar to‘g‘risida tushunchalar beribgina qolmay, balki ularning taraqqiyot darajasini ham aniqlagan. Uning bu asari o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda aniq fanlarning rivojida muhim o‘rin tutgan30.
Bu davrda Xorazm diyorida yetishib chiqqan buyuk allomalardan yana biri Mahmud Zamahshariydir. Uning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy bo‘lib, u 1074 yidda Xorazmning Zamahshar qasabasida dunyoga keldi. Dastlab bilimni u avval otasidan oladi, so‘ngra madrasada tahsil ko‘radi. Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag‘dod, Hijoz va Makkada hayot kechirib kelgan arab tili grammatikasi va lug‘ati, arab qabilalarining lahjalari, maqollari, urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ladi. Mintaqa geografiyasiga doir ma'lumotlar to‘playdi. Mahmud Zamahshariy arab tili grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis vafiqh ilmiga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldiradi. Ayniqsa uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan «Al-Mufassal», Xorazmshoh Otsizga bag‘ishlangan «Muqaddimat ul-adab», «Kitob al-Jibol va-lamkina val-miyoh» («Tog‘lar, joylar va suvlar haqidagi kitob») kabi asarlari nihoyatda ahamiyatlidir. Uning «Asos al-balog‘a» («Notiqlik asoslari»), «Al-Kustos fil-aruz» («Aruzda o‘lchov (mezon)») asarlari qimmatli manbalardan hisoblanadi. Az-Zamahshariyning Qur'on tafsiriga oid «Al- Kashshof» asari musulmon olamida ayniqsa mashhurdir. Qohiradagi dunyoga dong‘i ketgan Al-Azxar diniy dorulfunining talabalari «Al-Kashshof» asosida Qur'oni Karimni o‘rganadilar31.
XII asrda fiqh ilmining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomaning to‘liq ismi Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil ar-Rishtoniy al- Marg‘inoniydir. U1118 yil-da Farg‘ona vodiysining Rishton qasabasida tavallud topdi, 1197 yili vafot etdi. U yoshligidayoq Rishton, Marg‘inon, Samarqand, Buxoro hamda Movarounnahrning boshqa shaharlarida Qur'on, hadis ilmlarini mukammal egallab, islom huquqshunoslish borasida yuksak yutuqlarga erishgan32.
X-XII asrlarda Movarounnahrda tarix va geografiyaga qiziqish ortib, bu ilmlarga e'tibor kuchayadi. Chunki bu davrda mahalliy aholining ma'naviy hayotida o‘z ona tili va unda yozilgan tarixiy va adabiy asarlarga bo‘lgan ehtiyoj ham tobora ortib bormoqsa edi. Ayni shu davrda Gardiziyning «Zaynulaxbor» («Xabarlar ko‘rki»), Bayxaqiyning 30 jildlik tarixiy asari, Majiduddin Adnoniyning «Tari-xiy mulki Turkiston», Muhammad Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» kabi asarlari fors tiliga tarjima qilinadi. Bu davrda Movarounnahr, Shosh, Fargona, yettisuv va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqyaarning qadimdan davom etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti yuzaga keladi. Qator didaktik poemalari bitiladi. Ammo ularning juda oz nusxalarigina bizgacha saqlangan. Ulardan eng nodiri Yusuf Xos Hojib Bolasog‘uniyning «Kutadg‘u bilik» («Saodatga boshlovchi asar») nomli asaridir. Asarda mavzular qamrovi juda keng. Ularda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotidagi o‘rni va vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi. «Qutadg‘u bilik»da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi. Yusuf Xos Hojib ayniqsa dehqonlar, chorvadorlar, hunarmand va savdogarlarni iliq mehr bilan tilga oladi. Dehqonlarni u hammadan ham yuqori qo‘yadi. Turli tabaqalar bilan hokimiyatning qanday munosabatda bo‘lishi kerakligini uqtiradi. Dehqonlar «zarur kishilardir... bular bilan sen aloqada bo‘l va aralashgin.... hammajonliylarga ulardan oziq yetadi, hamma o‘z yeyim-ichimini ulardan oladi»33, deb ta'kidlanadi kitobda.
X—XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda me'morchilik va san'at yangi taraqkiyot bosqichiga ko‘chdi. Avvalambor, o‘rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va bu davrda to‘la g‘alaba qozongan islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu sohasiga ham kuchli ta'sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o‘zgardi.
Qolaversa, mamlakatning iqtisodiy qo‘tarilishi natijasida uning yangi yo‘nalishda ravnaq topishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. VIII asrda yuz bergan tushkunlikdan keyin shaharlar kengayib, obodonlashadi. Asrlar davomida to‘plangan va avloddan-avlodga ananaviy ravishda o‘gib, tobora boyib kelgan me'morchilik yuqori darajada rivojlanadi. Shaharlarda hashamatli binolar qad ko‘taradi. Binokorlikda xom g‘isht va paxsa bilan bir qatorda, pishiq g‘isht va turli xil ganch hamda ohakli qurilish qorishmalari keng ishlatilib, binolarning shakli ham, ko‘rinishi ham ko‘rkamlashadi. Baland peshtoqli yoki chortoqpi, tomi gumbazli hashamatli binolar hamda o‘ymakor g‘ishtlardan qurilgan qo‘rkam minoralar har bir shaharning ko‘rki bo‘lib, uning husniga husn qo‘shar va manzarasini bezab turar edi.
Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‘zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroylar quriladi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy, Zirabuloq yaqinida -Tim qishlog‘idagi Arabota, Karmanadagi Mirsaid Bahrom maqbaralari, Buxorodagi namozgoh, Minorai Kalon, Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari va boshqa ko‘pgina binolar o‘sha davr me'morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar X-XII asrlarda Movarounnahrda o‘ziga xos me'morchilikning g‘oyat rivoj topganligidan dalolat beradi34.
Bu davrda monumental me'moriy binolardan tashqari, yo‘nilgan tosh, pishiq g‘isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari - bandlar, novalar, ko‘priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Qizig‘i shundaki, bunday inshootlarning o‘lchamlari matematik jihatdan yuyat puxta ishlangan. Shunga qaraganda, mahalliy gidrotexniklar bunday suv inshootlarini qurishda o‘sha davrda rivoj topgan handasa va riyoziyot ilmlari hamda asriy mirobchilik muhandisligi tajribalaridan keng foydalanganlar.
Masalan, X asr Nurota tog‘ tizmalarining Pasttog‘ darasi to‘silib, barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to‘plangan. To‘g‘ on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Xonbandining matematika yechimlaridan ma'lum bo‘lishicha, uni bino qilishda X asr muhandislari hovuzga to‘planadigan suvning vertikal hamda ag‘daruvchi kuchlarigina emas, balki bu hududlarda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to‘g‘risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb VII asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma'lum ekanligidan dalolat beradi35.
X asrdan boshlab binokorliqsa sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo‘shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib, ustunlariyu sarrovlari va to‘sinlarigacha yog‘ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlaming orasi xom g‘isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish uslubi hozirgacha saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turarjoy qoldiqlaridan ma'lum bo‘lishicha, X—XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me'morchiligida asosiy o‘rinni tutgan. Xona, yo‘lak, ayvon va hovlilardan iborat bunday turarjoylar va saroylar odatda mustahkam qalin paxsa devor bilan o‘ralib suvalgan, xona devorlari ganchkori naqshli panellar bilan bezatilgan. Turarjoy sahni ko‘pincha naqshli qilib to‘shalgan pishiq g‘yshtlar bilan qoplanar edi36.
IX—XII asrlarda me'morchilik bilan birga naqqoshlik va o‘ymakorlik san'ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o‘ymakor ustun va to‘sinlar, devorlarini bo‘yoqli yoki ganchkorli naqshlar bilan bezash keng ta rqaladi. Bu davrga kelib naqqoshlik va tasviriy san'at o‘zgacha tus oladi. Endiliqsa jonli mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va islimiy gulli naqshlar ishlashga o‘tiladi. Islom dini mafkurasiga asosan, garchi tirik jonzodlarni tasvirlash majusiylik va butparastlik deb qagiy man qilinganiga qaramay, xalq san'atining bu sohadagi asriy an'analari butunlay yo‘qolib ketmaydi. Bu davrda yog‘och, ganch va sopoldan turli jonzodlarning haykalchalarini yasash va ularning tasvirlarini sirli sopol buyumlariga tushirish keng tarqaladi.
Naqqoshlik san'atining taraqqiyoti o‘z navbatida kulolchilik, misgarlik va zargarlikning ravnaqiga yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar kulolchilik, misgarlik va zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. IX—XII asrlarda ayniqsa sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi. Rango-rang sopol idishlarga nimsariq, ko‘kimtir, yashil, qizil, jigarrang va qora bo‘yoqli naqshlar tortilib, sirti yupqa sir bilan qoplangan. Idish-tovoqlarni epigrafik naqsh — arabcha «xatti kufiy»da bitilgan maqollar, hikmatli so‘z va tilaklar bilan bezash katta o‘rin tutgan. Bunday sopol buyumlar nihoyatda sifatli bo‘lib, chet mamlakatlarga ham olib chiqilgan. Bu davrda xattotlik xalq san'atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan bin edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo‘lyozma kitoblardan nusxalar xattotlar tomonidan faqat qo‘lda ko‘chirilishi tufayli xattotlik san'ati ancha rivoj topadi. Turli uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me'moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi.Odatda, imoratlarning peshtoqi, eshigi va devorlarining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. Shu jumladan, masjid, xonaqoh va madrasalarga ayrim oyatlar, saroylarga turli madhiyalar, oddiy bino va buyumlarga esa hikmatli so‘zlar bitilar edi. Shuningdek, imoratning qurilgan yili, binokor ustaning ismini yozish ham odatga aylangan. Bu odat, shubhasiz, kulolchilik, misgarlik va zargarlik buyumlarida ham namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, IX—XII asr me'morchiligi va unda ishlangan me'moriy naqsh uslublari o‘z navbatida mexnatkash aholining did-nafosat va binokorlik g‘oyalari bilan chambarchas bog‘langan xalq me'mor-bannolarining sermazmun ijodini namoyish etadi37.
IX—XII asrlarda musiqa san'ati xam g‘oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to‘ylar, xalq sayillari va boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo‘shiqsiz o‘tmas edi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» kitobida keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, xalq orasida ayniqsa qo‘shiq janri keng tarqalgan38. Bu davrda sozandalar rud, tanbur, qo‘buz, rubob, nay, surnay, karnay, qo‘shnay, tabl, barbat, daf, ko‘s, taburok, zir, chag‘ona, shaynur, arg‘unun va qonun kabi g‘oyat xilma-xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg‘u asboblaridan keng foydalanganlar.
Bu davrda hatto yangi sozlar ixtiro etilgan. Masalan, Rudakiyning zamondoshi Abu Hifz Sug‘diy nayga monand «shohrud» nomli torli asbob yaratgan edi. Manbalarda Abu Bakr Rubobiy, Bunasr, Buamir, changchi Lo‘kariy kabi sozandalar hamda hofizlaming nomlari saq-lanib qolgan. Rudakiy rud va tanbur kabi sozlarni yaxshigina chaladigan sozanda va xushovoz hofiz bo‘lgan, uning mashhur «Bo‘yi jo‘yi Mo‘liyon» she'ri ushshoq kuyida aytilib, nihoyatda shuhrat qozongan. Rudakiyning zamondoshlaridan shoir Abu Tayib Tohir «Xusravoniy» kuyini ijod qilgan edi.
Bu davrda xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining klassik kuyi «Shashmaqom» uchun poy devor bo‘lgan «Rost», «Xusravoniy», «Boda», «Ushshoq», «Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi yangi-yangi quylar ijod etiladi. Bu soz va kuylarning ko‘pi o‘zbek va qardosh xalkdarning madaniy merosi tarzida hozirgi kungacha sakdanib kelmoqsa. Musiqa san'ati, shubhasiz, poeziya hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog‘langan holda taraqqiy etadi. Forobiy va Abu Ali ibn Sino kabi ulug‘ olimlar musiqa va musiqashunoslikka katta e'tibor beradilar va nodir asarlar yaratadilar.