Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishining



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.3.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishining 
o’ziga xos xususiyatlari
 
So‘z boyliklari miqdor jihatidan bog‘cha yoshidagi 
bolalarning 
hammasida bir xil bo‘lmaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z zaxirasining 
miqdori asosan bola tarbiyalanib o‘sayotgan oilaning madaniyatiga, 


201 
ma’naviyatiga bog‘liqdir. Bir xil oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus 
ravishda shug‘ullaniladi. Boshqa bir oilalarda esa bola nutqining o‘sishi 
bilan mutlaqo shug‘ullanmaydilar. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi 
bolalar so‘z zaxirasi o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi. Agar ilk yoshdagi 
bolalarning nutqi asosan ular ayni shu chog‘da idr
ok qilib turgan narsalar 
va harakatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, bog‘cha yoshidagi bolalarning nutqi hozir 
idrok qilib turgan narsalardan tashqari ilgari idrok qilingan narsalar hamda 
xayoliy narsalar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bolalar katta 
kishil
ar aytib yoki o‘qib bergan ertaklarni izchil ravishda qayta aytib bera 
oladilar. Bu yoshda bolalar nutqni juda tez egallaydilar. Shuning uchun ular 
o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini ham faqat og‘zaki tarzda 
o‘zlashtiradilar. Bolalarning o‘z ona tillari grammatikasining ayrim 
tomonlarini o‘zlashtirishlari maktab bolalarining o‘zlashtirishlaridan 
batamom farq qiladi. 
Bog‘cha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni o‘rganib yodlarida 
saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe’l, sifat, olmosh, suffiks, kelishik kabi 
grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham 
bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikaning juda ko
‘p qo‘llaniladigan 
eng sodda qoidalarini kattalarning nutqlari orqali mazmunli 
o‘yinlarda 
taqlidiy yo‘llar bilan amaliy ravishda o‘zlashtira boradilar. Ma’lumki, 
nutqning o‘sishi jarayonida bolalar so‘z turkumlaridan otlarni tez 
o‘zlashtiradilar. Bun
ga asosiy sabab shundaki, bolalar narsalarning 
nomlarini, otlarini o‘z nutqlarida ko‘proq ishlatadilar. O‘rta va katta 
yoshdagi bog‘cha bolalari otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz 
shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladigan bo‘ladila
r. Katta 
guruh bolalari so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz eta oladilar. Shuning uchun ular 
o‘zlaridan kichik yoshdagi bolalar so‘zlaganlarida, «bunaqa deb bo‘lmaydi» 
deb ularning nutqlarini to‘g‘rilaydigan bo‘ladilar.
Otlardan so‘ng bolalar so‘z turkumlaridan fe’
llarni va sifatlarni 
o‘zlashtira boshlaydilar. Fe’llarning shaxs qo‘shimchalarini osonlik bilan 
egallasalar ham, lekin fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini o‘zlashtira 
olmaydilar. Kichik guruh bolalarida turmush tajribasi juda oz bo‘lganligi 
tufayli ular
da o‘tgan va kelasi zamon tushunchalar hali shakllanmagan 
bo‘ladi. Shuning uchun ular o‘z nutqlarida fe’llarning zamon 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin