Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

egotsentrik nutq
bola tafakkurining egosentrik Xarakteri
individual nutqning hali etarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir. 
Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje 
aytganidek ijtimoiylashgan nutqqa qarama-qarshi nutq emas, balki o'z 
tabiatiga ko'ra u ham ijtimoiy nutqdir. Uning paydo bo'lishiga sabab hali 
bolaning o'ziga va o'zgalarga yo'naltirilgan nutqni o'zaro farqlay 
olmasligidadir. Egosentrik nutqning yuzaga kelishi kichik bog'cha 
yoshidagi bolalarning kattalar bilan hamkorlikda faoliyat qilishga moyil 
bo'lishlari bilan bog'liq.
Bolaning mustaqil faoliyat ko'rsatishi qanchalik sust bo'lsa, ushbu 
moyillik yuqori bo'ladi. Egotsentrik nutq esa kattalar bilan hamkorlik 
qilishning o'rnini bosuvchi o'ziga xos nutqiy o'rinbosor vazifasini bajaradi. 
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, egotsentrik nutq faoliyatni 
rejalashtirish vazifasini ham bajarar ekan. Bola oldindan o'z faoliyatining 


200 
maqsad-muddaosini og'zaki ifodalaydi. So'ngra faoliyatni bajarish davrida 
olingan natijalarni og'zaki qayd etadi, og'zaki ravishda yangi harakatlarni 
rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etadi. 
Bog'cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2 
bosqichdan iborat bo'ladi: 
1) og'zaki tarzda qaror qilish va faoliyatni rejalashtirish; 
2) tuzilgan reja va qabul qilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni 
amalga oshirish. Bunda egotsentrik nutq asta-sekin yig'ilib, 
interiorizatsiyalanib (ichki tomonga yo'nalib), 5-6 yoshli bolalarda ichki 
nutqqa aylanadi.
Bola faoliyati va muloqotidagi yangi-yangi ehtiyojlar ongni intensiv 
ravishda o'zlashtirishga sabab bo'ladi. Bola nutqi borgan mazmunliroq 
bo'lib boradi. Situativ nutq - kichik bog'cha yoshdagi bola nutqining asosiy 
shakli asta-sekin kontekst nutqqa, axborot beruvchi nutqqa o'rnini 
bo'shatib beradi. Kontekst nutq bu nutqni suhbatdosh faqat til vositalari 
asosida, vaziyat (situatsiya) ga tayanmay turib tushuna olishi bilan 
Xarakterlanadi. 
Nutqning kontekst shakli fikrning to'laligicha, mantiqiy to'g'ri ketma-
ketlikda bayon etilishini, yangi grammatik shakllarning qo'llanilishini 
taqozo qiladi. O'z tuzilishiga ko'ra kontekst nutq yozma nutqqa 
yaqinlashadi. Kontekst nutqning muhim xususiyati uning ixtiyoriyligidir. 
Bog'cha yoshidagi bolalarni savodxonlikka o'rgatish bo'yicha olib 
boriladigan ishlar D.B.Elkonin ishlab chiqqan nazariy tamoyillarga 
asoslanadi. Savodxonlikka o'rgatishning bog'cha yoshiga mo'ljallangan 
shakl va metodlari D.B.Elkonin metodi asosida L.E.Jurova tomonidan ishlab 
chiqilgan. 
Bolalar tomonidan savodxonlikni egallash imkoniyatlari va 
xususiyatlarini o'rganishga hamda buning uchun eng optimal yosh davrini 
aniqlashga qaratilgan maxsus tadqiqotda N.S.Voronsova 5-6 yoshli bolalar 
savodxonlikni o'rganishda tanlovchan tipdagi qabul qilish xususiyatiga ega 
ekanligini, 6 yoshdan esa o'qishga e'tiborli bo'lishini aniqladi. Shundan 
kelib chiqib, N.S.Voronsova 5 yoshni tovushlarni analiz qilishga 
o'rgatishning eng optimal davri, 6 yoshni esa o'qishga o'rgatishga eng 
optimal (eng yaxshi va qulay) davr ekanligini ta'kidladi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin