Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


  Bog’cha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishining o’ziga



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

12.2.4. 
Bog’cha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishining o’ziga 
xos xususiyatlari 
O’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, kichik bog’cha yoshidagi 
bolalarga nisbatan o’rta va katta yoshdagi bog’cha bolalarida ixtiyor siz va 
mexanik ravishda esda olib qolish hamda esda tushunish qobiliyati biroz 
susayadi. Ammo bundan, 
bolalar ulg’aygan sari ularning xotirasi 
kuchsizlanadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu 
е
rda gap shundaki, bolalar 
o’sib, turmush tajribasi ortgan va nutqi o’sgan sari ular narsa va xodisalar 
surunkasiga, ya’ni to’g’ri kelganicha emas, balki tanlab, ya’ni
o’zlariga 
kerakligini esda olib qoladigan bo’la boshlaydilar.
Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish lozimki. Keyingi yillar mobaynida 
bog’cha yoshidagi bolalarda mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda olib 
qolishga nisbatan mexanik esda olib qolish ustun bo
’ladi, degan fikr mavjud 
bo’lib, shu bilan birga mexanik esda olib qolish mantiqiy esda olib qolishga 
qarama-
qarshi qo’yilar edi. So’nggi yillarda o’tkazilgan ekserimental 
tekshirishlar natijalarining ko’rsatishicha, bog’cha yoshidagi bolalarda ham 
narsa v
a so’zlarning ma’nosiga tushunib eslab qolish katta o’rin to’tadi. 
Lekin bog’cha yoshidagi bolalarning mantiqiy esda qoldirishlari ularga to’la
tushuniladigan material berilganda yaqqol ko’rinadi.
Tarbiyachi bolalarni esda olib qolishlari lozim bo’lgan ma
terialni 
ularning yosh xususiyatlariga mos qilib tanlashi kerak. Bolalar xotirasii 
mashq qildirishda turli mazmunli o’yinlardan foydalanish maqsadga 
movofiqdir. Umuman, bolalarning materialni esda olib qolishini va qayta 
esga tushirishini tarbiyachi doi
mo boshqarib borishi zarur. Chunki bog’cha 
yoshidagi bola xotirasining barcha tiplari o’cha boshlaydi. Biroq shu narsa 
Xarakterliki, xotiraning asosiy turlari orasida (masalan, obrazli, mexanik, 
matiqiy kabi) harakat xotirasi nisbatan kuchliroq rivojlanadi. Shuning 
uchun ham turli Har
akatlarni hamda musiqa ohangida o’ynashni bu 
yoshdagi bolalar osonlik bilan o’zlashtiradilar. Mexanik tarzda 
o’zlashtiriladigan nutq materialini ham qisman harakat xotirasiga kiritadi. 
Shu sababli bog’cha yoshidagi bolalar 
tez aytiladigan turli ritmdagi 
she’rlarni bir
-ikki qaytarishdayoq yodlab oladilar. Masalan, bekinmachoq 
o’yinini o’ynash oldindan aytiladigan “sanashlar”. Bekinmachoq o’yinining 
sanashlarida hech qanday ma’no yo’q, lekin juda ifodali va jarangli ritmika 
bor. 


194 
Bog’cha yoshidagi bolalarda emosional xotira yaxshi bo’lsa ham, lekin 
xotiraning bu turi bolalarga nisbatan katta odamlarda kuchliroq bo’ladi. 
Katta odamlar kuchli emosional ta’sir qilgan ba’zi narsa va hodisalarni hech
vaqt eslaridan chiqarmaydila
r. Bog’cha yoshidagi bolalar esa kuchli 
emosional ta’sir qilgan narsalarni ham ba’zan eslaridan chiqarib 
qo’yishlari mumkin. Bolalar xotirasini o’stirishda tarbiyachi va ota
-
onalarning nutqi ham nihoyatda katta rol o’ynaydi. Bola bilan gaplashganda 
nutq 
sodda, talaffuz aniq va tushunarli bo’lishi kerak. Xotiraning taraqqiyoti 
bolaning bog’cha yoshi davrida tugallanmay, bolaning bundan keyingi 
taraqqiyotida, ya’ni ta’lim
-
tarbiya va turmush tarziga qarab o’zgarib, o’sib 
boradi.
36

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin