Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 


243 
 
 
XV-BOB
.
 BOLADA IRODAVIY SOHANING RIVOJLANISHI
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1. Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar
ning o‘rni
 
2. Bola shaxsida irodaviy harakatlarning rivojlanishida
nutq
ning o‘rni
 
4.
 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda malaka va 
odatlarning rivojlanishi 
 
15.1. Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar
ning o‘rni
 
Maktabgacha yosh davri o‘z xulq
-atvorini, ichki va tashqi harakatlarini 
ongli tarzda boshqarish qobiliyati sifatida irodaning tarkib topish davridir. 
Ta’lim
-tarbiya jarayonida kattalar va 
tengdoshlari ta’siri ostida bolada o‘z 
xatti-
harakatlarini boshqarish, maqsadga erishish ko‘nikmalari shakllanadi. 
Bunda bola yuzaga kelgan qiyinchiliklarni 
еngib o‘tishga harakat qiladi. Bola 
o‘z holatini, masalan, mashg‘ulotlarda tarbiyachi talab etgani
dek tinch 
o‘tirish, qimirlayvermaslik kabi harakat
larni nazorat qilish malakalarini 
egallaydi. 
Bog‘cha yoshidagi bola o‘z idroki, xotirasi, tafakkurini boshqara 
boshlaydi. Agar 3 yoshli bolaga muzda sirpanchiq uchayotgan bolalar 
tasvirlangan rasmni ko‘rsatib, ulardan qaysi biri qo‘lqopini yo‘qotganligi 
so‘ralsa (bolalardan biri qo‘lqopsiz va qo‘lqop qor ustida yotgani 
tasvirlangan) bola bunga javob bermaydi. Masalani hal qilish uchun barcha 
rasmdagi figuralarni ketma-
ket ko‘zdan kechirish lozim. Bolaning n
igohi esa 
tartibsiz tarzda biridan ikkinchisiga sakrab ketadi, keyinchalik bola kattalar 
yordamida ixtiyoriy idrok qilishga o‘rganadi va shunga o‘xshash masalalarni 
muvaffaqiyatli 
е
cha boshlaydi. Esda olib qolish va qayta esga tushirish 
boshqariladigan ja
rayonga aylana boradi. To‘rt yoshga
еtganda bola o‘z 
oldiga kattalar topshirig‘ini yoki yoqimli she’rni esda olib qo
lish maqsadini 
qo‘ya oladi. To‘rt yoshli bolalarda aqliy faoliyatni boshqarish qobiliyati 
kuzatiladi. Masalan, boshqotirmani hal qilishda ular qismlarni bir butun, 
yaxlit qilib birlashtirishda sabr bilan turli xil variantlarni qo‘llab ko‘radilar, 
bunda ular bir variantdan izchil tarzda ikkinchisiga o‘ta oladilar.
Bu yoshda xulq-atvorni ongli ravishda boshqarish shakllana boshlaydi. 
Irodaviy harakatlar yuzaga kelishi bilan bir qatorda ixtiyorsiz, impulsiv 
harakatlar ham saqlanib qoladi. Irodaviy harakatlar genezisiga murojaat 
qiladigan bo‘lsak, maktabgacha davr mobaynida irodaviy harakatlar ham 
ularning umuman xulq-
atvoridagi vazni ham o‘zgarib
boradi. Kichik bog‘cha 


244 
yo shida bolaning xulq-atvori deyarli butunlay impulsiv xatti-harakatlardan 
tashkil topsa, 4-5 yoshli bolalarda iroda namoyon qilish kuchayadi, biroq 
xulq-
atvorda ular katta o‘rin egallamaydi. Faqat katta bog‘cha yoshida bola 
nisbat
an irodaviy zo‘riqishlarga qobil bo‘la boshlaydi. Shunday qilib, 
irodaviy harakatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi Xarakter
li bo‘lib, xulq
-
atvorda ularni qo‘llash sohasi hamda egallagan o‘rni chegaralangan.
Bola irodasining rivojlanishi maktabgacha yosh davrida yuz beradigan 
xulq-
atvor motivlarining o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langan. Bola uchun eng 
muhim bo‘lgan motivlar guruhining birinchi o‘rinda turishi shunga olib 
keladiki, bola qo‘yilgan maqsadga ongli tarzda erisha boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi 
bolalar irodaviy harakatlarining rivojida o‘zaro 
bog‘liq 3 ta tomonni ajratib ko‘rsatish mum
kin. Bular: 
Maktabgacha yosh davrida harakatlar maqsadga yo‘nalganligining 
tarkib topishida vazifani bajarish jarayonidagi muvaffaqiyat va 
muvaffaqiyatsizlik katta ahamiyat kasb etadi. Ular qiyinchiliklarni 
е
ngib 
o‘tish va maqsadni ushlab turish davomiyligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Maqsadga erishishdagi omadsizlik bolani unchalik tashvishlantirmaydi. 4-5 
yoshli bolalarda esa omadsizlik ularni quyushqondan chiqaradi; faoliyat 
muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lsa bolalar ishni oxirigacha
еtkazishga intiladilar. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar ham o‘zlarini shunday 
tutadilar. Hatto ularning ba’zilari ishga boshqacha munosabatda bo‘
la 
boshlaydilar, ni
ma bo‘lsa ham qiyinchiliklarni
еngib o‘tishga harakat 
qiladilar, o‘z kuchlarini yana bir bor sinab ko‘rishlari uchun imkon 
so‘raydilar,
е
ngilishdan bosh tortadilar. 
Bog‘cha yoshi davrida tarbiyachi ta’siri ostida bola o‘z harakatlarini 
maqsaddan ancha yiroq motivlarga, xususan ijtimoiy Xarakterdagi 
motivlarga (onasiga sovg‘a qilish) bo‘ysundirishga o‘rgana boshlaydi. Bola 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin