Maktabgacha yoshdagi davrda jinsiy tarbiya . Jinsga mansublik, har
bir oilada individual ravishda olib boriladi. Har bir xalqning o‘z mentalitetini
hisobga oladigan bo‘lsak, o‘zbeklarda jins tarbiyasiga alohida e’tibor
qaratiladi. Bolaga
juda yoshligidanoq milliy liboslarga xos kiyinish, ya’ni qiz
bola ko‘ylak va lozim (o‘z nomi bilan «lozim») kiyishi, o‘g‘il bolaga xos
kiyimlarini kiymaslik, qiliqlarini qilmaslik, orastalik, muloyimlik va boshqa
Xarakter xislatlari singdirib boriladi. Bol
a bog‘chadagi davrida o‘g‘il bolalar
shortikda, qizlar yubkada yurishlari ko‘pgina bog‘chalarda saqlanib qolgan.
Lekin afsuski milliylikka e’tibor bola katta bo‘lgan sari g‘arb tarbiyasi ostida
yo‘qolib bormoqda. Bunday munosabat bola oilasida va uning
atr
ofidagilarda bo‘lgan axloq andazalari ta’sirining natijasidir. Katta
lar
tomonidan to‘g‘ri, axloqiy va aqlli ko‘rsatmalar bolada jinslar farqiga va
aloqasiga sog‘lom munosabatni shakllantiradi. Bola ota
-onasiga va
tarbiyachiga jinslar farqi haqida, bolalar
paydo bo‘lishi yo‘llari va hokazo
haqida savollar berishi mum
kin. Ko‘p bolalar o‘zaro bu savollarni
muhokama qilishadi. Bunday savollarga bo‘lgan tabiiy qiziquvchanlik
kattalar tomonidan to‘g‘ri tushuntirilishi kerak. Shuning uchun bolalar
berishi mumki
n bo‘lgan savollarga oldindan javob tayyorlash foydalidir.
Katta yoshli odam bu muammoga shaxsning axlo qiy tarbiyasiga bo‘lgandek
jiddiy munosabat bildirishi lozim. U bola bilan suhbatlasha turib, zaruriy
odob saqlashi va har bir bolaning yoshini va psixologik xususiyatini inobatga
olishi kerak. Bolaga haqiqatni uyalmasdan gapirish kerak, lekin bu unga
kattalar ega bo‘lgan bor ma’lumotlar zaxirasini ochish ke
rak degani emas.
Tarbiyachi ota-
onalarning bolalarni jinsiy tarbiyalashga bo‘lgan fikrini
bilishi lozim va ular bilan, ayniqsa bu muammoga nisbatan xurofotga ega
bo‘lgan ota
-
onalar bilan ma’rifiy ishlarni olib borishi kerak. Bolaning o‘z
tanasini begona ko‘zlardan tabiiy himoya qilish zaruriyatini kattalar hurmat
qilishlari va bolaning uyatchanligini iloji boricha asrab qolishlari kerak.
32