Reja:
1. O'zbekistonda maktabgacha ta'limning paydo bo'lishi.
2. Dastlabki “maktabgacha tarbiya bo‘limi to‘g‘risi” dagi nizom.
3. Mustaqillikdan keyingi yillarda MTning rivojlanishi
1 O'zbekistonda maktabgacha ta'limning paydo bo'lishi. O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning 10-20 yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog’chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya muassasalari bo’lmagan. Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug’ullanuvchi “Bog’chalarni himoyalash Kengashi” tuzildi. Bu davrda bollarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko’chirib keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg’i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi ommaviy oshxonalar, yasli va bog’chalar, boshqa tomondan esa ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo’lgan. Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada Toshkentning eski shahri o’zbek bolalari uchun 4-bolalar bog’chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog’chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta’lim muassasalarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo’lgan.
Maktabgacha tarbiya birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. 1934 yil Toshkentda tuzilgan Respublika maktabgacha tarbiya metodik xonasishunaqa markaz vazifasini bajardi.
Shu va keyingi yillarda maktabgacha tarbiyani yaxshilash maqsadida quyidagi choralar ko’rilgan:
-joylarda metodik ishlarni tashkil qilish;
-mebel, o’quv qo’llanmalari, o’yingohlarning standartlarini ishlab chiqish;
-maktabgacha tarbiya masalalariga jamoatchilik va aholining e’tiborini qaratish (matbuotda nashr qilish, hujjatlarni tuzish) va sh.k.