Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
11.3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining 
xususiyatlari 
Bolalarning mehnat mashg‘ulotlari asosan bog‘cha yoshi
dagi davrdan 
boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar 
bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachining o‘tkazgan suhbatlari 
orqali mehnatning inson hayotidagi ahamiyati, kattalar mehnati haqida 
tushunchalarni egallaydilar. Bolala
r tarbiyachining savollari bilan o‘z ota
-
onalarining qayerda, kim 
bo‘lib ishlayotganliklarini, qanday mahsulot ishlab 
chiqarishda ishtirok etayotganliklarini bilib oladilar. 
Ana shunday suhbatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy 
munosabat, meh
nat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalarning mehnat 
faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o‘yinlarida namoyon 
bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida 
taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida 
bevosita qatnashish uchun harakat qila boshlaydilar. Masalan, qiz bolalar 
onalari kir yuvayotganda suv tashish, ayrim kichikroq narsalarni 
(dastro‘molchalarni) chayishda qatnashadilar, uy va hovlilarni yig‘ishtirib, 
supurishga, o‘g‘il bolalar e
sa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila 
boshlaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnatlariga baho berib borish 
ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol 
o‘ynaydi. Bolalar kuchlari
е
tadigan ishlarni bajarayotganlari
da ko‘p 
xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Le
kin bunda bolalarni mehnatga jalb 
qilmaslik kerak, bolalar bajaradigan ishni kattalarning o‘zlari birpasda qilib 
qo‘yishlari mumkin, degan ma’no kelib chiqmaydi. Sharq xalqida bir maqol 
bor: «Bolani ishga buyur, ketidan o‘zing yugur». Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. 
Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklarini 
kuzatib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.


172 
Kichik yoshdagi bolalarda hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari 
yaxshi r
ivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki 
aniqovliklaridan emas, balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib, 
singdirib yuborishlari mumkin. Ana shunday «falokat» yuz bergan paytda 
bolani «Anqov, merov, ko‘zingga qarasang bo‘lmaydimi?» deyish yoki urish 
yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni 
ko‘rsatib berish kerak. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat 
faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda 
ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib 
mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni 
buyuradi. Ana shu tariqa bolalar birgalikda mehnat faoliyati bilan 
shug‘ullanadilar. 
Masa
lan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik 
qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxonlarni yozib chiqsa, ikkinchisi 
qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo‘yib 
chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiq
adi.
O‘rta va katta guruh yoshidagi bolalarga oilada kuchlari
е
tadigan 
mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularda mehnat malakalari hosil 
bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok 
etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qi
lish juda qiyin bo‘ladi. 
Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma
-
xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish 
qilish, bog‘cha uchastkasida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik 
qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. 
O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan batamom 
farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydi
lar. Ular 
mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning ijtimoiy mohiya
tini, 
kim uchun, nima uchun mehnat qilish lo zimligini tushunadi. Ular 
kattalarning oiladagi uy-
ro‘zg‘or ishlariga zo‘r ishtiyoq bilan 
yordamlashadilar, kichkintoylar uchun qog‘ozdan, kartondan, faner va 
plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. 
Pedagog
ik jihatdan to‘g‘ri tashkil
qilingan mehnat faoliyati bolalarning 
har tomonlama jismoniy, psixik, estelik, axloqiy tomondan rivojlanishiga 
juda katta ta’sir qiladi.
34

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin