Mustaqil ish O'zbekistonda maktabgacha ta'limning paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari


Mustaqillikdan keyingi yillarda MTning rivojlanishi



Yüklə 35,82 Kb.
səhifə3/3
tarix03.12.2023
ölçüsü35,82 Kb.
#172384
1   2   3
Mustaqil ish O\'zbekistonda maktabgacha ta\'limning paydo bo\'lishi

3. Mustaqillikdan keyingi yillarda MTning rivojlanishi
O’zbekistonning mustaqil davlat maqomini qo’lga kiritishi bilan jamiyatning ijtimoiy muammolari yanada ko’paydi va keskinlashdi. Birinchidan, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy ustuvor yo’nalishlarning almashishi, ikkinchidan, bu davrda ijtimoiy muammolarni yaxshi tushunmaslik oqibatida ro’y berdi. Biroq, demokratiya va oshkoralik tamoyillari, xorij davlatlari tajribasi yordamida davlat muhtojlarga real ijtimoiy pedagogik yordam bermoqda, ijtimoiy pedagogik fanini rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko’rmoqda.
Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta(lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo(nalishi darajasiga ko(tarildi. O(zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e(tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta(lim tizimi barpo etildi.
O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilgan uzluksiz ta(lim tizimida maktabgacha ta(lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanadigan, uning o‘qishga intilishini va bilim olishga bo(lgan dastlabki qiziqishini uyg‘otadigan muhim bosqichga aylantirildi. Bugun esa maktabgacha ta(lim bolani intellektual, jismoniy va ma(naviy rivojlantirishga, uni shaxs sifatida tarbiyalashning dastlabki va muhim bo(g(iniga aylandi. Yurtimizda maktabgacha ta(lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya muassasalarida amalga oshiriladi.
Bugungi kunda respublika bo(yicha jami 4916 ta maktabgacha ta(lim muassasalarida 668 497 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Shuningdek, yurtimizda 194 ta nodavlat maktabgacha ta(lim muassasalari faoliyat ko(rsatib, ularga 11 746 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan.
Mutaxassislar inson o(z umri davomida oladigan barcha bilimlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo(lgan davrda olishini ta(kidlashadi. Endi shu o(rinda kelajak avlodga ta(lim-tarbiya berishda maktabgacha ta(lim muassasalarining o(rni va ahamiyatini tasavvur qiling.
Keyingi yillarda maktabgacha ta(lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo(naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016 yillar davomida 459 ta maktabgacha ta(lim muassasasi mukammal ta(mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.
Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta(lim muassasalarining ta(lim dasturlari va o(quv-tarbiyaviy rejalariga qo(yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta(lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta(limga qamrab olish ko(rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda.
Shu munosabat bilan muhtaram Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi (2017-2021-yillarda maktabgacha ta(lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to(g(risida(gi qarori maktabgacha ta(lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasida qayta tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Yüklə 35,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin