Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 


168 
 
 
 
XI-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA DAVRIDA MEHNAT 
KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
 
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1. Faoliyatning psixologik tahlili 
2. Faoliyatning psixologik tahlili
3. Mehnatning ijtimoiy mohiyati, turlari 
4. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining 
xususiyatlari 
 
11.1. Faoliyatning psixologik tahlili 
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘z

o‘zini anglab, 
har bir harakatni muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos eng muhim va umumiy 
xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha aktus - harakat, faolus - faol) 
shaxsning hayotdagi barcha xattiharakatlarini namoyon etishini tushuntirib 
beruvchi kategoriya bo‘lib, bu o‘sha oddiy qo‘limizga qalam olib, biror 
chiziqcha tortish bilan bog‘liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy 
uyg‘onish paytlarimizda amal
ga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha 
bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. 
Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o‘z
-
o‘zini anglash 
muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni 
uddalashi bilan bog‘liq sifatlari 
orqali bayon etiladi. 
Faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli 
tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni 
va o‘z
-
o‘zini 
o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir.
Odamning ichki psixik dunyosi uning tashqi dunyodagi turli-tuman 
narsalar va boshqa odamlar bilan qiladigan munosabatlarida sekin-astalik 
bilan paydo bo‘ladi. 
Bu hodisaning haqiqatan ham xuddi shunday ekanligini 
yosh bolalarda ochiq-
oydin ko‘rishimiz mumki
n. Yan
gi tug‘ilgan chaqaloq 
bolaning hali hech qanday ichki psixik dunyosi bo‘lmaydi. Chaqaloq 
bolalarda nutq ham, tasavvur ham, obrazlar va tushunchalar ham bo‘lmaydi. 
Bolaning ichki dunyosi atrofidagi tashqi olam, undagi turlituman narsa va 
hodisalar, ka
tta odamlar bilan qiladigan munosabatlaridan paydo bo‘ladi. 
Masalan, bolalar o‘z
-
o‘zlari bilan gaplashib, atroflaridagi narsalar haqida fikr 
yuritadigan bo‘ladilar. Ana shu murakkab hodisani, ya’ni tashqi olamdagi 
narsalar bilan qilinadigan faoliyatning ichki psixik faoliyatga aylantirilishini 
faoliyatning 
interiorizatsiyasi
deb yuritiladi. Demak, ichki psixik dunyoning 


169 
tashqi narsalar, hodisalar dunyosidan kel ib chiqishini interiorizatsiya deb 
ataladi. 
Insonning ichki dunyosi paydo bo‘lgandan so‘ng har bi
r narsani, har bir 
harakatni oldin ichida o‘ylab, so‘ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o‘ylab, 
so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tishni faoliyatning 
eksteriorizatsiyasi 
deb ataladi. Agarda interiorizatsiya va eksteriorizatsiya so‘zlarining lug‘aviy 
m
a’nosini ochadigan bo‘lsak interiorizatsiya «ichki psixik holatga o‘tish» va 
eksteriorizatsiya «tashqi faoliyatga o‘tish» degan ma’noni anglatadi.
Faoliyatining tuzilishi juda murakkab va o‘ziga xosdir. Odamning 
faoliyati shunchaki ehtiyojlarni qondirishda
n iborat bo‘libgina qolmay, u 
jamiyatning maqsadlari va talablari bilan ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Odam 
faoliyatining ko‘zga tashlanib turadigan eng asosiy belgisi maqsadni anglash 
va uni amalga oshirishda qilinadigan ish-harakatlaridan iboratdir 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin