Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

birinchidan
, ko‘rsatilayotgan rasmning mazmunini to‘g‘ri idrok 
qilishga, 
ikkinchidan
rasmning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan 
narsaning o‘rnini
to‘g‘ri idrok qilishga, ya’ni rasmdagi narsalarni bir
-biridan 
keskin farq qila bilishga, 
uchinchidan
esa, rasmda tasvirlangan narsalar 
o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak. Ras
mlarni 
idrok qilish ana shunday tarzda yo‘lga qo‘yi
lgandagina bolalarning analitik 
idrok qilish qobiliyatini hamda kuzatuvchanlik xususiyatini rivojlantirish 
mumkin. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yin faoliyatidir. 
Ular o‘zlarining kunda
lik 
o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p narsalarga to‘
qnash 
keladilar. Bu narsalarni bilganlaricha idrok qilib, bir-birlariga 
tushuntiradilar. Umuman o‘yin faoliyatida ularning idroki to‘xtovsiz 
rivojlanib boradi. Bog‘cha yoshida
gi bolalarda turmush tajribasining 
е
tarli 
emasligi ba’zan ular idrokining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu murakkab 
idrok jarayonida, ya’ni fazo hamda vaqtni idrok qilishda yaqqol ko‘rinadi. 
Masalan, ular narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni, fazo hamda vaqt 
o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok eta olmaydilar. Narsalar o‘rtasidagi f
azoviy 
munosabatlarni hamda vaqtni bolalar asosan bog‘cha yoshidagi davrda 
o‘zlashtira boshlaydi. Bolalar o‘zidan uzoq va yaqin, baland va past 
joylashgan narsalar bilan bevosita munosabatda bo‘lish jarayonida fazoviy 
tushunchalarni to‘g‘ri idrok qila bosh
laydilar. Bunda tarbiyachilarning 
narsalar o‘rtasidagi har xil fazoviy munosabatlarni so‘z bilan ifoda etishlari 


182 
bolalar idrokining rivojlanishiga katta yordam beradi. Uzoq-yaqin, baland-
past, chuqur-yuza, katta-kichik, keng-tor kabi fazoviy tushunchalarni 
hamda narsalar o‘rtasidagi bunday fazoviy munosabatlarni bolalar o‘z 
faoliyatlarida, ya’ni o‘yin va mashg‘ulotlarda ma’lum darajada o‘zlashtirib 
boradilar. Lekin, chap va o‘ng kabi tushunchalarni bolalarga o‘z vaqtida 
o‘rgatish zarur, chunki bola chap va o‘ng qo‘lning farqiga bormay ko‘p 
ishlarni chap qo‘lida bajaradigan bo‘lib qolishi mu
mkin. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurlarning
е
tarli darajada 
aniq emasligini ularning chizgan rasmlarida yaqqol ko‘rish mumkin. 
Masalan, kichik va o‘rta guruh
bolalari rasm chizganlarida narsalarning 
hajm munosabatlariga unchalik e’tibor bermaydilar. Ularning chizgan 
rasmlarida uyning balandligi avtomashinaning balandligi bilan, odamning 
bo‘yi esa terakning bo‘yi bilan barobar bo‘lishi mumkin. Bu bog‘cha 
bolalarini mutlaqo hayron qoldirmaydi. Fazoviy munosabat
larni to‘g‘ri 
idrok qilish va fazoviy munosabatlar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish 
asta-sekinlik bilan bolalarning turmush tajribalari orta borishi davomida 
o‘sib boradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarni
ng vaqtni idrok qilishlari fazoni idrok 
qilishlari kabi mukammal Xarakterga ega emas. Bolalar
da vaqtni to‘g‘ri va 
anglab idrok qilish fazoni idrok qilishdan ham qiyinroq desak 
yanglishmaymiz. Bolalar uchun vaqtni idrok qilishda qiyin tomonlaridan 
biri shu
ki, ular vaqtning uzluksiz o‘tuvchanligini (ya’ni vaqtning beto‘xtov 
harakatini) anglay olmaydilar va, binobarin, idrok ham qila olmaydilar. Bu 
narsani ularga ko‘rgazma asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Natijada bolalar vaqt 
o‘lchovlarini ma’lum narsalar va hod
isalar orqali aniqlashtirib idrok 
qilishga intiladilar. 
Odatda so‘zlar bilan ifodalanadigan quyidagi asosiy vaqt o‘lchovlari 
bordir: «soniya», «daqiqa», «soat», «kun», «hafta», «oy», «yil», «asr», 
«kecha», «bugun», «ertaga» «indinga», «ertalab», «peshin», «kechqurun», 
«kechasi», «avval», «keyin» kabilar. Ana shu vaqt o‘lchovlaridan bog‘cha 
yoshidagi bolalar erkin foydalana bilmaydilar. Chunki bu vaqt o‘lchovlari 
(vaqt tushunchalari) nisbiy hamda mavhum Xarakterga egadir. Bolalar 
ertaning bugunga, bugunning kechaga, kechaning o‘tgan kunga tabiiy 
ravishda aylanib qolishini hech bir tasavvur eta olmaydilar. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ayrim vaqt o‘lchovlarini idrok 
qilishlarida kun tartibining roli juda kattadir. Bolalarning kundalik 
hayotlarida doimiy ravishda takrorlanib turadigan rejim (kun tartibi) ayrim 
vaqt 
o‘lchovlarini birin
-ketin ajratib olishga yordam beradi. Bundan 
tashqari, ular ayrim vaqt o‘lchovlarini vaqtning asosiy belgilariga qarab ham 
farqlay ola
digan bo‘ladilar. Masalan, «Kun (quyosh) chiqqanda —
ertalab 
bo‘ladi», «Kun botganda —
kechqurun bo‘ladi», «Qorong‘i bo‘lib ha
mma 


183 
uxlaganda - 
kechasi bo‘ladi» deb aniqlaydilar.
Vaqt tushunchalarini idrok qilish qiyin bo‘lgani uchun bog‘cha 
yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari) asosan hozirgi zamon 
(shu bugungi) tushunchasi asosida yashaydilar. Ana shu sababli ular kelasi 
va o‘tgan zamon tushunchalariga nisbatan hozirgi zamonga oid vaqt 
o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok qila oladigan bo‘ladilar. Shuning uchun bolalar 
dastavval «ertalab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «bugun» kabi vaqt 
tushunchalaridan to‘g‘ri foydalanadigan bo‘ladilar.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin