169
tashqi narsalar, hodisalar dunyosidan kel ib chiqishini interiorizatsiya deb
ataladi.
Insonning ichki dunyosi paydo bo‘lgandan so‘ng har bi
r narsani, har bir
harakatni oldin ichida o‘ylab, so‘ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o‘ylab,
so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tishni faoliyatning
eksteriorizatsiyasi
deb ataladi. Agarda interiorizatsiya va eksteriorizatsiya so‘zlarining lug‘aviy
m
a’nosini ochadigan bo‘lsak interiorizatsiya «ichki psixik holatga o‘tish» va
eksteriorizatsiya «tashqi faoliyatga o‘tish» degan ma’noni anglatadi.
Faoliyatining tuzilishi juda murakkab va o‘ziga xosdir. Odamning
faoliyati shunchaki ehtiyojlarni qondirishda
n iborat bo‘libgina qolmay, u
jamiyatning maqsadlari va talablari bilan ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Odam
faoliyatining ko‘zga tashlanib turadigan eng asosiy belgisi maqsadni anglash
va uni amalga oshirishda qilinadigan ish-harakatlaridan iboratdir
Dostları ilə paylaş: