42
voqelikka bo'lgan munosabatining
turlariga ehtiyojlar, emotsiyalar,
qiziqish va e'tiqod kiradi.
3.2.4. V.N. Myasishchev nazariyasida bolalarda munosabatlarning
rivojlanishining ong taraqqiyotidagi o’rni
V.N.Myasishchev o'z ilmiy qarashlarida munosabatning bilish
jarayonlari bilan bo'lgan aloqasini yoritib berishga uringan. Idrok voqelikni
hissiy aks ettirish shaklidir. Idrokning mustahkamligi faol ijobiy
munosabatni
talab qiladi, ob'ektga nisbatan befarq munosabat hukmron
bo'lgan sharoitda idrok jarayoni ham beqaror bo'ladi. Idrokning
tanlovchanligi ham turli ob'ektlarga nisbatan inson turlicha munosabatda
bo'lishi bilan bog'liqdir. Biron ma'lumotni mustahkam eslab qolish ham
unga bo'lgan qiziqish va emotsional munosabatga bog'liqligi ko'plab
tajribalarda o'z tasdig'ini topgan. Tafakkur voqelikni bilvosita aks ettiradi,
ammo tafakkurning mantiqiy shakli bo'lgan
hukmlarda ham shaxsiy
munosabat ifodalanadi. Shu tufayli aynan bir hodisa haqidagi har xil
insonlarning hukmlari bir-biridan farqlanishi mumkin.
Insonning
rivojlanishi
masalasini
ham
V.N.Myasishchev
munosabatlarning shakllanishi bilan chambarchas bog'laydi. Kuzatishlar va
tabiiy eksperimentlarning ko'rsatishicha, shartsiz reflektor ta'sirida
reaktivlik paydo bo'ladi. Ikki yoshdayoq hali unchalik barqaror bo'lmasa-
da, bolada uning muayyan narsa va hodisalarga bo'lgan munosabatini
ifodolovchi "xohlayman-xohlamayman", "kerak-kerak emas", "qiziq-qiziq
emas" kabi so'zlar jo'rligida amalga oshiriladigan reaktsiyalarni kuzatish
mumkin. Eng muhimi, bola reaksiyasining
mazmuni ishlatayotgan
so'zlarning mazmuni bilan hamohangdir. Ikki-uch yoshdan boshlab bolalar
ancha aniq ifodalanuvchan bo'luvchi tanlovchan munosabatlarni namoyon
etadilar. Bu munosabatlar orasida ota-onasiga, bolalarga, tarbiyachilarga,
o'yinlarga bo'lgan munosabat, ayniqsa, yorqin ko'zga tashlanadi.
Munosabatlarning ayrim xususiyatlari bu yoshdayoq Xarakterning
sifatlari - mustaqillik,
tashabbuskorlik, muloqotchanlik va boshqalarda
namoyon bo'ladi.
Ushbu yosh davrida munosabatlar vaziyat bilan bog'liqligi va tez
o'zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Munosabatlarning Xarakteri va
rivojlanish darajasiga qarab mazkur yosh davrida
bolaning voqelik bilan
bo'lgan munosabatlari yanada murakkablashadi va turli-tuman bo'la
boshlaydi. Munosabatlar tizimida yangilik - oiladan tashqari majburiyatlar
va majburiy o'quv faoliyatining paydo bo'lishi yuz beradi. Bu davrda
munosabatlar tizimi ob'ektiv zarurat talablari bilan belgilanadi. Shu tariqa
V.N.Myasishchev insonning psixik rivojlanishi uning atrof voqelik va eng
43
avvalo boshqa odamlar bilan bo'lgan munosabatlari tizimining
murakkablashib, kengayib borishiga bog'liq bo'ladi, degan g'oyani
ilgari
suradi.
Shunday qilib, rus psixologlari - L.S.Vigotskiy, A.N.Leon
’
tev.
V.N.Myasishchev ilmiy qarashlarining qisqacha tahlili shuni ko'rsatadiki,
ushbu olimlarning izlanishlarida inson psixik taraqqiyoti masalasi
markaziy o'rin egallagan. Har bir olim o'z ilmiy yondashuviga ega bo'lgan
bo'lsa-da, ularning barchasini psixik taraqqiyotning manbalari va
qonuniyatlari bilan bog'liq muammolar qiziqtirgan. Rus psixologlarining
ushbu muammolarni o'rganish sohasida qo'lga
kiritgan yutuqlari
psixologiya fanining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining taraqqiyoti
uchun xizmat qildi va qilib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: