Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


Maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirish



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.5.4. Maktabgacha yoshdagi bolalar tafakkurini rivojlantirish 
omillari 
Bola narsalarni bir-
biriga taqqoslab, o‘xshash va farq tomon
larini 
ajrata boshlaydi. Masalan: «Kvadrat va to‘rtburchakni taqqoslab, kvadrat va 
to‘rtburchakni to‘rt tomoni bor, shuning ushun ular o‘xshash. Lekin farqi 
shundaki, kvadratni to‘rtala tomoni va to‘rt burchagi teng, to‘rtburchakning 
esa qarama-
qarshi tomonlari teng». Bolalarning oddiy masalalarni
е
chish 
haqida fikr yuritishga va u haqida so‘zlab berishga imkoni bo‘ladi
.
To‘rt
-besh yoshli bola masalani amaliy harakat bilan 
е
chadi va u 
haqida nutqi orqali so‘zlab beradi. Masalan: 4 yoshli bola kuch bilan quvurga 
ilinib qolgan bayroqchali tayoqchani tortadi, lekin chiqara olmaydi. Shunda 
bola quvur ichiga yuqoridan qarab tayoqchani ehtiyotkorlik bilan 
aylantiradi va bayroqchani chiqarib oladi. Masala hal etildi. Demak, kichik 
guruh bolalari masalani amaliy harakat orqali 
е
chadilar va bajarilgan ishga 
nutqlari bilan yakun yasaydilar.
5-
6 yoshli bolalar oldiga qo‘yilgan ma
sala
ni oldindan o‘ylab, uning 
rejasini tuzib oladilar. Bu ichki, ovozsiz nutq orqali amalga oshiriladi. 
Masalani og‘zaki
еchadilar: Masalan: «Daraxtga 7 ta qushcha qo‘nib turibdi. 
Ulardan ikki tasi uchib ketdi, daraxtda nechta qushcha qoldi?» Demak, bola 
tafakkurini o‘stirishda turli xil ta’limiy mashg‘ulotlarning roli katta. 
Mashg‘ulotlar bola aqlini o‘stirishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Bolaning 
tafakkurini o‘stirish birinchi navbatda tushunchalar hosil qilishdan 
boshlanadi. 
Mashg‘ulotlar yordamida
elementar matematik tasavvurlarni o‘stirish 
bolalarda taqqoslash qobiliyatini o‘stiradi: ularni xulosalar chiqarishga va 
sodda masalalarni 
еchishga o‘rgatib bora
di. Kubiklar, doirachalar, 


218 
kvadratlar va poloskalar yordamida bolalarni narsalarni taqqoslashga, 
o‘xshatish va farq tomonlarini ajrata olishga, ayrim narsalardan guruh 
tuzish va guruh orasidan bittasini ajratib olishga, narsalarni bir necha teng 
qismga, ya’ni 2 ga va 4 ga bo‘lishga o‘rgatish va ularni taqqoslashga o‘rgatib 
borish zarur. 
Tayyorlov 
guruhlariga borganda o‘n ichida tartib bilan sanashga va 
og‘zaki masalalar
еchishga o‘rgatish bilan bola tafakkurini o‘stirish mumkin. 
Bolalarning ekskursiya va sayllar paytida kuzatuvchanligi ortadi, ular turli 
narsalarni taqqoslashga, analiz-sintez qil
ishga o‘rganadi. Masalan: boqqa 
ekskursiyaga chiqqan bolalar bog‘ning bir chekkasida
е
r kovlayotgan 
toshbaqaning 
oyoqlarini 
belkurakka 
o‘xshatsa, 
ikkinchi 
bola 
ekskavatorning kovushiga o‘xshatadi. Bunday taqqoslovchi mulohazalar 
bolalar tafakkurini o‘stirishda aktiv ta’sir etadi.
Bolalar juda qiziquvchan bo‘ladilar. Ular hodisalarning sababini 
bilishga, hamma narsaning siridan xabardor bo‘lishga intiladi. Bu ularning 
bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqishlaridir. K.D. Ushinskiy 
aytganidek: «Qiziqish
bu to‘la fikrlashdir». Bolalar tafakkurini o‘stirishda 
ana shu qiziqishlardan ham foydalanish lozim, chunki qiziqish bolaning 
bilimlarini chuqurlashtiradi. Demak, maktabgacha davrda yosh bolaning 
tafakkuri tez suratlar bilan o‘sib borar ekan, uni yanada t
araqqiy ettirish va 
rivojlantirish hozirgi kunda bolalar muassasalari oldida turgan eng muhim 
vazifalardan biridir.
40

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin