Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 O'quv faoliyati shakllanishining dastlabki xususiyatlari



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
10.2. O'quv faoliyati shakllanishining dastlabki xususiyatlari 
Hayotning dastlabki uch yilida bola onasi yoki boshqa kishilar 
masalan, tarbiyachi dasturi bo'yicha emas, balki go'yoki o'zining dasturi 
bo'yicha o'qiydi. Bu davrda bolaning u yoki bu bilim va ko'nikmalarini 
o'zlashtirishi muhlatiga alohida talablar qo'yilmaydi. Ilk bolalik davrida 
tarbiya dasturi hali sub'ektiv tarzda bola uchun mavjud emas. 
Sistematik o'qishga layoqatli bo'lgunga qadar u tayyorlov bosqichini 
bosib o'tadi. Bu bosqichda chetdagi boshqa kishilarning bolaga nisbatan 
yangi talablari asta-sekin uning "o'zdasturiga" aylanishi lozim. Bog'cha 
yosh davrining oxirlariga boribgina, bola kattalar tomonidan ishlab 
chiqilgan "dastur bo'yicha" o'qiy boshlaydi va maktab talablariga asta amal 
qila boshlaydi. L.S.Vigotskiyning fikri bo'yicha bog'cha yosh davri ta'lim 
dasturi: 
1) Bolani maktab dasturiga yaqinlashtirishi, uning bilim doirasini 
kengaytirishi, predmetli ta'limga tayorlashi; 
2) Bolaning o'z dasturi bo'lishi hamda uning qiziqishi va ehtiyojlariga 
javob berishi lozim. 
Shuningdek, L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida, ta'limning 
е
takchi roli haqidagi qonunni ilgari surdi va aniq ifodaladi: ta'lim 
rivojlanishidan oldinda boradi va o'zining orqasidan uni 
е
taklaydi. 
O'quv faoliyati bolalarni xursand qilishi, ularga zavq berib, qoniqish 
hissini uyg'otishi kerak. Ilk bolalik davridanoq bolalarda bilishga qiziqishni 
tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Chunki, bilishga itilishga inson 
faoliyatining ahamiyatli motivlaridan bo'lib, shaxs yo'nalganligining 
anglanilganligini aks ettiradi, barcha psixik jarayon va funktsiyalarga ijobiy 
ta'sir etadi, qobiliyatni faollashtiradi, qiziqish mavjud holatida barcha 
insoniy kuchlar qo'zgo'ladi. Buni ayniqsa, bog'cha bolasining o'quv 
faoliyatini tashkil etishda inobatga olish kerak. 
Pedagog va psixologlarning olib borgan tadqiqotlari o'qishga bo'lgan 
qiziqishlarning paydo bo'lishi va rivojlanishining asosiy sharoitini ajratish 
imkonini beradi: 


161 
1. O'quv faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, bola unda faol 
ishtirok etsin, yangi bilimlarni mustaqil tarzda qidirishi va "topishi"ga 
undalsin, muammoli Xarakterga ega bo'lgan savollarni 
е
chsin. 
2. O'quv faoliyati turli xil bo'lishi kerak. Bir xillikka ega bo'lgan 
materiallar va bir xil usullar bolalarni tez zeriktirib qo'yadi. 
3. Bola berilayotgan materiallarning kerakliligi va ahamiyatliligini 
tushunishi kerak. 
4. Yangi berilayotgan material ilgari o'zlashtirilgani bilan yaxshi 
bog'langan bo'lishi kerak. 
5. Juda 
е
ngil bo'lgan va o'ta murakkab material qiziqish uyg'otmaydi. 
O'quv topshiriqlari bog'cha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati 
etadigan darajada bo'lishi kerak. 
6. Bolaning barcha yutuqlarini ijobiy baholash lozim. Ijobiy baho 
bilishga nisbatan faollikni rag'batlantiradi. 
7. O'quv materiallari yorqin va emotsional bo'lishi kerak. 
A.P.Usovaning ta'kidlashicha, o'qitilayotgan materialni idrok qila olmaslik 
hodisasi harakatning usul va vositalarida o'ta osonlik usuliga asoslangan, 
ilgari ko'rsatilgan noto'g'ri tarbiyaviy ta'sirning asorati natijasidir. 
Ayni vaqtda ko'pincha ta'lim olishga tayyorlikning quyidagi tarkibiy 
qismlari ajratiladi: 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin