Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.2.3. Bola xotirasi xususiyatlari 
Odamning butun aqliy taraqqiyoti asosan 
xotira
ning taraqqiyotidan
iborat ekan, xotira bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlaboq rivojlana 
boshlaydi. Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin atrofdagi odamlarni
va narsalarni tanishida ko’rina boshlaydi. Buni biz bola o’ziga tanish bo’lga
n
narsani ko’rganida qiladigan 
Harakatlaridan bilishimiz mumkin. Masalan, 
bola o’ziga yaqin odamni ko’rganida unga talpinadi yoki notanish odamdan 
yotsiraydi. Kichik yoshli bolalarda tanib olish qobiliyatining borligi, idrok 
qilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish imkonini beradi. 
Bog’cha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishi

Bog’cha 
yoshidagi bolalar (xususan kichik gurux bolalari) o’zlarining faoliyatlari 
uchun qandaydir ahamiyatga ega bo’lgan, ularda kuchli taassurot qol 
dirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib 
qolaveradilar. Ular biron narsani eslarida olib qolishni o’z oldilariga
maqsad qilib qo’ymaydilar va hali maqsad qo’yishni uddasidan ham chiqa 
olmaydilar. 


192 
Bog’cha yoshidagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda
olib qolishning 
hukmron bo’lishi tasodifiy bir hol emas. Buning o’z sabablari bor. Har bir 
tarbiyachi-pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlarni yaxshi bilishi 
kerak. Ana shunda bolalar xotirasini to’g’ri rivojlantirish mumkin. Bog’cha 
yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar xotirasidan keskin farqi, 
avvalo, ular oliy nerv faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liqdir.
Bir qator psixologlar tomonidan o’tkazilgan ilmiy tekshirish ishlari 
natijalarining ko’rsatishicha, bog’cha yos
hidagi bolalar oliy nerv faoliyati 
quyidagi hususiyatlarga ega. 
Birinchidan
, bog’cha yoshidagi bolalarning nerv sistemasi xuddi ilk 
bolalik davridagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik Xarakterga 
е
gadir, 
ya’ni ularning nerv sistemalari haddan tashqari egiluvchan, ta’sirotga 
beriluvchandir. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarda vaqtli 
bog’lanishlar (assosiyasisiyalar) juda osonlik bila hosil bo’ladi. Bolalar nerv 
sistemasining xususiyati ularda esda olib qolish qobiliyatlariga ham ta’sir
etmay qol
maydi. Shu sababli bog’cha yoshidagi bolalar ashula, ritmli she’r, 
qiziqarli va chuqur ta’sir etadigan narsalarni beixtiyor hamda juda tez 
eslarida olib qolaveradilar. 
Ikkinchidan
, bog’cha yoshidagi bolalar nerv sistemasi
е
ngil 
qo’zg’aluvchan bo’lishi bilan birga yuzaga keladigan vaqtli bog’lanishlar 
(assosiyasiyalar) juda beqaror bo’ldi, ya’ni mustahkam bo’lmaydi. Shuning 
uchun bu yoshdagi bolalar tomonidan idrok qilingan turli narsa va 
hodisalar ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolmaydi. Ular tez eslab 
qolishlari bilan birga, tez unitib ham yuboradilar. Ko’pincha narsa va 
xodisalarning bog’cha yoshidagi bolalar xotiralarida mustahkam saqlanib 
qolishi shu narsa va hodisalarning bolaga qanchalik emosional ta’sir 
qilishiga bog’liq bo’ladi.
Uchinchidan
, bog’cha yoshidagi bolalar nerv sistemasida qo’zg’alish 
jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust bo’lganligi tufayli 
ular o’xshash va birdaniga, ya’ni bir vaqtning o’zida juda ko’p idrok qilingan 
narsalarning farqini yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ular 
birdaniga idrok qilgan juda ko’p narsalarni bir
-biri bilan aralashtirib 
yuboradilar. Agar bog’cha yoshidagi boladan kechagi bayram kuni bo’lgan, 
ya’ni idrok qilgan narsalarini bir boshdan so’zlab berish iltimos qilinsa,

ma’noli va sistemali qilib so’zlab berolmaydi. Bola buday holda gapni 
tasodifiy esiga tushib qolgan narsalardan boshlab ketaveradi. Chunki
birdaniga ko’rgan juda ko’p narsalarini bola tamoman aralashtirib 
yuborgan bo’ladi.
Bola esida olib qolgan nar
salarida hali sistema yo’q, shuning uchun 
bola dastavval chuqur taasurot qoldirgan, ya’ni esida chuqur o’rnashib 
qolgan narsalardan boshlab gapiraveradi. Demak, bundan shunday xulosa 


193 
chiqarish mumkin: agar bog’cha yoshidagi bolaga bir vaqtning o’zida 
had
dan tashqari ko’p narsalar ko’rsatilsa, ular hamma narsalarni bir
-biri 
bilan aralashtirib yuboradilar va birontasini ham puxtaroq esda olib 
qololmaydilar. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin