240
Oiladagi noto'g'ri munosabatlar ba'zida bir tomonlama affektiv
bog'liqlikni (ko'pincha onaga bo'lgan bog'liqlikni) yuzaga keltiradi. Bunda
bolaning tengdoshlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji susayadi, bolaning
xulq-atvori haddan tashqari kattalarga bog'liq bo'lib qoladi, bola, hatto,
kuchli salbiy kechinmalar (masalan, o'zi bog'lanib qolgan odamga nisbatan
rashk)ni his qilishi mumkin. M.M.Kolsova va V.S.Muxinaning tadqiqotlarida
ko'rsatilishicha, bolada ota-onaga nisbatan rashkning namoyon bo'lishi
oilada yangi farzand tug'ilishi bilan bog'liq bo'ladi.Emotsiyalar va
hissiyotlar maktabgacha yosh davrida etakchi bo'lgan faoliyat turi o'yinda
juda intensiv rivojlanadi. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
nafaqat etakchi, balki xilma-xil kechinmalarga boy faoliyat turidir .
Emotsiyalar va hissiyotlar bola faoliyati kechadigan ijtimoiy-
psixologik vaziyat bilan bog'liq. Emotsiogen vaziyatlar, ya'ni kuchli
kechinmalarni uyg'otuvchi vaziyatlar yangiligi, g'ayrioddiyligi bilan ajralib
turadi. Bola kattalarga nisbatan ancha ko'p emotsiyalarni boshdan
kechiradi. Buning sababi shundaki, bolaning hayoti tajribasi hali kam
bo'lganligi uchun ko'p narsa unga g'aroyib va yangi bo'lib ko'rinadi.
Vaziyatga ko'ra bolaning hissiyot va emotsiyalari ham ijobiy
(muhabbat, xursandchilik), ham salbiy (jahl, nafrat) bo'lishi mumkin. Agar
bola ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatiga ega bo'lsa ijobiy kechinmalar
(stenik kechinmalar) hosil bo'ladi. Bordi-yu, vujudga kelgan vaziyatda bola
o'z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo'lmasa, salbiy (astenik)
emotsional kechinmalar paydo bo'ladi.
Umuman olganda, bolalar hayotiy vaziyatlarga optimistik
munosabatda bo'ladilar, ularga tetik, hayotdan mamnunlik kayfiyati xos.
Emotsiya va hissiyotlarning ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlarini,
shuningdek, shartlari va yosh xususiyatlarini hisobga olish bolalarda
maktabga psixologik tayyorgarlikni shakllantirish imkonini beradi.
Maktabga psixologik tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri
emotsional tayyorgarlikdir. Bu tayyorgarlik nafaqat maktabda ta'lim
boshlashni xursandchilik bilan kutib olish, balki shu bilan birga oliy
hissiyotlarning ancha rivojlangan bo'lishi, bola shaxsining emotsional
xususiyatlari shakllangan bo'lishini taqozo qiladi.
41
Dostları ilə paylaş: