181
shu narsa Xarakterliki, mozaikadagi geometrik shakllar har xil rangda
bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, balki shaklni asos qilib olib
guruhlarga ajratadilar. Bog‘chada bolalarning narsa
larni shakliga qarab
to‘g‘ri farqlay olish xususiyatlarini o‘stirish ke
rak. Bunga loy yoki
plastilindan turli narsalar yasash va rasm chizish mashg‘ulotlari o‘tkazish
orqali erishish mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur
analiz qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu
е
tishmovchilik turli rasmlarni
idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalar (xususan kichik yoshdagi
bog‘cha bolalari) rasmda tasvirlangan narsalarning holatiga va fazoviy
munosabatlariga tamomila befarq bo‘la
dilar. Ular rasmlarni teskari ushlab
ham zavq bilan tomosha qilaveradilar. Buning asosiy sababi rasmni idrok
qilishga nisbatan bolalarning analitik munosabatda bo‘lolmasliklaridir.
Bolalar rasmda tasvirlangan narsalarni bir-
biri bilan ma’lum munosabatda
emas, balki tasvirlangan narsalarning hammasini butunligicha idrok
qilishga intiladilar. Ularda hali analiz qilish xususiyatlari yaxshi
rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun rasmlar bilan o‘tkazilgan
mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarga yo‘naltiruvchi savoll
ar berib, ularni
analiz qilishga o‘rgatib borishi lozim. Ana shunday mashg‘ulotlarda bolalar
diqqatini,
Dostları ilə paylaş: