1.2. Somoniylar davlati tarixiga oid manbalar tahlili va tarixshunosligi. Somoniylar davrida Samarqand tarixidagi geografik va ijtimoiy-madaniy omillar ta'lim jarayonlari, ayniqsa hanafiylikning mintaqada taraqqiy etishiga turtki bo‘ldi. Hanafiya olimi Abul Muin an-Nasafiy “Tabsirat al-adilla” asarida ta'kidlashicha, Movarounnahr va Xurosonning Marv va Balx kabi shaharlarida mu'taziliya ta'limotini qabul qilganlardan tashqari Abu Hanifa izdoshlarining asosiy qismi usul va furu' mavzularida islom kirib kelgan davrning dastlabki kunlaridanoq hanafiya ta'limotini qabul qilgan edilar. Nasafiyning mazkur asaridagi “Movarounnahrda mu'taziliya ta'limotini qabul qilmagan hanafiylar” degan iborasidan, bu o‘lkada hanafiya olimlari ikki guruhga bo‘lingani ma'lum bo‘ladi: l.Hanafiy mu'taziliylar. 2.Abu Mansur al-Moturidiy tomonidan rivojlantirilib tizimga solingan va mu'taziliya fikrlarini rad qilgan hanafiy moturidiylar.
Ibn Zakariyo Yahyo ibn Is’hoqning “Sharh jumal usul ad-din” asarida bir rivoyat e'tiborga molikdir: Somoniylar davrida Movarounnahrda islom diniga yangi kirgan bir kishi musulmonlarning yetmish uch firqaga ajralib ketganini eshitadi. Shunda u qadariy-mu'taziliydan insonning fe'llari haqida so‘raydi. Mu'taziliy quyidagicha javob beradi: “Men istaganimni qila olaman va o‘zim xohlagan har narsaga kuchim yetadi”. Yangi musulmon uning fikriga raddiya berib deydi: “Men bu e'tiqodni tanlamayman. Chunki bu e'tiqod orqali Allohning xohish va qudrati chetga chiqib qolmoqda”. Shunda qadariy- mu'taziliy: “Agar mening fikrimni qabul qilmasang, ahli sunna val jamoa mazhabiga borib qo‘shil”, deb javob beradi. Shundan so‘ng yangi musulmon o‘zi yashayotgan joydagi jamiki firqalar vakillaridan inson fe'li haqida so‘rab chiqadi va birontasining aqidasini qabul qilmaydi. U murojaat qilgan firqalarning barchasi: “Agar bizning aqidamizni qabul qilmasang, ahli sunna val jamoa mazhabiga borib qo‘shil”, degan fikrni aytishadi.
U firqalar vakillaridan ahli sunna val jamoa kimlar ekanini so‘raganida, ular quyidagicha javob beradilar: “Ular har yerda ahli sunna val jamoa nomi bilan tanilganlar. Samarqandda “Dor al-juzjoniya” va “Dor al-iyodiya” a'zolari, Buxoroda “As’hobi Abu Hafs” (Abu Hafs al-Kabir tarafdorlari), Balxda Nusayr ibn Yahyo tarafdorlaridir. Ular ahli sunna val jamoa qarashlarini tarqatayotgan ilm ahli hisoblanadilar”. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, somoniylar davrida faoliyat olib borgan sultonlarning barchasi ilm-ma'rifatga xayrixoh bo‘lganlar. Ular o‘lkada yashab ijod qilgan barcha ulamolarning ilmiy meroslariga befarq bo‘lmaganlar. Shuningdek, o‘lkada islomiy firqa va oqimlar bilan bir qatorda boshqa din vakillarining ham faoliyatlari kuzatilgan. Ayniqsa, o‘lkada nasroniylar va yahudiylarning uchrab turishi ham somoniylar davrida diniy bag‘rikenglikka katta e'tibor berilganidan dalolat beradi. Yuqoridagi ma'lumotlar hozirgi kunda ham yurtimizda boshqa din vakillariga nisbatan hurmat-ehtirom bilan muomalada bo‘lish, o‘zaro tinchlik ostida yashashga undashi tabiiy holdir.
Ibn Xolliqon, Istahriy, ibn Havqal va Muqaddasiy keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, Movarounnahrning asosiy viloyatlarida, ayniqsa Zarafshon, Farg‘ona vodiylarida, Ilaqda, Xorazmda qishloq xujaligi rivojlangan. O‘rta Osiyo shaharlari qadimdan Yaqin va O‘rta Sharq, Volga buyi va Xitoy bilan karvoi yo‘llari orqali bog‘lanib kelganlar. Bu haqda ibn Xurdodbeh, ibn Fadlan, Gardiziy asarlarida, shuningdek Xorazm va Volga buyida olib borilgan arxeologik qazilmalardan topilgan faktik materiallar mavjud.
X—XII asrlarda Movarounnahrda tarix va geografiyaga qiziqish ortib, bu ilmlarga e'tibor kuchayadi. Chunki bu davrda mahalliy aholining ma'naviy hayotida o‘z ona tili va unda yozilgan tarixiy va adabiy asarlarga bo‘lgan ehtiyoj ham tobora ortib bormoqsa edi. Ayni shu davrda Gardiziyning «Zaynulaxbor» («Xabarlar ko‘rki»), Bayxaqiyning 30 jildlik tarixiy asari, Majiduddin Adnoniyning «Tarixiy mulki Turkiston», Muhammad Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» kabi asarlari fors tiliga tarjima qilinadi. IX—XI asr boshlaridan Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatning tadrijiy rivoji va u bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat aholisining madaniy hayotiga ham kuchli ta'sir etdi.
Ma'lumki, Movarounnahr istilo etilib, xalifalikka qo‘shib olingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islomgana emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat hamda mafkurasi bo‘lgan islom dini tili edi. Shuningdek, hududlari kengayib jahondagi eng yirik davlatga aylangan Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu boisdan kadimiy madaniy an'analarga boy Ajam va Movarounnahrda qo‘p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni o‘zlashgirishta bo‘lgan intilish kuchli bo‘ldi. Islomni qabul qilgan aholining qo‘pchilikka yod arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Kur'oni Karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lsa-da, ammo mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy faoliyatini tiklab, uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar, uni o‘zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda ham hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini yaxshiroq o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ladi. O‘z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ham ilm va ilm ahli suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ayniqsa ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi16.
Shu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo‘q etilib, yerli bilimdonlar quvg‘in ostiga olib turilgan bir paytda bu mamlakatning ko‘pgina tolibi ilmlari xalifalikning markaziy shaharlari — Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar Akademiyasi «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma» da katta kutubxona hamda Bag‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadhonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bi-lan bir qatorda qadimgi yunon, fors va hind olimlarining ulkan merosini to‘plash, asrash va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar. Qariyb ikki asr mobaynida faoliyat ko‘rsatgan jahonga mashhur bu ilmiy dargohning ko‘p sonli olimu fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy, Fazl Navbaxt, Yoqub Kindiy va ko‘pgina boshqalar kabi bir nechta chet tillarni mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar.
Bu davrda «Bayt ul-hikma»da Muso Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid Marvarudiy, Ahmad Farg‘oniy, Abdulloh at-Turk, Abu Xolid Sog‘uniy, Qaffol Shoshiy kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asrlar ilmu fani, xususan, matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, kimyo va huquqshunoslik fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar17.
Muhammad Ibn Muso Xorazmiy (783—850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarni u o‘z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So‘ngra u xalifa Xorun ar-Rashidning Xuroson va Movarounnahrdagi noibi, keyinchalik Xalif Abdulloh ibn Xorun ar-Rashid Ma'mun zamonida (813—833) «Bayt ul-hikma» nomi bilan shuhrat topgan Ma'mun Akademiyasida mudir sifatida fao-liyat ko‘rsatadi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va movarounnahrlik olimlar bilan ijod qiladi. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Yahyo ibn Mansur Marvaziy, Ahmad Farg‘oniy, Xabash al-Marvaziy, Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Abul Abbos al-Javhariy va boshqalarbor edi. Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer aylanasini, uzunligi va radiusini aniqlash hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo‘shadi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozadi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar «Aljabr va al-muqobala» hisobi hakida qisqacha kitob, «Hind hisobi haqida» yoki «Ko‘shish va ayirish haqida kitob», ya'ni arifmetik asar; «Kitob surat ul-arz» — «er surati» haqida geografiyaga oid kitob; «Zij», «Usturlob bilan ishlash haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Usturlob yordamida azimutni aniqlash haqida» kabi astronomiyaga oid asarlar; shuningdek, «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-tarix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola» nomlari bilan atalgan. Xorazmiy merosidan, ayniqsa, «Aljabr va al-muqobala» kitobi-ning ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. U bu kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos sodsi. Hatto «al-gebra» atamasi ushbu kitobning qisqacha «al-jabr» deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika faniga «algaritm» atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning «Aljabr» asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi18.
Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik esa asrlar davomida yevropa olimlari Xorazmiy asarini qayta-qayta ishlab, uning asosida darsliklar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasining yevropada, qolaversa butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etadi. Shunday kilib, buyuk vatandoshimiz Xorazmiy matematika faniga asos sol-di, tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi.
IX asr boshlarida «Bayt ul-hikma» da ijod qilgan olimlardan yana bin marvlik Yahyo ibn Abu Mansur edi. U 828 yilda xalifa Ma'mun farmoni bilan Bag‘dodning Ash-sha-mosiya mahallasida rasadxona qurilishida boshchilik kiladi. Rasadxona ishlari va unda olib borilayotgan quzatishlar na-tijalari haqida «Bayt ul-hikma» ning mudiri Xorazmiygahisobot berib turadi. Yahyo ibn Abu Mansur «Az-Zij al-Ma'muni al-mumtaxan» («Sinalgan zich») nomli astronomik asar yozib qodsirgan. U 831 yilda Bag‘dodda vafot etgan. «Bayt ul-hikma» ning olimlaridan Xolid ibn Abdumalik al-Marvaziy esa 831 yidda Damashq yaqinidagi Ki-siyon tog‘ida barpo etilgan rasadxonani boshqargan. U ham o‘z «Zij» ini tuzadi. yer meridianining uzunligini o‘lchash ishlariga boshchilik qiladi. Bag‘dodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishlagan matematik Ahmad ibn Adbulloh al-Marvaziy zamondosh olimlar o‘rtasida Habash al-Hosib («Hisobchi habash») laqabi bilan mashhur edi. U ikkita «Zij» tuzadi. Uning zijlaridan o‘rta asr astronomlari keng foydalanganlar. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Habash al-Marvaziy handasa fani (geometriya)ga tangens, kotangens, kosekans funksiyalarini kiritib, ularning jadvallarini keltirgan19. «Bayt ul-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad Farg‘oniy (taxminan 797—8-b5)dir. Uning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. U Farg‘o-nada tavallud topgani uchun Sharqsa al-Farg‘oniy, yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. Ahmad Farg‘oniy xalifa Ma'mun (813—833), Mu'tasim (833—842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi. U avval Marvda, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug‘ullandi va qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. U asosan Damashqsaga rasadxonada osmon jismlari hara-katini va o‘rnini aniqlashning yangicha «Zij»ini yaratish ishlariga rahbarlik qiladi. 832—833 yillarda Suriyaning shimolidagi Sanjar dashtida va Ar-Raqqa oralig‘ida yer meridianining bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashadi. 861 yilda uning rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi Nilometr — daryo oqimi sathini o‘lchagich inshooti Miqyos an-Nil va uning darajoti tiklanadi. Ahmad Farg‘oniy tarixda birinchilardan bo‘lib yerning yumaloqligini isbotlab bergan olimdir. Bizning davrimizgacha Ahmad Farg‘oniyning 8 ta asari saqla nib, ularning birortasi ham hozirgi zamon tillarigatarjima qilinmagan edi. Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan uning ayrim risolalari o‘zbek va rus tillarida nashr ztildi. Ularning orasida uning «Kitob ul-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum» («Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum — astronomiya asoslari kitobi») ham bordir. Bu kitob XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Ispaniya orqali yevropa mamlakatlaridagi astrono-miya ilmining rivojini boshlab berdi. Shundan so‘ng Ahmad Farg‘oniy nomi lotinlashtirilib, «Alfraganus» shaklida G‘arbda shuhrat topdi. Uning «Astronomiya asoslari» nomli kitobi bir necha asrlar davomida yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanibkelindi20. Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda Islom ta'limoti va mafkurasining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada ayniqsa Ismoil a l-Buxoriy va uning zamondoshi va shogirdi Iso at-Termiziylarning hissasi nihoyatda buyuqdir. Ismoil al- Buxoriyning to‘liq ismi Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriydir. U 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan, kuchli qobiliyat va xotiraga ega bo‘lgan. Yoshligidanoq hadislarni o‘rganishga kirishib, butun umrini hadis ilmiga bag‘ishlagan. U hadis va tafsir olimi, tarixchi bo‘lib yetishgan. Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va boshqa o‘lkalarda yashab 600 mingdan ortiq hadis to‘plagan. Ulardan eng ishonchlilarini saralab, 4 jildli «Al-jome as-sahih» («Sahihi Buxoriy») to‘plamini tuzgan. Bu asar islom dunyosida Kur'ondan keyin ikkinchi manba sanaladi va islom dorilfununlarida asosiy darslik sifatida o‘rganiladi.
Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 hadis va ularga berilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlarda faqat shariat ahkomlariga oid qoidalargina ifodalanmaydi, balki inson ma'naviy kamolotining ramzi hisoblangan mehr-muhabbat, hurmatu izzat, muruvvatu himmat, halolligu mehnatsevarlik, saxiyligu ochiqko‘ngillik hamda o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida bayon etilgan21.
Imom al-Buxoriy «Al-adab ul-mufrad» («Adab durdo-nalari»), «Tarix al- Buxoro» («Buxoro tarixi»), «Al Jo-mi' al-sag‘ir» («Muxtasar to‘plam») nomli asarlar yozgan. Uatrofiga ko‘plab shogird va izdoshlarini to‘plagan. Uning eng mashhur shogirdlaridan biri Imom at-Termiziy edi. Imom at-Termiziy 824 yilda Termiz shahridan 6 farsax (36 km) shimolda joylashgan Bug‘ qishlog‘ida dunyoga kelgan. Islom olamida mashhur bu muhaddis olimning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad bin Iso bin Savra bin Muso bin az-Zahhok az-Zarir at-Termiziy al-Bug‘iydir. Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa shaharlarda mashhur muhaddislar asarlarini o‘rganib, islom dunyosining turli shahar va mamlakatlariga safar qilib, Xuroson, Iroq, Hijozning mashhur muhaddis ulamolari bilan muloqotda bo‘lgan.
Imom at-Termiziy hadislar to‘plab, bir qancha asarlar yozgan, «Jome as - Sahih» yoki «Sunani Termiziy», «Kitob Ilal», «Kitob at-Tarix», «Kitob at- Shamoil an-Naboviya», «Kitob az-Zuhd» va boshqalar shular jumlasidandir.
Bu davrda islomning nazariy asoslari mustahkamlandi. Bu borada ham Movarounnahr olimlari ulkan hissa qo‘shdilar. Bu dawning islom nazariyachilaridan biri Hakim Ter-miziy edi. Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Husayn ibn Bashir al-Hakim at-Termiziydir. U 820 yidda Termiz shahrida dunyoga keladi. Umr bo‘yi ilm bilan shug‘ullanib, tasavvufni targ‘ib qiladi. 80 dan ortiq muhim asarlar yozadi: «Kitob an-nahi» («Yo‘riqnoma kitobi»), «Kitob al-Furuh» («Ollohdan qo‘rquvchilar haqida kitob») shular jumlasidandir. Ayniqsa uning «Ilal ash-Shariat va hatm ul- avliyotun» nomli kitobi islom nazariyachi-lari tomonidan eng ko‘p qayd etiladigan asardir. Asarlari va ularda berilgan teran fikr-mulohazalar, g‘oyalar bilan at-Termiziy o‘z zamonining ma'naviy hayotiga katta hissa qo‘shadi. Shu boisdan zamondoshlari uni «Al-hakim» degan nom bilan ulug‘lashgan22.
Bu davrda kalom ilmiga asos solib, islom ta'limoti va mafkurasi takomiliga katta hissa qushgan. buyuk allomalardan yana biri Abu Mansur al- Moturidiydir. Uning to‘liq ismi Abu Mansur ibn Muhammad ibn Mahmud al- Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. U taxminan 870 yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida dunyoga keladi. Uning hayoti haqida ma'lumotlar juda oz. U 944 yilda Samarqand shahrida vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Yoshligida otasidan turli ilmlardan saboq olgan. So‘ngra Samarqanddagi Raboti G‘oziyon masjidi qoshidaga madrasada tahsil ko‘rib, ustozlari Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy va Abu Nasr Ahmad al-Ibodiylardan faqih va kalom ilmlaridan dars olgan.
O‘rta asrlarning mashhur ilohiyotshunos olimi bo‘lib yetishgan Abu Mansur al- Moturidiy islomiy odob qoidalari, shariat qonunlari, ma'naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta'lim berishga mo‘ljallangan qator asarlar yozgan. Ammo uning ko‘pgina kitoblari bizning zamonimizgacha saqlanib qolmagan. Uning bizgacha yetib kelgan muhim asarlarvdan biri «Kitob at-Tavhid» («Ollohning yakka-yagonaligi haqidagi kitob»), ikkinchisi «Ta'viylot al Kur'on» («Qur'oni Karimning sharhlari») nomi bilan ataladi. Bu kitoblar ilohiyat ta'limotiga bag‘ishlangan eng qadimiy asarlardan bo‘lib, islomshunoslikda ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega muhim manbalardan birvdir. Ularda diniy ta'limot va islomiy urf-odatlar insonning ruhiy kamoloti, uning dunyoqarashining shakllanishvdagi mohiyati talqin etiladi. Abu Mansur al-Moturvdiy asos solgan taTimot kishilarni yaxshilikka, rostgo‘ylikka, sabrn-qanoatga, sharm-hayoga, oliyhimmatlikka, Vatanni sevmoqlikka chorlaydi. Bu davrda Movarounnahr, Xuroson va Xorazmdan xalifalikning markaziy shaharlariga borib fanning turli sohalarida ijod qilgan olimlardan tashqari madaniyatning deyarli barcha sohalari bo‘yicha ham yetuk ustozu shogirdlarning soni Bag‘dod shahrvda oz emas edi. Bu yerda ular o‘z Vatanlaridagi ilmiy va madaniy an'analarni arab tilida islom mafkurasiga moslashtirilgan holda taraqkiy ettirishga va ularni jahon ilmu madaniyatiga qo‘shishga muyassar bo‘ladilar.
IX asrning ikkinchi yarmvda Movarounnahrning madaniy haetvda yangi davr boshlanadi. Xalifalik hukmronligi tugab, mustaqil Somoniylar davlatining qaror topishi bilan madaniy hayotning jonlanishi uchun keng yo‘l ochiladi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqkiy qila boshlaydi.
Bu davrda qishloq aholisining aksariyati sug‘diy yoki xorazmiycha so‘zlashsa-da, markaziy shaharlarda forsiy — dariy deb yuritilgan xalqning adabiy tili vujudga keladi. Bu til davlat tili sifatida qabul qilinadi. Dariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar yozila boshlaydi. Bu davrda dariy ti-lida yozilgan nasriy asarlarning ayrim nusxalari bizgacha saqlanib qolgan. Abu Mansurning nasriy «P1ohnoma»siga yozilgan muqaddima, noma'lum muallifning «Hudud al-olam» nomli asari hamda Abu Ja'far Tabariyning «Tarixi Tabariy», «Kur'oni Karim»ning 14 jildli «Tafsiri»ning arabchadan dariy tiliga tarjimalari shular jumlasidandir.
IX—X asrlarda ayniqsa Buxoro shahri madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda — amir saroyida turli sohalarga oid qo‘lyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubona barpo etiladi. Somoniy amirlarning aksariyati adabiyot, she'riyat, ilm-fan, san'at va me'morchilikka homiylik kiladilar. Bu davrda Buxoroda ayniqsa she'riyat ravnaq topadi. Uning rivojiga fors klassik poeziyasining buyuk vakillari Abu Abdulloh Ja'far Rudakiy, Abu Mansur Daqiqiy, Abulhasan Balxiy va ko‘pgina boshqa shoirlar g‘oyatda katta hissa qo‘ shadilar.
Rudakiy IX asr oxirida Panjikent yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Yoshlik chog‘idayoq u rud (chang) chalishni yaxshi o‘rgangan. She'r yozib, kuy bastalagan va hofizlik kilgan. Xalqo‘rtasidagi dong‘i tufayli u Nasr ibn Ahmad (914~943) tomonidan sozanda va shoir sifatida Buxoroga chaqirtirilib olingan. Rudakiy «Kalila va Dimna», «Sind-badnoma», «Arois un-nafois» va «Davroni oftob» asarlarini yozgan. U she'riyatda ayniqsa qasida bitishning mohir ustasi bo‘lgan. Uning «Jo‘yi Muliyon», «Mayning onasi» va «Qarilik» kabi qasidalari xalq o‘rtasida g‘oyat shuhrat top-gan. Rudakiyning ulkan she'riy merosidan hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan ozgina qismi ham (2 ming misraga yaqin) shoirning zo‘r va yorqin iste'dodidan, poetik tilining ta'sirchanligiclan, obrazlarining teranligidan dalolat beradi. Rudakiy o‘z she'rlarida ona- Vatanni, uning tabiati va aholisini, insoniy his-tuyg‘ularini tarannum etadi. Shoir haqsizlik va adolatsizlkka dadil qarshi chiqadi, o‘sha vaqtlarda hukm surgan tartibsizliklarni ayamay fosh etadi. Umr bo‘yi ta'qib etilgan, oxiri Buxorodan quvilgan Rudakiy 941 yilda ona qishlog‘ida vafot etadi23.
Bu dawning zakovatli shoirlaridan yana biri Daqiqiy edi. Avval u Chag‘oniyon hukmdorlari, so‘ngra somoniylar saroyiga taklif etiladi. Daqiqiy an'anaviy saroy poeziyasidan farqli o‘laroq, xalq rivoyatlari va epik dostonlar asosida yangi poetik yo‘nalishda ijod qiladi. Umrining oxirida u «Shohnoma» nomli poetik asarini yozishga kirishadi. Biroq shoirning fojiali o‘limi oqibatida asar boshlanganicha qoladi. Bu buyuk ish keyinchalik Abulqosim Firdavsiy tomonidan davom ettiriladi. Abulqosim Firdavsiy (934-1012) fors adabiyotining klassik shoiri. U dunyoga mashhur she'riy «Shohnoma» asarini yaratadi. Bu doston Eron va Turon xalqlarining qahramono na o‘tmishiga bag‘ishlangan. U ashaddiy vatanparvarlik ruhida yozilgan asar. «Shohnoma» jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonalaridan hisoblanadi. Asar juda ko‘p tillarga, shu jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.
IX—X asrlarda fors adabiy tili ancha rivoj topgan bo‘lsa-' da, ammo ilm- fan va adabiyotda hali arab tili muhim o‘ringa ega edi. Saolabiyning «Yatimat ul-bahr» nomli asarida qayd etilishicha, Buxoro, Xorazm va Xurosonda 119 arabiy zabon shoirlar ijod qilgan. Ularning deyarli barchasi saroy ahli, hukmron xonadon a'zolari va boshqa oliy tabaqa vakillaridan iborat bo‘lgan. Tilshunoslik, fiqh, musiqa, falsafa, matematika, tabobat, astronomiya, tarix va boshqa fanlar bo‘yicha ilmiy asarlar asosan arab tilida yozilgan24.