2.Dastlabki “Maktabgacha tarbiya bo‘limi to‘g‘risi”dagi Nizom
“Maktabgacha tarbiya bo‘limi to‘g‘risi”da Nizom qabul qilindi va unda bo‘lim 3-yoshdan 8-yoshgacha bo‘lgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tarbiya muassasalariga boshchilik qiladi, mavjud muassasalar ishining borishini kuzatadi, yangi bolalar bog‘chalari, yaslilar, bolalar uylari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy yotoqxonalar, bolalar yozgi koloniyalari ochildi, bolalar bog‘chalari rahbarlari, enagalar va kadrlar tayyorlash maqsadli kurslari tashkil qilindi-deyiladi.
O‘zbekistonning tub joy aholisi bolalarini maktabgacha tarbiya muassasalariga jalb etish uchun kurash juda murakkab va qiyin sharoitda olib borildi. 1918 yildi Toshkentning sobiq eski shahar qismida o‘zbek bolalari uchun 4-ta bog‘cha ochishga muaffaq bo‘lindi. Birinchi bog‘cha – Shayxontoxur dahasida Hasanova - mudiri : Mahsuma Qoriyeva va Robiya Abdurashidova tarbiyachi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.
Ikkinchi bog‘cha - Xo‘ja ko‘chasida Anvar Yausheva mudiri bo‘lgan.
Uchinchi bog‘cha - Ko‘kcha dahasidagi Langar ko‘chada ochilgan.
To‘rtinchi bog‘cha - Beshyog‘och dahasida ochilgan bo‘lib, bunda o‘qituvchi Qodirxonov mudirlik qilar edi. 1920 yilda Turkiston Respublikasida 71 ta bolalar bog‘chasi, shu jumladan, mahalliy aholi bolalari uchun 16 ta bog‘cha va 12 ta bolalar maydonlari tashkil etilib, bulardan 4 tasida o‘zbek va boshqa mahalliy millatlarning bolalari tarbiyalana boshlandi. O‘sha davrda maktabgacha tarbiya muassasalarida hammasi bo‘lib 6394 bola tarbiyalanar edi. 1921 yilga kelib bolalar bog‘chalarining soni 105 taga , shu jumladan, mahalliy millatlarning bolalari uchun bog‘chalar 32 taga yetdi. Bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchilarning soni qariyb 8000 kishiga yetdi, ulardan 2000 dan ko‘prog‘i millatlarning farzandlari edi. O‘rta Osiyoda XIX asrning 80-90 yillariga kelib, bolalar maktabgacha ijtimoiy tarbiyasi g‘oyalari yetila boshlandi. O‘sha davrda taraqqiyparvarlik kayfiyatidagi mahalliy ziyolilar mehnatkash ayollarning og‘ir ahvolini va bolalar nazoratsizligini ko‘rib, ularning qismatini yengillashtirishga intila boshladilar. Bu ziyolilar vakillari 1872 yilda Turkistonda tuzilgan “Jamiyati xayriya” tarkibiga kirgan edilar. “Jamiyati xayriya” tashkiloti tomonidan miskinlar uylari, tunash joylari, tug‘ruq joylari bilan bir qatorda ota-onasi bo‘lmagan bolalar uchun yetimxonlarni tashkil etdi.
Bu yetimxonalar oz sonli bolalarni butun Turkistonda taxminan 150-200 kishini o‘z ichiga oldi. Ushbu yetimxonalarda yasla yoshli bolalardan tortib, maktab yoshidagi bolalarni ham qamrab olgan.1896 yilda Turkistonda vositalar kengashi kambag‘allarning bolalari uchun “yasla”lar deb ataladigan muassasalarni tuza boshladi. Yaslalarga atak-chechak qila boshlagan bolalar qabul qilingan va maktabga ketgunga qadar tarbiyalangan bolalar kun bo‘yi bolalar yaslada bo‘lishar va uch marta ovqatlantirilar edi. Yasla ishlarini nazoratchi ayol boshqargan, xizmat qiluvchi xodimlar ham bo‘lgan. Bu muassasada bolalarni duolar o‘qishga (duogo‘ylikka) qat’iyat bilan o‘rgatilgan. Shuningdek bolalarni oddiy o‘qishga, yozishga, sanashga, to‘qishga, to‘r taqishga, tikishga va boshqa hunarlarga o‘rgatilgan. Butun o‘lka bo‘ylab shunday yaslalardagi bolalar soni 50-60 boladan oshmas edi. Turkistonda kambag‘allarning bolalari uchun Toshkentda, Samarqand, Sirdaryo, Namanganda yetixonalar tashkil etilgan. Imtiyozli sinflarning bolalari uchun 1891yilda “Bog‘dorchilik” jamiyati tomonidan Toshkent istirohat bog‘ida maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun “Bolalar maydonchasi xilida” birinchi bolalar bog‘chalari ochildi. Bolalar bog‘chasi istirohat bog‘i maydonidan sersoya joy ajratib berildi. Maydonchada arg‘imchoq, qayiqlar, katta arg‘imchoq(ustunga osilgan) o‘rnatildi va xilma-xil o‘yinchoqlar tayyorlandi. Maydonchada gulzor katta o‘rinni egallab, bolalar o‘zlari o‘simliklarni parvarish qilishardi. 1891-1903 yillar davomida mablag‘ yo‘qligi sababli bog‘cha bir necha marta yopilgan. Ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or g‘oyalarning ta’siri ostida Toshkentda 1903 yil fevral oyida “Oilaviy ta’lim-tarbiyaviy to‘garagi” tashkil qilindi. To‘garak harbiy Ministr va Xalq maorifi tomonidan tasdiqlangan Ustav asosida ish boshladi. U o‘z oldiga quyidagi vazifalarni: 1.Bolalarga ta’lim-tarbiya berish usullarini rivojlantirish va takomillashtirishda yordam berish;
Pedagoglar bilan ota-onalarni va bolalar tarbiyasi ishini boshqaradigan kishilarni(oila, maktab va bolalar bog‘chasining yagona tarbiyaviy ta’sir etishini belgilash maqsadida) bir-birlariga yaqinlashtirishni qo‘yadi.
Bu to‘garakda maktabgacha seksiyasi ham faoliyat ko‘rsatgan. Ta’lim-tarbiya to‘garagi yuzaga kelgunga qadar bolalar bog‘chasining tarbiyaviy ishida muayyan pedagogik tizim yo‘q edi, shu sababli to‘garak a’zolari bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qilishar edi. Bolalar birinchi marta 4-yoshdan 6-yoshgacha va 6-10 yoshgacha bo‘lgan ikki xil yosh guruhlariga bo‘lindi. Mashg‘ulotlar, o‘yin va ko‘ngil ochishlar programmasi belgilab qo‘yildi. Harakatli o‘yilar, xor bo‘lib aytiladigan ashula, o‘qish, rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, gimnastika mashqlarini reglamentga soladigan jadval tuzildi. Ota-onalarning talabi bilan fransuz va nemis tillari o‘rgatilgan, bu ishlarni mutaxassislar tomonidan tekin amalga oshirilgan. Ta’lim-tarbiya to‘garagi bolalar bog‘chasida tarbiyaviy ish saviyasini oshirishga yordam berdi. Tarbiyaviy ish mazmuniga iuayyan tizi, xilma-xil ish shakllari kiritildi. Lekin maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan tarbiyachilar bo‘lmaganligi sababli ko‘pincha bog‘cha tarbiyaviy ishining mazmuni betartib amalga oshirilar edi. 1903-1914 yillar davri maktabgacha tarbiya sohasidagi ta’lim-tarbiya g‘oyalarining jadal suratda o‘sishi bilan xarakterlanadi. Sirdaryo, Samarqand, Toshkent shag‘rida bolalar bog‘chalari kabi ayrim bog‘chalar yuzaga keldi. 1909-10910 yillarda va keyinchalik xususiy bog‘chalar paydo bo‘ldi: bu bog‘chalarda 6-yoshdan boshlab bolalarni asosan gimnaziyaga o‘qishga tayyorlanar edi. Bunday bolalar bog‘chalari xususiy uylarda ochilar va tamomila ota-onalar ta’minotida bo‘lgan. Ma’lumotga ega bo‘lgan va chet tillarini biladigan o‘qimishli xonimlar tarbiyachi edilar. Ammo mazkur bolalar bog‘chalari faqat badavlat ota-onalarning ehtiyojini qondirgan edi. Davlat tomonidan ijtimoiy bolalar bog‘chalari faqat 1917 yildan keyingina yalpi tarzda tashkil etildi.
2.“Maktabgacha tarbiya yuzasidan Dekloratsiya”sining e’lon qilinishi.
1917 yil 20 noyabrda Xalq Komissarlari tomonidan “Maktabgacha tarbiya yuzasidan Dekloratsiya” e’lon qilindi. Bunda: “Bolalarni ijtimoiy tekin tarbiyalash bolaning birinchi tug‘ilgan kunidan boshlanadi” – deyilgan edi.
Maktabgacha tarbiya butun xalq maorifi tizimining birinchi bo‘g‘ini va tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. 1919 yilda qabul qilingan Davlat dasturlarida xalq maorifi sohasida: Ijtimoiy tarbiyani yaxshilash va xotin-qizlarni ozod qilish maqsadida maktabgacha tarbiya muassasalari tarmoqlarini vujudga keltirish haqida fikr yuritildi. Davlatning bu umumuiy siyosiy yo‘li asosida Turkiston ASSR Maorifi Xalq Komissarligi oldida davlat maktabgacha tarbiya muassasalari tarmoqlarini vujudga keltirish, metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va boshqa ma’suliyatli vazifalar paydo bo‘ldi. Turkistonda dastlabki davlat bolalar bog‘chalari 1918 yilning ikkinchi yarmida tashkil etila boshlandi. 1918 yil 20 oktabrda Turkiston Maorifi Xalq Komissarligi qoshida Respublikadagi maktabgacha tarbiya sohasida barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun ma’muriy organ sifatida maktabgacha tarbiya bo‘limi tashkil qilindi. Xuddi shu yilda viloyat xalq maorifi bo‘limlarining qoshida maktabgacha tarbiya kichik bo‘limlari tashkil qilingan. Bu tadbir Respublikada maktabgacha tarbiyaning jonlaniga yordam berdi. Maktabgcha tarbiya bo‘limlarining faoliyati uch asosiy yo‘nalishda:
Bolalar bog‘chalarini ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta’minlash;
Maktabgacha tarbiya xodimlari, shu jumladan maxalliy, milliy vakillaridan kadrlar tayyorlash; Ota-onalar o‘rtasida tashviqot tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat edi.
Ulug‘ vatan urush yillarida O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari va bolalar maydonchalarining tarmog‘i deyarli ikki barobar kengaydi. 1994 yil 1-yanvariga kelib 54 ming bola tarbiyalandi, davlat tamonidan 77 million so‘m ajratildi. Bu yillarda O‘zbekistonning bolalar bog‘chalarida ko‘chirib keltirilgan 16000 dan ko‘proq bolalarni tarbiyalandi. Shuningdek ota – onasiz qolgan qariyb 400 bolani vasiylikka olish prinsipiga muvofiq boqib, tarbiyalab katta qilindi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda ijtimoiy tarbiyani tashkil etish borasida olib borilgan barcha ezgu ishlar, maktabgacha talimni kelgusida yanada rivojlanib, takomillashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha asosiy ish hujjatlari bu - 1937 yil 3 mayda qabul qilingan. Bolalar bog‘chalari to‘g‘risidagi qaroridan, «Qaramog‘ida bolalar bog‘chalari bo‘lgan xo‘jalik tashkilotlari va muassasalari zimmasiga tegishli ittifoqdosh respublikalarning sog‘liqni saqlash va maorif xalq komissarliklari tomonidai bolalar bog‘chalarini sanitariya qoidalari, binolarning katta-kichikligi, jihozlar, ko‘rsatmali qo‘llashmalar, bolalarni ovqatlantirish va ularga meditsina xizmati ko‘rsatishga muvofiq qilib qurish va saqlash yuzasidan belgilangan normalarga rioya qilish vazifasi yuklansin» - deyiladi.
1944 yil 9 yanvar Xalq Komissarlari Sovetining «Bolalar bog‘chalari tarmoqlarini kengaytirish va ularning ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risidagi» qororida: Mahalliy ijroiya komissarlariga xalq komissarliklari va boshqarmalarning bolalar bog‘chalarida bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, shu bo‘sh o‘rnilardan 20% gacha bo‘lgan qismini shu korxonada ishlamasa ham, yaqin shy korxonalarning bolalar bog‘chasiga yaqin joyda turadigan ota-onalarning bolalari bilan to‘ldirish huquqi berilsin. Bolalarni bolalar bog‘chalariga yuborish xalq maorifi bo‘limlari tomonidan rasmiylashtiriladi».
«Sog‘liqni saqlash xalq komissarining:
•bolalar bog‘chalariga vrachlarni biriktirib va kamida 100ta bola tarbiyalanayotgan har bir bolalar bog‘chasiga 1ta meditsina hamshirasini doimiy ishlash uchun ta’minlab, bolalar poliklinikalari, bolalar ambulatoriyalari hamda umumiy poliklinika va ambulatoriyalarning bolalar bo‘limlari orqali bog‘chalardagi bolalarga meditsina xizmati ko‘rsatishni ta’minlash;
• bolalar bog‘chalarini birinchi yordam aptechkalari bilan ta’minlash majburiyati yuklatilsin;
• Smetada bolalar bog‘chalaridagi muzika xodimlarining ish haqi uchun mablag‘ firatinga ruxsat etilsin» - deyiladi.
«Bolalar muassasalari tarmoqlarini kengaytirish hamda xotinlar va bolalarga meditsina va mashqiy jihatdan xizmat ko‘rsatishni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi Xalq Komissarlari Sovetning 1944 yil 10 noyabrdagi qarorida: Ittifoqdosh Respublikalarning Xalq Komissarlari Sovetlariga, xalq komissarlari va boshqarmalarga bolalar yaslilari, go‘dak bolalar usti, bolalar konsultatsiyasi, emizikli bolalarga sut tayyorlab beruvchi muassasa, bolalar bog‘chasi va bolalar uyi tarmoqlarini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatilishiga muhtoj bolalarning hammasini mazkur bolalar muassasalariga to‘la jalb etishni ta’minlash majburiyati yuklansin. Yolg‘iz onalarning o‘z bolalarini tarbiyalashlariga yordam berish maqsadida bolalar yaslilari va bolalar bog‘chalarida ularning bolalarini butun sutka davomida olib turish tashkil etilsin - deyiladi.
«Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga meditsina xizmati ko‘rsatishni yaxshilash choralari to‘g‘risidagi 1959 yil, 21 may qarorida: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona, ya’ni maktabda beriladigan navbatdagi tarbiya vazifalariga muvofiq bo‘lgan sistemani amalga oshirish maqsadida, mahalliy sharoit va imkoniyatlarni nazarda tutib, bolalar muassasalarini ikki tipini:
• yasli va bolalar bog‘chasini yagona maktabgacha tarbiya bolalar tashkiloti qilib birlashtirilsin. Bu muassasalarga xalq maorifi komissarligi rahbarlik qilsin;
• bundan buyon barcha turdagi bolalar muassasalari, ularning bolalarni turar joylariga yaqinlashtirish va shu bilan ota-onalarning vaqtini kamaytirish nazarda tutilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning birlashgan tipovoy loyihasi bo‘yicha ko‘rilsin;
• Ittifoqdosh Respublikalarga - maktabgacha tarbiya muassasalari haqida Nizom tuzib chiqish va uni tayyorlash yuklatilsin;
• pedagogika fanlar akademiyami va meditsina akademiyasi bilan birgalikda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashinng yagona programmasini tuzib chiqish topshirilsin;
• yaroqli binolarni moslashtirish va rejali ko‘rishni arzonlashtirish;
• tarbiyachilar va meditsina xodimlari kadrlarini tayyorlash;
• bolalarni ovqatlantirish va utigon - mebellar bilan ta’minlash;
• bog‘chaga qatnamaydigan bolalar uchun bolalar parklarida, skverlarda va uylarning xovlilarida maydonchalar tashkil qilish va ularni jihozlash choralarini ko‘rish yuklatilsin;
• axoli o‘rtasida leksiyalar o‘qish, suhbatlar o‘tkazish, ommaviy-ilmiy adabiyotlarni ko‘proq nusxada nashr etish;
• bolalarni tarbiyalash va ularning sog‘lig‘ini saqlash masalalarini yorituvchi badiiy adabiyotlar nashr etishni, kinofilmlar chiqarishni, radio, televideniye eshittirishlarini kengaytirish ta’minlansin» deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |