191
o‘qib berish davo
mida rivojlantiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning diqqati ko‘pincha ular
ning qiziqish
hamda hissiyotlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli konsentrlashgan, ya’ni
bir narsaga qaratilgan bo‘ladi.
Ana shuning uchun bu yoshdagi bolalarda
diqqatning bo‘linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi.
Maktabgacha yosh
dagi bolalar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining
zaifligi va ko‘lamining torligi sababli ular ayrim narsalarni qayta
-qayta idrok
qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan, maktabgacha yoshdagi
bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshitaveradilar. Bu hodisaning
sababi shundaki, bolalar diqqati
ning ko‘lami hikoyaning syujetini va
personajlarini birdaniga sig‘dira ol
maydi. Shuning uchun ular hikoya va
ertaklarni qayta-qayta ayttirib eshitaveradilar.
Shunday qilib, bolaning maktabgacha yoshidagi davrida diqqat ancha
tez rivojlanadi. Bu davrda asosan diqqatning ixtiyorsiz turi ortiqroq
rivojlanadi. Lekin bolaning maktabgacha yoshida faoliyatlarining va
xususan didaktik hamda mehnat mashg‘ulotlarining izchil tarzda ortib
borishi ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanilhiga olib keladi. Ma’lumki,
maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmay
di.
Shuning uchun maktabgachada turli majburiy mashg‘ulotlar orqali
bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyatlarini
rivojlantirishga harakat qilish kerak. Diqqatning bundan keyingi taraqqiyoti
maktabdagi ta’lim jarayonlarida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: