Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.1.3.
 
Bolalarda sezgi turlarining shakllanishi 
Ilk yoshdagi bolalar har bir narsani o‘z qo‘llari bilan ushlab, timirskilab 
ko‘rishga harakat qiladilar. Bolalardagi bu xususiyat ularning bog‘cha 
yoshidagi davrlarida ham saqlanib qoladi. Ana shu sababli bog‘cha 
yoshidagi bolalar ham har bir narsani shund
ay sirtdan ko‘rib qo‘ya qolish 
bilan qanoatlanmay, «Qani, men bitta ko‘ray», «Qani menga berib turing» 
degan iboralar bilan qo‘llarini cho‘zib intilaveradilar. Bog‘cha bolalaridagi 


179 
bu xususiyatni ularning haddan tashqari qiziquvchanliklari va turmush 
tajribalarining ozligi bilan tushuntirish mumkin. Shu sababli bolalardagi 
bunday intilishni bo‘g‘masdan, imkoniyat boricha so‘ragan narsalarini 
ushlab ko‘rishlariga ijozat berish kerak.
Teri sezgirligi bog‘cha yoshidagi bolalarda ham xuddi katta 
odamlardagi kabi organizmning ayrim joylarida kuchli, ayrim joylarida esa 
kuchsizroq joylashgan bo‘ladi. Bolalarda qo‘l barmoqlarining uchi va yuz 
qismlari boshqa joylariga nisbatan g‘oyat sezgirdir. Teri sezgirligini turli 
mashg‘ulotlar va mashqlar orqali rivojlantirish mumkin. Masalan, ko‘zni 
bog‘lab, turli narsalarni qo‘l bilan paypaslab aniqlash, har xil 
taxtachalarning silliqlik darajasini aniqlash, bog‘chalarda keng 
qo‘llaniladigan «Ajoyib xaltacha» va hokazo o‘yinlarni o‘tkazish mumkin. 
Teri sezgirligini rivojlan
tirish mumkinligining isboti sifatida ko‘r tug‘ilgan 
bolalarni ko‘rsatish mumkin. Chunki, tug‘ma ko‘r tug‘ilgan bolalar tevarak
-
atrofdagi narsalarni bilishda asosiy qurol hisoblangan teri sezgirligini 
kishini hayratda qoldiradigan darajada rivojlantira oladilar. 
Shunday qilib, bolaning butun bog‘cha yoshidagi davrida ha
mma sezgi 
a’zolari jadal rivojlanib boradi. Normal sharoitda tarbiyalangan sog‘lom 
bola yaxshi takomillashgan ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m va teri 
sezgilariga ega bo‘ladi. Mana shu sezgi a’zolari tashqi olamdagi narsa va 
hodisalarni aks ettirishda birdan-bir vositadir. Mashhur chex 
pedagoglaridan Yan Amos Komenskiy bilish jarayonida sezgi a’zolarining 
(analizatorlarning) rolini juda obrazli qilib tasvirlab bergan edi. Yan Amos 
Komens
kiyning fikricha: «Sezgi a’zolarimiz ongimizdan (miyadan) tashqi 
olamga qarata ochilgan darchalardir. Biz ongimizda aks ettirayotgan 
hamma narsa va hodisalar faqat mana shu darchalar orqali ongimizga 
kiradi». Bu haqiqatan ham juda to‘g‘ri o‘xshatishdir. Ch
unonchi, bironta 
darcha bekilib qolgan bo‘lsa (ya’ni bironta sezgi a’zolarimiz ishdan chiqqan 
bo‘lsa) u paytda biz shu sezgi a’zoyimiz bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarni to‘la 
aks ettira olmaymiz. Ongimizdan tashqari olamga qarata ochilgan mana shu 
darchalar 
qanchalik keng va ravon ochilgan bo‘lsa, atrofimizdagi narsa va 
hodisalarni shunchalik chuqur hamda atroflicha aks ettiramiz. Mana 
shuning uchun bog‘chada ham, oilada ham bolalarning sensor tarbiyalariga, 
ya’ni sezgi a’zolarini takomillashtirishga alohida
ahamiyat bilan qarash 
kerak. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin