Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.3.2. Ta

lim jarayonida savodxonlikning rivojlanishi 
Ona tilidagi tovushlarni o'zlashtirishda nutqning sensor asosi 

fonematik eshitishning rivojlanishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. 
Fonematik eshitish deganda, nutq tovushlarini idrok etish, so'zlar tarkibida 
ularni har xil ma'noli birliklar sifatida birlashtirish va ajratish tushuniladi. 
N.X.Shvachkin bolalar fonematik eshitishini dastlabki rivojlanish 
bosqichlarida o'rganib, 1-7 yoshdayoq fonematik eshitish shakllanib 


199 
bo'lishini isbotladi. Bu davrga kelib, bola atrofdagi kattalar nutqining 
tarkibidagi barcha fonematik xususiyatlarni farqlab oladi. Shuning uchun 
atrofdagilarning to'g'ri va noto'g'ri talafiuzini payqay oladi. Bog'cha 
yoshidagi bola noto'g'ri talaffuz etilgan so'zlarni asta-sekin farqlamay 
qo'yadi. Bolada so'zlar va tovushlarning fonetik obrazlari shakllanadi. Bu 
davrda bolalar nutqning fonetik tomoniga katta diqqat bilan qaraydi. 
L.E.Jurovaning fikricha, bolalarni til olamiga o'rta bog'cha yosh 
davrida, ya'ni til xususiyatlarini ayniqsa, o'tkir his etish davrida olib kirgan 
ma'qul. L.E.Jurova va N.V.Durovalarning eksperimental tadqiqotlari shuni 
ko'rsatadiki, 4 yoshli bolalar nafaqat so'z tarkibidagi tovushlarni 
intonatsion ajratib olishni, balki jarangli va jarangsiz undoshlarni 
farqlashni, so'zdagi birinchi tovushni aytib berishni o'rgana oladilar. Bu esa 
5 yoshli bolalarda tovushlarni tahlil etish ko'nikmalari rivojlanishining 
muhim zaruratidir. 
Nutq juda erta bolaning va atrofdagilarning amaliy faoliyati bilan 
bog'lanib L.S.Vigotskiy aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur 
vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda nutqning amaliy faoliyati 
bilan aloqadorlik shakllaridan biri bo'lajak harakatlarni rejalashtirish, 
kechayotgan harakatlarga nutqning yo'ldosh bo'lishi va harakat natijalarini 
nutq vositasida ta'kidlab qo'yishda namoyon bo'ladi. Bularning bari esa 
aqliy faoliyatning shakllanishi uchun juda zarur. 
Bog'cha yosh davrda bola o'zining harakatlari, ularda ishlatayotgan 
bo

yumlari haqida hech kimga murojaat qilmay aytib beradi, kelajakdagi 
harakatlarini rejalashtiradi va natijalarni analiz qiladi. ("Qo'g'irchoq 
uxlayapti", "Mashinani tuzatishsa, u yuradi ", "Odamcha yiqilib ketdi, hozir 
men uni ko'tarib qo'yaman"). Bunda nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. 
Sunday turdagi nutqni J.Piaje "egotsentrik nutq" deb atadi. J.Piajening 
fikricha, 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin