Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDA DIQQAT VA XOTIRANING



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.2. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDA DIQQAT VA XOTIRANING 
BOLALARDA RIVOJLANISHI
 
12.2.1.Diqqat va uning bolalarda rivojlanishi
Diqqatning nerv-fiziologik asosida oriyentirovka yoki tekshirish deb 
aytiladigan maxsus reflekslar yotadi. Oriyentirovka yoki tekshirish refleksi 
diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim 
sharlarining po’stida kuchli qo’zg’olish jarayonidan iborat bo’ladi. 
Boshqacha qilib aytganda, har bir daqiqada organizmga turli narsalarning 
ta’siridan hosil bo’lgan qo’zg’olishlarga nisbatan, oriyentirovka yoki 
tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuz bergan qo’zg’olish
kuchli bo’ladi. Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zg’alishi va miyadagi 
boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liqdir. Bu esa sub’yekt 
ahamiyatli bo’lgan qo’zg’atuvchilarni ajratishni, ya’ni psixik faoliyatning 
yo’naltirilishini ta’minlaydi. Bunday yo’naltirilishning sodda misoli sifatida 
oriyentatsiya refleksini ko’rsatish mumkin. 
Har qanday yangidan yuzaga 
kelgan qo’zg’atuvchi, agar u
е
tarli darajada intensiv(kuchlanishga ega) 
bo’lsa, tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga 
keltiradi, bu refleks, I.P.Pavlov 
aytganidek «nima u» degan refleks bilan ifodalanadi, bu esa sodda turdagi 
diqqatning fiziologik asosidir. 
I.P.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomskiy olib borgan 
tekshirishlari bir
–biriga to’g’ri keladi. Agar nerv si
stemasiga bir qancha 
qo’zg’ovchilar bir vaqtda ta’sir qilsa bosh miya po’stida shu ongning o’zida 
bir necha qo’zg’alish o’choqlari paydo bo’ladi. Shu bilan birga, 
Har bir 
qo’zg’alish o’chog’i bosh miya po’stining hamma yog’iga tarqalishga 
iradiatsiyala
nishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo’zg’alish o’choqlari 
o’rtasida to’qnashish va «kurash» sodir bo’ladi. Bu kurash natijasida 
qo’zg’alish o’choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo’lib oladi Mana shu 
hukmron bo’lib olgan qo’zg’alish o’chog’ini akade
mik Uxtomskiy 
«dominanta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko’ra;


189 
Dominanta 

bu ayni chog’da markazda sodir bo’ladigan reaksiyalar 
Xarakter
inni bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo’zg’alish o’chog’idir. 
Dominantalar mavjud bo’lgan paytda boshqa qo’zg’alish o’choklari 
(«subdominantalar» 

nisbatan kuchsiz qo’zg’alish o’choqlari) ko’pincha 
yo’qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo’
shilib, uni kuchaytiradilar yoki 
dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida 
subdominanta dominant
a bo’lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa –
subdominanta bo’lib qolishi mumkin. Hukmron qo’zg’alish o’chog’i bo’lgan 
dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo’naltirilishi va tuplanishining 
fiziologik asosidir. 
 
Maktabgacha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana 
boshlaydi. Biroq maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat 
ustunlik qiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda kun sayin paydo 
bo‘ladigan yangi
-
yangi qiziqishlar, o‘yin faoliyatlarining xilma
-
xil bo‘la 
borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan talab etiladigan tartiblarga 
bo‘ysunish, qoidali o‘yin shartlarini so‘zsiz bajarish, kattalarning 
topshiriqlarini chidam va qunt bilan ado etish kabi hollar maktabgacha 
yoshdagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda 
ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishda o‘yinning roli juda kattadir. Chunki, turli 
o‘yinlar paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bi
lan 
ma’lu
m maqsadlarni ilgari suradilar. 
O‘yinlarning qanday qoidalar asolida 
o‘ynalishini o‘zlari mustaqil ravishda tanlab oladilar. O‘yin qoidasidan 
chetga chiqib ketmaslik uchun o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga 
moslashtirishga va o‘yinda qatnashuvchi o‘rtoqla
rining harakatlarini ham 
kuzatib borishga tirishadilar. Ana shunday o‘yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan 
birga ixtiyoriy diqqat ham aktiv ishtirok etadi. 
Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlana 
boshlashi uchun sharoit yaratib beradi. Shuni ham nazarda tutish kerak-ki, 
ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog‘liq, shuning uchun ham bolalar diqqatning 
bu turini o‘zlaricha mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda 
diqqatning ixtiyoriy turini har xil savollar va topshiri
qlar berish yo‘li bilan 
rivojlantirib borish kerak. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin