Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 
X-BOB.
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDA O’QUV FAOLIYATI 
 
 
Бобнинг 
q
ис
q
ача мазмуни:
 
1. Maktabgacha tarbiya yosh davrida o'quv faoliyatiga umumiy 
Harateristika 
2. O'quv faoliyati shakllanishining dastlabki xususiyatlari 
3.
 
O'quv faoliyati rivojlanishining asosiy xususiyatlari
4.
 
Maktabgacha tarbiya yosh davrida o'quv faoliyatiga qiziqishning 
yuzaga kelishi 
10.1. Maktabgacha tarbiya yosh davrida o'quv faoliyatiga umumiy 
Harateristika 
O'quv faoliyati muammosi 

yosh va pedagogik psixologiyaning 
markaziy mummolaridandir. Bog'cha muassasalarida bolalarni o'qitishga 
bizning mamlakatimizda boshlang'ich maktab ta'limiga tayyorlov 
pog'onasi sifatida qaraladi. Shu sababli "Ta’lim to’g’risidagi Qonun"da 
belgilanganidek, MTTdagi ta'lim uzluksiz ta'limning dastlabki bosqichidir. 
Nemis psixologi O.Kronning fikricha, uch yashar bola unga 
berilayotgan bilimni o'zlashtirishga, yani ta'lim olishga qodir. V.Shtern esa 
qarama-qarshi nuqtai nazarni ilgari surdi. Uning fikricha, hayotining 
dastlabki olti yilida bola olgan bilimlar o'ziga xos tarzda egallanadi. Bog'cha 
bolasi hali "o'qish uchun anglanilgan irodaga ega emas, maktab o'quvchisi 
uchun esa o'qish berilgan materialni ongli tarzda o'zlashtirish niyati va bu 
bilimlardan o'zining kelajagi uchun mulk sifatida foydalanish, butun 
holicha saqlab qolish istagidir". Shtern "bog'cha bolasi ayni buguni bilan 
shunchalik mashg'ulki, ertangi kun, kelajak uchun biror-bir narsani 
egallash istagidan uzoqdir", deydi. Uning o'qishi boshqa faoliyatning 
mahsuli hisoblanib, tevarak- atrofdan olgan taassurotlarni "ongsiz tarzda 
tanlash" asosida hosil bo'ladi. 
J.Piaje bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida (yashash sharoitiga 
moslashish) intellekt operatsiyalari strukturasi rivojlanishi sodir bo'ladi, 
deydi. Tobora yuqori intellektual operatsiyalar ("konkret operasiyalar", 
"formal operasiyalar", "invariantlilik", "munosabatlilik"va boshqalar) 
paydo bo'lishi va rivojlanishi o'z qonuniyatlariga ega. Ta'lim faqat aqliy 
o'sishni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin, lekin unga tabiiy ta'sir 
etmaydi. J.Piaje va uning izdoshlari, masalan, agar bolada mantiqiy operativ 
tafakkur qaror topmagan bo'lsa, fikrlashga o'rgatishdan ma'ni yo'q, deydi. 
Ta'lim bola rivojlanishi qonuniyatlariga bo'ysunishi lozim.


160 
L.S.Vigotskiy bog'cha bolasining psixologik xususiyatlarini pedagogik 
ta'sir mohiyatining analizi bilan uzviy bog'liqlikda o'rganib bordi. Bog'cha 
davrida o'qitishning ahamiyatli momentlaridan biri, deydi Vigotskiy, 
bolaning kattalar talablariga munosabatidir. Shunday qilib, xorij va rus 
psixologlari maktabgacha ta'lim muassasalarida beriladigan ta'limga katta 
e'tibor beradilar. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin