Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 


175 
 
 
 
XII-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA DAVRIDA BILISH JARAYONLARI 
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1. Sensor tarbiya mazmuni 
2. Sezgirlikni rivojlantirishda tarbiyachining roli
3. Bolalarda sezgi turlarining shakllanishi
4. Bolalarda idrokning rivojlanishi 
5. Bolalar idrokini shakllantirish omillari 
6. Diqqat va uning bolalarda rivojlanishi 
7. 
Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida ixtiyoriy va 
ixtiyorsiz diqqati 
8. 
Bola xotirasi xususiyatlariBog’cha yoshidagi bolalarda xotiraning 
rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari
 
 
12.1. BOLALARDA SEZGI VA IDROK JARAYONLARINING TARAQQIY 
ETISHI 
 
12.1.1. Sensor tarbiya mazmuni 
Sensor taraqqiyot bosqichlari va ularning bola faoliyati bilan aloqasi. 
Bolaning bo
g‘cha yoshidagi davri sezgi a’zolari va idrokining intensiv 
rivojlanish davri hisoblanadi. Bolalar sezgi va idroklarining yordami bilan 
tevarak-atrofdagi narsalarning shaklan katta-kichikligini va ranglarini bilib 
oladilar. Ularning sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m
-teri, taktil) va 
idroklari dunyoni bilish qurolidir. Shuning uchun bolalarning psixik 
taraqqiyotlari asosan ana shu yuqoridagi sezgi a’zolari va idroklarining 
taraqqiyo
tiga bog‘liq.
Ana shuning uchun ham hozirgi kunda bog‘chada bolalarga 
beriladigan sensor tarbiyaning roli nihoyat darajada ortib bormoqda. Bu 
еrda shunday bir savol tug‘iladi. Sensor tarbiya deganda 
nimani 
tushunamiz? Sensor tarbiya aqliy 
tarbiyaning bir bo‘lagi bo‘lib, biz bunda 
sezgi a’zolari va idrokni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish va 
mukammallashtirishni tushunamiz. 
Bolalar tarbiyachining rahbarligi ostida turli mashg‘ulotlarda 
narsalarning har xil xususiyatlarini, qattiq-yumshoqligini, rangini, shaklini 
qayta-qayta idrok qilar ekanlar, ularning ongida narsalarning turli 
xususiyatlariga doir etalonlar (andaza, obrazlar) yuzaga keladi. Keyinchalik 
bolalar narsalarning xususiyatlarini, belgilarini idrok qilganlarida o‘z 
tasavvur
laridagi etalonlarga taqqoslab, solishtirib ko‘radilar. Shuning 
uchun bog‘chada bolalarga sensor tarbiya berish orqali ularda etalon 


176 
tasavvurlarni hosil qilish katta ahamiyatga egadir. 
Sezgi a’zolari hissiy yo‘l bilan egallanadi. Ana shuning uchun sezgi 
a’zolarini yoshlik davridan boshlab o‘tkirlashtirish, ya’ni sensor tarbiya 
nihoyatda zarurdir. Odamlargagina xos bo‘lgan musiqa tovushlariga 
nisbatan sezgirlik, tovushlarning nozik tomonlarini anglay bilish sezgirligi, 
biron narsaning tekkanini seza bilish kabi nihoyatda muhim xususiyatlar 
bog‘chada amalga oshiriladigan sensor tarbiya orqali rivojlantiriladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarni o‘z qo‘llari bilan bevosita 
ushlamasalar ham, ko‘rish va eshitish bilan qanoatlanadigan bo‘ladilar. 
Bolaning ko‘rish sezgisi bog‘cha yoshigacha bo‘lgan davrda juda tez 
takomillashadi. Shuning uchun bolaning ko‘zi katta yoshdagi odamlar 
ko‘ziga nisbatan uzoqni ko‘ra oladi. Agarda bolaning ko‘zi biron kasallikka 
uchramay, normal va sog‘lom taraqqiy etsa, ko‘rish o‘tkir
ligi katta yoshdagi 
odamlarnikiga nisbatan ikkiuch barobar ortiq bo‘ladi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin