Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1.Nutq haqida umumiy tushuncha?
2.Situatsion va nosituativ tushunchalar mohiyatini tushuntirib
bering?
3.
Bog’cha yoshidagi bolalarni savodxonlikka o’rgatish bo’yicha olib
boriladigan ishlar mazmuni to’g’risida tushuncha bering?
4.
Bog‘cha yoshida nutqning o‘sishi xususiyatlari nimalar
- da namoyon
bo‘ladi?
5.
Bola nutqining o‘sishiga oila muhiti qanday ta’sir ko‘rsatadi?
6.Egotsentrik nutq nima?
7.Tarbiyachining nutqi qanday nutq talablariga rioya qilingan holda
bo‘lishi kerak?
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TEST SAVOLLARI: 1.Bola jumlalarning mazmuni va shaklidagi o'zgarish nimaning o’zgarishi bilan bog'liq bo'ladi? A. sitivatsion muloqot
B. uning muloqot shakllari
C. nositivatsion muloqot
D. egosentrik muloqot
2. Bog'cha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyati? A. nutq idrok qilishga aylanishidan iborat.
B. nutq vaziyatni anglash quroliga aylanishidan iborat.
C. nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat
D. nutq ichki nutqqa aylanishidan iborat.
3. Bola so'z-lug'at boyligining o'sishida 2 muhim tomoni? A. egosentrik va ijtimoiy nutq
B. miqdor va sifat tomonlari mavjud
C. vaziyatli va vaziyatsiz nutq
D. dialogik va manologik
4. 3 yoshga kelib, bola lug'atida 1200 ta so'z mavjud bo'ladi, 6 yoshli bolaning aktiv lug'ati esa 3000-3500 so'zni o'z ichiga oladi. Vaholanki, 40-60 yil oldin o'tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug'ati 400-600 so'zdan,
206
6 yoshli bolaning aktiv lug'ati esa 2500-3000 so'zdan iborat deb ko'rsatilgan edi .Ushbu tadqiqotni o’tkazgan asoschini toping? A. V. Logina
B. D.B. Elkon
C. Z.I.Barabanova
D. F.I.Fradkina
5. Situatsion - ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi) konkret predmetli vaziyat bilan bog'liq. Bu xolat shunda ko'rinadiki, bolaning nutqida qaysi so'z turkumiga oid so'zlar ko'p bo'ladi? A.
fe’l
B. sifat
C. ot
D. olmosh
6. Bog‘cha yoshidagi bolalarning nutqi hozir idrok qilib turgan narsalardan tashqari nimalar bilan bog‘liq bo‘ladi? A. ilgari idrok qilingan narsalar hamda mavxum tushunchalar
B. ilgari idrok qilingan narsalar hamda xayoliy narsalar
C. ijodiy fikrlash
D. vaziyatli holatlarni tushunish
7. 6- 7 yoshdagi bolaning so’z zahirasi qancha? A. 1000
B. 2000
C. 3000
D. 4000
8. Qaysi guruh bolalari otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladigan bo‘ladilar? A.
O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalari
B.
Kichik yoshdagi bog’cha bolalari
C.
Kichik va o’rta yoshdagi bog’cha bolalari
D.
O’rta yoshdagi bog’cha bolalari
9. Maktabgacha yoshdagi bolalar xulq-atvorini boshqarish vositasi vazifasini qaysi jarayon bajaradi? A. Tafakkur
B. Hayol
C. Nutq
D. Diqqat
10. Bunday tarbiyachilar nutqi qanday bo’lsa, ular o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar, ana shundagina bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar». A. his-
tuyg‘u bilan sug‘orilgan
B. aniq va ravon bo’lsa
207
C.
oson va ishonchli bo’lsa
D. ifodaliligi, mazmundorligi