Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Mehnatning ijtimoiy mohiyati, turlari



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
11.2. Mehnatning ijtimoiy mohiyati, turlari 
Mehnat bilish faoliyati bilan mahkam bog‘langandir, chunki har 
qanday ish bilim va tajribani talab qiladi. Mehnat faoliyatida shaxsning 
sifatlari, psixik jarayonning xususiyatlari va kishining xislatlari namoyon 
bo‘ladi. Mehnat faoliyati tufay
li kishida tafakkur, qobiliyatlar, qiziqishlar 
rivojlanadi, iroda mustahkamlanadi, Xarakter tarkib topadi. Mehnat kishida 
turli his-
tuyg‘ular uyg‘otadi, kishilarning sog‘ligi va psixik holatiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Mehnatning
jismoniy va aqliy turlari mavjud bo‘lib, har ikkisi ham 
o‘ziga xos kechadi. 
Ilhomlanish tufayli kishi mehnati juda samarali bo‘ladi, alohida 
qimmatli fikrlar vujudga keladi, zarur so‘zlar topiladi, kishi hamma fikrini bir 
joyga to‘plaganda butun faoliyat jarayoni oson va tez bajariladi. Bunda o‘z 
mehnatidan qanoat hosil qilishdek 
quvonchli tuyg‘u boshdan kechiriladi. 
Ilhomlanish faqat rassomgagina emas, balki olimga ham, ishchiga ham zarur. 
Tarbiyachining ham mashg‘ulotda biror narsani so‘zlab berayotganida yoki 
bolalarga badiiy asar o‘qib berayotganida ilhomlanishi juda ham zarur 
bo‘ladi. Ilhomlanish odatda o‘z mehnatiga chuqur hayajon bilan 
yondashadigan va shu sohada ishlaydigan kishilardagina paydo bo‘ladi. 
Malakalar va uning turlari. Avval ongli bajarilib, keyinchalik 
avtomatlashgan ish harakatlarga malakalar deyiladi. Malaka hosil qilingach, 
ayrim harakatlar ustidan nazorat deyarli yo‘qoladi. Malakalar 
faoliyatimizning deyarli hamma turlariga kiradi va biz amalga oshiradigan 
har qanday harakatlarning ko‘pchilik qismini tashkil qiladi. Malakalar 
odamga hech vaqt tug‘ma holda be
rilmaydi. Murakkab malakalarni hosil 
bo‘lishiga ko‘p vaqt ketsa, sodda malakalar oz vaqt ichida hosil bo‘ladi. Ilgari 
hosil qilingan malakalardan yangi malakani tarkib toptirishga ijobiy ta’siri 


170 
malakalarning ko‘chirilishi deyiladi. Ilgari hosil qilingan m
alakalarning yangi 
malakalar hosil qilishga zararli, salbiy ta’sir ko‘rsatishi malakalarning 
interfrensiyasi deb ataladi. Mustahkamlangan malakalarning so‘nish 
hodisasi malakaning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning 
interfrensiyasi juda kuchli bo‘ladi, shuning uchun noto‘g‘ri malakaga ega 
kishiga qayta o‘rgatish bu ishda hali hech qanday malakaga ega bo‘lmagan 
kishiga o‘rgatishdan ko‘ra qiyinroq bo‘ladi. Malakalarni hosil qildirishda 1
-
signal sistemasi: sezgilar, idrok va tasavvurlar katta rol o‘yna
ydi.
Ko‘nikma va odatlar, ularning hosil bo‘lishi. Ko‘nikmalarni 
malakalardan ajrata bilish zarur. Ko‘nikmalar asosida biror narsa qilishni 
o‘rganish mumkin
-u, lekin bu ishni bajarish malakasi hali egallab olinmagan 
bo‘lishi mu
mkin. Masalan: 5-5,5 yoshli bola ruchka ushlashni, yozishni 
o‘rganib olgan bo‘lishi mumkin, lekin hali yozish malakasini egallagan emas. 
Ko‘nikmalar kishi o‘z faoliyati jarayonida hosil qilgan bilimlar yoki 
malakalarga asoslangan biror ishni bajarishning ma’lum darajada 
mukammal usu
lidir. Ko‘nikma bu biror ishni bajarishga tayyorgarlik, malaka 
esa faoliyatning avtomatlashgan bo‘g‘inidir. Ko‘nikmalar turli darajalarda 
bo‘lishi mum
kin: ayrim hollarda ular malakalarda tarkib topishidan oldin 
hosil bo‘lishi, boshqa hollarda faoliyatning
yanada rivojlanishi bo‘lishi 
mumkin. Uzoq mashq qilinmasa, ishlar takrorlanib turilmasa, malaka hosil 
qilib bo‘lmaydi. Ko‘nikma esa ko‘p mashqlarni bajarmasdan ham paydo 
bo‘lishi mu
mkin
. Ko‘nikma uchun talab qilingan narsani tushunish, ishni 
bajarish usul
ini bilish muhimdir. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi 
bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni 
muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasa, biz buni ko‘nikma deb ataymiz.
Kishining xulq-atvorida mustahkamlanayotgan va uning ehtiyojiga 
aylanib qolgan harakatlar odat deyiladi. Odatlar xuddi malakalar singari 
xulq-atvor va faoliyatning avtomatlashgan elementlaridan iborat, lekin ular 
orasida muhim farqlar ham bor. Inson shaxsiga xos bo‘lgan malaka va 
odatlarning nerv-fiziologik asoslarini tushuntirishda akademik I.P. 
Pavlovning dinamik stereotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga 
egadir. 
Bu ta’limot bizga malaka va odatlarning murakkab mexanizmlarini 
ma’lum darajada tushuna olish imkoniyatini beradi. Har bir odam o‘zi
ning 
xususiy yashash sharoitiga, ya’ni o‘zining kundalik hayot tarziga o‘rganib, 
odatlanib qolgan bo‘ladi. 
Buning asosiy sababi shundaki, odamda ayni shu 
hayot tarziga nisbatan dinamik stereotip vujudga keladi. Bordiyu, hayot 
sharoitini keskin 
o‘zgartirsak, dinamik stereotip buziladi va yangi sharoitga 
mos keladigan yangi di
namik stereotip yuzaga kelgunicha ancha vaqt o‘tadi. 
Chunonchi, bog‘chaga yangi kelgan bola o‘zining nihoyatda odat
lanib qolgan 
uy sharoitidan yangi tamomila boshqa sharoit
ga o‘rganib ketguncha, ya’ni 
yangi dinamik stereotip hosil bo‘lguncha 
Harxasha qiladi. Odat kishini aynan 


171 
bir faoli
yat bilan shug‘ullanishga undaydi. Odatlar majmuidan inson 
Xarakter
i kelib chiqadi. Odatlarning ijobiy va salbiy turlari bo‘ladi. Kishida 
me
hnat turi bilan bog‘liq professional odatlar bo‘ladi. Masalan: shifokor 
odamning ko‘rinishi, qiyofasiga qarab sog‘lom yoki kasal ekanligiga e’tibor 
berishga odatlangan. Ijobiy - 
aqlni bir joyga qo‘yib ishlashi, tozalikka, 
xushmuomalalikka, kishilarga ziyra
klik bilan munosabatda bo‘lishga 
odatlanishi. Salbiy - 
ishyoqmaslik, qo‘pollik, ijobiy odatlarga ega bo‘lish 
uchun imkoniyat boricha ijobiy harakatlarni tez-tez takrorlab turish, ularni 
odatdagi harakatlarga aylantirish, salbiy odatdan xalos bo‘lish uchun 
tegishli 
harakatlarni takrorlamaslik kerak. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin