Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

Nosituativ
- shaxsiy muloqotda, bola odamlar o'rtasidagi 
munosabatlar haqida axborot olishga, o'zining fikrini kattalar fikri bilan 
taqqoslashga harakat qilar ekan, uning nutqida umumiy grammatik 
murakkablashish ro'y beradi. Sifat turkumidagi so'zlar quyidagi nisbatda 
bo'ladi: atributiv (tashqi xususiyatlarini ifodalovchi) - 69,80%, estetik 
xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar - 14,65%, axloqiy xususiyatlarni 
ifodalovchi sifatlar - 9,3%. Irodaviy va intellektual harakatlarni ifodalovchi 
fe'llar ancha ko'payib, nutqida ishlatilayotgan barcha fe'llarning 9,76%ni 
tashqil etadi. 
Bolaning lug'at boyligi nafaqat miqdor jihatdan, balki sifat jihatdan 
ham o'sib boradi. Bu asosan bolalarning so'zlar mazmunini o'zlashtirishi 
bilan kechadi. Lug'atni egallash jarayoni tushunchalarni egallab borish 
bilan uzviy bog'liq. L.S.Vigotskiy yozishicha, "Psixologik tomondan olib 
qaraganda, so'zlarning mazmuni va ma'nosi - bu umumlashma yoki 
tushunchadan o'zga narsa emas. Biz so'zning ma'nosini bemalol tafakkur 
fenomeni deb hisoblashga haqlidirmiz". 
Bog'cha yoshidagi bolalar eng avvalo ko'rgazmali ifodalangan yoki 
ularning faoliyatlargia jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, 
xususiyatlar, munosabatlarning nomlanishini o'zlashtiradi.
Buni bola tafakkurining ko'rgazmali-harakat va ko'rgazmali-obrazli 
Xarakterda ekanligi bilan tushimtirish mumkin. Shu tufayli ham, bog'cha 
yoshidagi bolalar lug'atida abstrakt (mavhum) tushunchalar deyarli 
uchramaydi. 


198 
Agar 3-7 yoshdagi boladan berilgan topshiriqda nutqiy faoliyatning 
elementi bo'lmish so'z bilan muayyan amallarni bajarish talab etilsa, 
masalan,gap tarkibidan so'zlarni ajratib olish vazifasi berilsa, 
S.N.Karpovaning tadqiqoti ko'rsatishicha, bolada unga aytilgan gap 
belgilaydigan vaziyatga orientir olishning ancha barqaror moyilligi 
ko

zatiladi. Berilgan gap tarkibida nechta so'z mavjud degan savolga bolalar 
gapni "boshdan oyoq" qaytadan takrorlaydi. Masalan, "Koptok yumalab 
ketdi" degan gap berilsa, bola (5-9 yoshli) bu gapda bitta so'z "Koptok 
yumalab ketdi" degan so'z borligini aytadi. 
S.N.Karpovaning tadqiqoti shuni isbotladiki, bog'cha yoshidagi bolada 
gap tarkibidan barcha turdagi so'zlarni ajratib olish ko'nikmasini 
shakllantirish mumkin. Buning uchun ularga so'zning mezonlarini, ya'ni 
so'z tovushlarining majmuasidan iboratliligini, so'z doim muayyan 
mazmunga egaligini anglashi lozim (albatta, bolalar yoshiga mos keluvchi 
usullar bilan) bo'ladi. Shunday qilinganda, yoshidan qat'iy nazar bolalarda 
so'z haqida adekvat va anglangan tasavvurlar paydo bo'ladi. 
Bu 
maqsadda 
bolaga 
nutqning 
tushunarli 
mezonlarini 
o'rgatilmasdan, faqatgina astensiv ta'riflarni, ya'ni so'zlarni ko'rgazmali 
namoyish etish orqali ta'riflashni ishlatish mumkin. Ana shu asosda 
G.A.Belyakova bolalarda stixiyali ravishda shakllanib qolgan so'z haqidagi 
tasavvur, "so'z" so'zining ma'nosi aniqlashtirilib boradi. Katta bog'cha yoshi 
davrida so'zlarning tuzatilishini stixiyali tarzda o'zlashtirish natijasida 
bolalarda so'zni tarkibi jihatdan tahlil etishning elementar shakllari yuzaga 
keladi. 
Nutqning fonetik (tovush) sistemasini o'zlashtirish jarayoni 
tovushlarni to'g'ri talaffuz etish va fonematik eshitishning rivqjlanishini o'z 
ichiga oladi. Nutqning fonetik tarkibini o'zlashtirish 1 yoshning oxirlariga 
kelib boshlanadi. Bog'cha yosh davrining boshiga kelib, bolalar asosan ona 
tilining barcha tovushlarini egallab bo'ladilar. Biroq shunday bog'cha 
yoshidagi bolalar ham uchraydiki, ularda ancha katta yoshda ham nutqiy 
nuqson, talaffuz kamchiliklari uchraydi. Buning asosiy sababi nutq apparati 
motorikasining sekin rivojlanishidir. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin