238
odamlarga xos hissiyotlarning bir butun funktsional tizimini hosil qiladi. Bu
tizim sube'ktga o'z xatti-harakatlarining oqibatlarini nafaqat oldindan
ko'ra bilish, balki ayni vaqtda his eta olish va shu tariqa faoliyatning
murakkab shakllarini adekvat emotsional boshqarish imkonini beradi.
P.M. Yakobson ko'rsatib o'tganidek, maktabgacha yosh davrida
hissiyotning bola harakatlarini motivi sifatidagi roli o'zgarib boradi. 3
yoshgacha bolaning harakatlari nima yoqimsiz-u, nima yoqimli ekanini
anglashga asoslanadi.
3-4 yoshda boladagi jahl, qo'rquv, qayg'urish darhol uni harakatga
undaydi. U boshqa bola bilan urishadi, o'yinchoqni tortib oladi yoki
kimgadir rahmi kelayotganini ko'rsatadi. 4-5 yoshli bola o'z Harakatlarida
hissiyotlarini bevosita namoyon etishdan o'zini tuta olishi yoki oliy
hissiyotlariga asoslanib harakat qilishi mumkin. Emotsiya va hissiyotlar
boshqaruv funktsiyasini bajarib, bolaning xulq-atvorini qayta qurishga
yordam beradi.
Emotsional kechinmalar, xatti-harakatlarni qo'llab-quvvatlaydi,
yo'naltiradi yoki tormozlaydi. Bolaning xulq-atvorini o'zgartirishga
qaratilgan kattalarning ta'sirlari va talablari bola tomonidan emotsinal
qabul qilinsa, bola harakatlarining undovchisi bo'lib xizmat qiladi va
emotsional javobni uyg'otadi. Bolada oliy (ahloqiy hissiyotlar, bilish
xissiyotlari) shakllanishi uchun unda yaxshilik va yomonlik go'zallik va
xunuklik haqida tushuncha hamda bilish ehtiyoji shakllangan bo'lishi
lozim. Hissiyotlar asta-sekin shakllanib boradi. Dastlab bolalar
hodisalarning to'g'ridan-to'g'ri ma'nosini, keyinchalik ularning umumiy
ma'nosini tushunadilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oliy hissiyotlarning qo'shilib
ketganligi xos. Bolalar estetik kechinmalarni chaqiruvchi ob'ekt va
hodisalarni ham, estetik kechinmalarni uyg'otuvchi ob'ekt va vositalarni
ham, intellektual kechinmalarni yuzaga keltiruvchi ob'ekt va hodisalarni
ham "yaxshi" degan umumiy baho bilan baholaydilar. Boshqacha aytganda,
bu davrda bola uchun yaxshi narsa - bu chiroyli, bu mehribon, bu qiziqarli
narsadir. Aynan bir ob'ekt o'zida estetik, axloqiy hissiyotlarni jamlagan
kechinmalarni uyg'otadi.
Keyinchalik maxsus axloqiy va estetik mezonlar asosida analiz qilish
va baholash ko'nikmasi shakllangach, sinkretik (qo'shilib, birlashib ketgan)
hissiyotlar estetik, axloqiy intellektual hissiyotlarga differentsiallashadi
(ajraladi).
Dostları ilə paylaş: