Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


Tafakkur qila olish kabi faoliyatning



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

1.Tafakkur qila olish kabi faoliyatning 
umumlashganligi.
2.
Amaliy va so'z mantiqiy tomonlarining o'zaro 
muvofiqligini belgilovchi tafakkurniing 
anglanilganligi.
3.Tafakkur faoliyatining elastikligi.
4.Tafakkur faoliyatining barqarorligi.
5.Tafakkurning mustaqilligi hamda uning 
yordamga moyilligi.


162 
A.P.Usova bog'cha yosh davridagi bolalar tomonidan o'quv faoliyati 
o'zlashtirilganligining aniq belgilarini ko'rsatadi. O'zlashtirishning uch 
saviyasi ajratilib, ular o'quv faoliyati rivojlanganligining turli darajalarini 
Xarakterlaydi.
33
 
 
10.3. O'quv faoliyati rivojlanishining asosiy xususiyatlari 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berish shakllari natijalarga 
erishish emas, balki bilim, mahorat va ko‘nikmalar hosil qilish o‘quv 
faoliyatining maqsadidir. Bu maqsad uning asosiy xususiyatini belgilaydi. 
Bola rasm chizish jarayoniga qiziqsa va chiroyli chizishga harakat qilsa, 
bunday jarayon o‘yin yoki samarali harakat hisobla
nadi. Lekin qachonki bola 
rasm mashg‘uloti vaqtida o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘ysa, bu harakatlar 
ta’lim ko‘rinishiga ega bo‘ladi. 
Masalan, avvalgilardan yaxshiroq rasm 
chizish, tasvirni to‘g‘ri bo‘yash yoki tekis chiziqlar chizish ham shunday 
harakat turlariga kiradi. 
Ta’lim olish vaqtida va bolaga oldingi avlod 
tomonidan qoldirilgan 
tajribani 
е
tkazib berishda bolaning psixik rivojlanishi amalga oshsada, bilim 
va ko‘nikmalarni aksariyat qismini u kattalar bilan muloqotda, ularning 
talablarini, maslahatlarini va ko‘rsatmalarini bajarish davomida 
o‘zlashtiradi. Shuningdek o‘yin faoliyati, rasm chizish, buyumlar yasash va 
turli xil faoliyatlarda vujudga kelgan kundalik muloqot ham bolaning bilim 
va ko‘nikmalarini kengaytirib boradi. Kattalarning bola bilan bo‘lgan har xil 
uslubdagi muloqot negizida ta’lim yotadi.
33
Nishonova Z., Alimova G.Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish mеtodikasi. Toshkеnt “O’zbеkiston yozuvchilar 
uyushmasi Adabiyot jamg’armasi. 2006 y. 160 bet 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin