Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

Bola yoshi 
1 yosh 
2 yosh 
3 yosh 4-5 yosh 6-7 yosh 
So‘z boyligi
8-12 
25-400 
1200 
1300 
2500 
3000 
4000 
5000 


202 
qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. O‘rta va katta guruh bolalari 
fe’lning zamonga qarab o‘zgarib borishini to‘g‘ri ishlatadigan bo‘ladilar.
Nutq faqat boshqa odamlar bilan amalga oshiriladigan aloqa 
vositagina bo‘lib qolmay, balki u bolalar uchun xulq
-atvorni boshqarish 
vositasi hamdir. Turli yoshdagi bog‘cha bolalari o‘z xulq
-
atvorlarini, ya’ni 
ma’lum ijtimoiy sharoitda o‘zlarini qa
nday tutishlarini tafakkur orqali 
o‘ylab idora qiladilar. Bunda nutq birinchi darajali ahamiyatga egadir. 
Odatda kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining nutqlari ikkinchi bir odamga 
emas, balki o‘zlariga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: «Anvar uxlaydi», 
«Anvarning qorni ochdi» deb gapiradilar. Bolalarning ana shunday o‘zlariga 
qaratilgan nutqi egostentrik nutq deb yuritiladi. Katta yoshli bog‘cha 
bolalarida egostentrik, ya’ni o‘z
-
o‘ziga qaratilgan nutq tugallanib normal 
holga keladi. 
Shunday qilib, asosiy aloqa v
ositasi bo‘lgan nutq bola psixika
sining 
taraqqiyotida benihoya katta rol o‘ynaydi. Bog‘chada va oilada to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yilgan ta’lim
-
tarbiya va xususan, bog‘chada ona tilidan o‘tkaziladigan 
maxsus mashg‘ulotlar tufayli bola nutqini normal o‘stirish mumk
in. Bola 
bog‘cha yoshining oxirgi bosqichiga kelganda og‘zaki nutqning hamma 
turlaridan erkin foydalana oladigan bo‘ladi. Bola nutqining bundan keyingi 
taraqqiyoti maktabda, o‘qish jarayonida amalga oshiriladi.
 
12.3.4. 
Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan tala
blar
 
Tarbiyachining nutqi nutq talablariga rioya qilingan holda bo‘lishi 
kerak. Ya’ni nutqning tushunarliligi, soddaligi, ta’sirchanligi, boyligi, 
ravonligi, sofligi, ifodaliligi, mazmundorligi, aniqligi, chiroyliligi, to‘g‘riligi 
bilan ajralib turishi ke
rak. Ba’zi tarbiyachilarning nutqi juda ta’sirchan 
bo‘ladi. Bunday tarbiyachilar nutqi his
-
tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular 
o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar, ana shundagina 
bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar». O‘tkazmoqchi bo‘lgan 
mashg‘ulotiga tarbiyachining o‘zi qiziqishi va uning o‘zida ham samimiy his
-
tuyg‘u hosil bo‘lishi shart. Tajribali bir pedagog yosh tarbiyachilarga 
shunday deydi: «Bolalarga hikoyani shunday so‘zlab beringki, go‘yo o‘sha 
voqealarda o‘zingiz ham qatnashgandek bo‘ling...». Lekin hamma 
tarbiyachilar ham obrazga kirib hikoya yoki ertakni aytib bera olmaydilar. 
Ba’zi tarbiyachilarda esa nutq ancha ohista, ta’sirsiz, kam ifodali, qat’iy 
izchillikka rioya qilingan holda, dalilli va mantiqiy bo‘ladi.
Bunday nutq bi-
roz zerikarli bo‘lib bolalarni mashg‘ulotga diqqatini jamlab oli
shi qiyinroq 
kechadi. Bunday nutq yo‘naltirilgan yoki boshqacha aytganda undalma 
nutqdan iboratdir. 
Yana shunday tarbiyachilar ham borki, ularning nutqi emotsional 


203 
ham, mulohazali ham emas, ammo bolalar ular nutqini yaxshi 
o‘zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi yangraydi, 
gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi kishining irodasi 
borligi sezilib turadi, o‘z bolalarida ixtiyorsiz ishonch hosil qiladi. Ta
rbiyachi 
fikrlarining haqchanligiga, bolalarni ishontirishga qattiq kirishganligi o‘z
-
o‘zidan ko‘rinib turadi. Ularning to‘g‘riligi va muhimligiga ishonch ixtiyorsiz 
ra
vishda bolalarga o‘tadi. Bu katta ishonch va ta’sir kuchiga ega bo‘lgan 
irodali nutq deyiladi. Lekin bunday nutq avtoritar Xarakter
ga ega bo‘lib 
bolalardagi mustaqil fikrlashni cheklab qo‘yadi.
Zarur iboralarni tez tanlay olish: so‘z boyligiga, 
fikrlash jarayonining 
tezligiga, gapirilayotgan mavzuni yaxshi bilgan bo‘lishiga, 
topqirligiga, 
kishining shu paytgacha umumiy holatiga va boshqa ko‘pgina sabablarga 
bog‘liqdir. O‘z nutqini qulay va to‘g‘ri tuza bilishda badiiy adabiyotni o‘qib 
turish katta ahamiyatga ega. Kitob o‘qiganda shaxsda lug‘at boyligi 
ko‘payadi, fikrining obr
azliligi ortadi, nutq ravshan, chiroyli va adabiy 
bo‘ladi. Nutqda murakkab jumlalar va notanish qiyin so‘zlar bo‘lmasa, u 
ham ravshan, ham tushunarli bo‘ladi. Murakkab bo‘lmagan qisqa jumlalar 
bayon etiladigan ma’lumotni tez tushunib olishga yordam beradi.
Amm
o fikrni bayon etishda juda ezmalanish ham bo‘lmaydi. Nutqning 
juda qisqaligi, mavzuning haddan tashqari ko‘pligi, hodisalarni ko‘p 
keltirish bolalarning tushunmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bayon 
etish aniq, ifodalar ravshan, xulosa va umumlasht
irishlar aniq bo‘lsa, 
tarbiyachining bayoni tushunarli hamda tez esda qoladigan bo‘ladi. 
Tarbiyachi nutqining sodda bo‘lishini uni mazmunga aylantirib 
yubormasligi kerak. U 
еtarli mazmunga ega bo‘lishi kerak. Uning 
murakkablashib ketishidan, bolalarning charchab qolishidan qochish kerak. 
Tarbiyachi nutqining tashqi shakli: tarbiyachi ovozining yoqimliligi 
(uning bo‘yoqliligi va kuchi), ravonligi, ohangdor bo‘lishi katta ahamiyatga 
ega. Nutqning bu tomonini yaxshilash ustida ishlash har bir pedagog uchun 
juda muhimdir. Tarbiyachining ovoz tembri juda past va juda yuqori ham 
bo‘lmasligi kerak. U bir tekis baland ovoz bilan gapirganda fikrni bo‘rttirib 
ko‘rsatish uchun ovozini goh baland, goh past qilib gapirish imkoniyatidan 
mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, ta
rbiyachining baland ovozi bolalarni 
asabiylashtiradi, shu bilan birga tarbiyachi sinfdagi shovqinni ham eshita 
olmaydi. Juda past ovoz bilan gapirilgan nutq ham bolalarga yaxshi 
eshitilmaydi. Eng yaxshi pedagoglarning tajribasi mavzuni o‘tishda 
bolalarning 
bilim darajasiga, yoshiga, o‘tiladigan o‘quv materialining 
mazmuniga, tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan vazifaga, ishning boshqa 
sharoitlariga qarab nutqning biror shaklidan maqsadga muvofiq 
foydalanish lozimligini ko‘rsatadi.
Tarbiyachining vazifasi o‘quvchilarga faqat ta’lim berish bi
lan 


204 
chegaralanib qolmay, balki ularni har bir hikoya ustida o‘ylashga, uni 
emotsional his qilishga o‘rgatishdan iboratdir.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin