Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
16.4. 
Bog’cha yoshidagi bolalar temperamenti va uning o’ziga xos 
xususiyatlari 
Odamlar qadim zamonlardan boshlab bir-birlaridan o`zlarining 
temperamentlari bilan ham, ya`ni hissiyot va turli harakatlarning qanchalik 


255 
tez qo`zg`alishi, qanchalik uzoq davom etishi bilan ham farqlanib kelganlar. 
Odamlar o`rtasidagi ana shu farqni birinchi marta batavsil o`rganib, ma`lum 
bir ta`limot sifatiga solib bergan kishi qadimgi yunon vrachi Gippokrat 
bo`lgan. 
Gippokrat ta`limotiga ko`ra, barcha odamlarni 4 xil temperament 
turiga bo`lish mumkin: xolerik, sangivinik, melanxolik va felegmatik. Bu 
е
rda temperamentning o`zi nima degan savoil tug`iladi.
Temperament lotincha 

temperametum

so`zidan olingan bo`lib, 
lug`aviy ma`nosi mustaxkam ruxiy hususiyatlari yig`indisi degan ma`noni 
bildiradi. Demak, temperament deganda odamlarni bir-biridan ajratib 
turuvchi tabiiy tug`ma individual hususiyatlarini tushunamiz. 
Gippokrat 4 xil temperament turiga kiruvchi odamlarning ko`zga 
tashlanib turuvchi hususiyatlarini quyidagicha tushuntirib bergan. Xolerik 
temperamentiga ega bo`lgan odamning xissiyotlari tez qo`zg`aladigan, uzoq 
muddatgacha davom etadigan, tez va keskin harakatli bo`ladi. Bundan 
tashqari, xolerik temperamentidagi odam juda ko`p ishlaydigan g`ayrati 
zo`r, juda ko`p narsalarga qiziqadigan, tinib-tinchimaydigan odam bo`ladi. 
Sangivinik temperamentiga ega bo`lgan odamning ham hissiyotlari tez 
qo`zg`aladigan, lekin tez almashinib turadigan, serharakat bo`ladi. 
Sangivinik jo`shqin, serharakat, har narsadan tez tasirlanuvchi, har bir 
ishga tez va g`ayrat bilan kirishuvchan bo`ladilar, lekin ishdan tez 
zerikuvchan bo`ladilar. Bir qancha ishni bo`yinlariga oladilar, lekin tez 
oxirigacha 
е
tkazmaydilaz tez qaytadilar.
Melanxolik temperamentdagi odam xissiyotlarining juda sekin 
qo`zg`alishi, lekin kuchli bo`lishi va uzoq davom etishi hamda sustkashligi 
bilan farq qiladi. Flegmatik tempramentdagi odam hissiyotlarining sekin va 
bilinar-bilinmas qo`zg`alishi nihoyatda kam harakatchanligi bilan 
xarakterlanadi. Flegmatik temperamentdagi odamda hissiyot sekin, 
kuchsiz sust qo`zxg`aladi bu xil odamlar nixoyat og`ir, bosiq salmoqli 
bo`ladi, boshlagan ishini davom ettiradilar.
Gippkratning ana shu 4 xil temperament turiga bergan 
xarakteristikasi va har bir temperamentning nomlari hozirgi kunda ham 
saqlanib qolgan. Lekin odamlarning u yoki bu temperament turiga 
kirishlari Gippokratning fikricha, odamlarning organizmidagi suyuqliklar 
miqdorining (qon, safro, qora safro, shilimshiq modda) nisbatiga, ya`ni 
bulardan qaysi biri ustun chiqishiga bog`liqdir. 
Temperamentning moxiyatini birinchi marta ilmiy asosda I. P. Pavlov 
tushuntirib bergan. I.P. Pavlovning ta`limotiga ko`ra temperament oily nerv 
faoliyatining uch xil hususiyati bilan bog`liqdir. Ulardan birinchisi-nerv 
sistemasining kuchi bo`yicha, ikkinchisi-qozg`alish va to`rmozlanish 
jarayonlarining muvozanatlashgan yoki muvozanatlashmagani (ya`ni 


256 
birinchining ikkinchisidan ustunligi yoki zayifligi) bilan, va nixoyat, 
uchunchisi-qo`zg`alish qo`zg`alish va to`rmozlanish jarayonlarining 
qanchalik tez hosil bo`lishi (harakatchanligi) bilan bog`liqdir. 
I.P. Pavlovning talimotiga ko`ra temperament turlarini quyadigicha 
xarakterlash mumkin. 
Xolerik temperamentidagi odam kuchli, muvozanatlashmagan 
(tormozlanishga qaraganda qo`zg`alish ustunlik qiladi) va harakatchan 
bo`ladi. 
Sangivinik temperamentdagi odam kuchli, muvozanatlashgan (ya`ni 
qo`zg`alish va to`rmozlanish jarayonlari bir-biriga mos) va harakatchan 
bo`ladi.
Flegmatik temperamentdagi odam kuchli, muvozanatlashgan, lekin 
nihoyatda harakatsiz bo`ladi. 
Melanxolik ham o`ziga hos hususiyatlarga ega bo`ladi. Shu narsani 
takidlab o`tish kerakki, ana shu temperament turlari sof xolda, ya`ni sof 
xolerik, sof flegmatik tarzida deyarli uchramaydi. Ko`pchilik odamlar 
aralashgan temperament turiga ega boladilar. Odamlarni qaysi xildagi 
temperamentning hususiyatlari ortiqroq namoyon bo`lsa, shunga qarab u 
yoki bu temperament turiga ega bo`lamiz. Masalan, juda tinib-tinchimagan, 
serharakat, serg`ayrat, xamma narsalar bilan qiziqadigan bo`lsa, xolerik 
temperamentidagi; juda beparvo, beg`am, kam harakat, sustkash bo`lsa 
flegmatik temperamentidagiodam deymiz.
Ana shu 4 xil temperament turning birini yaxshi, birini yomon deb 
bo`lmaydi. Har bir temperamentning o`z ijobiy va salbiy tomonlari bo`ladi. 
Masalan, xolerik temperamentidagi odamning salbiy tomonlari shundan 
iboratki, unda tormazlanish jarayoni sust bo`ladi, ayrim nojo`ya yoki unga 
taaluqli bo`lmagan harakatlardan o`zini tiyib tura olmaydi. Flegmatik 
tempramentidagi odam juda sustkash, beparvo bo`ladi. Xolerik 
tempramentidagi odamning ijobiy xislatlari uning kuchliligida, serHarakat, 
g`ayratli, qat`iyligida namoyon bo`ladi. Flegmatik temperamentidagi 
odamning ijobiy fazilatlari uning kuchliligida (albatta nerv sistemasi 
kuchliligida), vazminligida namoyon bo`ladi. 
Odamning temperament hususiyatlari oliy nerv faoliyatining tiplari 
bilan bog`liq bo`lgani uchun odamga tug`ma ravishda, ya`ni nasliy yo`l bilan 
beriladi. Lekin bundan temperament hususiyatlari o`zgarmas narsa bo`ladi 
degan ma`no kelib chiqmaydi. Odamning u yoki bu temperament 
hususiyatlari yosh ulag`ayishi, yashash sharoitining va ta`lim-tarbiyaning 
tasiri natijasida o`zgarishi mumkin.
Bolalarning ijobiy temperament hususiyatlarini yoshlikdan boshlab 
tarbiyalab borishi kerak. Buning uchun albatta dastavval u yoki bu bolaning 
qaysi temperament turiga taaluqli ekanini to`g`ri aniqlash lozim bo`ladi. 


257 
Bolalarning temperament hususiyatlari ularning hatti- harakatlarida 
nomoyon bo`ladi.
Bog`cha yoshidagi bolalarning tempramentlariga oid hususiyatlari 
ularning o`yin faoliyatlarida nomoyn bo`ladi. Xolerik tempramentdagi 
bolalar harakatli o`yinlarni yoqtirsalar, flegmatik temperamentdagi bolalar 
bir joyda o`tirib, o`yinchoqlar bilan o`ynashni yoqtiradilar. 
Ayrim hollarda bog`cha yoshidagi bolalarning qaysi bir temperament 
turiga kirishlarini aniqlash qiyin bo`lib qolsa, maxsus o`yinlar tashkil qilish 
orqali ularning temperament hususiyatlari aniqlanadi. Masalan, shunday 
o`yin tashkil qilish mumkin: guruh honasining har ikki tommoniga bittadan 
stol qo`yib, stollardan birining ustiga 20 tacha kichik kubikchalar va bitta 
belkurakcha qoyiladi, bolalarga belkurakchaning ustiga ana shu 
kubiklardan taxlab (ustma-ust qo`yib) bir stoldan ikkinchi stolga to`kmay 
olib borish o`yini o`ynatiladi. Ana shu o`yinni amalgam oshirishda har bir 
bolaning temperament hususiyatlari yaqqol namoyon bo`ladi. Chunonchi, 
xolerik temperamentiga mansub bola bu ishni hammadan oldin bajaraman 
deb shoshib qolib, belkurakchadagi taxlangan kubiklarni sochib yuboradi, 
ana shu tariqa urinib yotaveradi.
Melanxolik 
tempramentiga 
mansub 
bola 
esa, 
birinchi 
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi bilan 

men buni qila olmayman

deb guruh 
xonasidan chiqib ketadi. Flegmatik temperamentiga mansub bola esa, hech 
bir shoshmasdan, xovliqmay sekin-astalik bilan bajara boshlaydi. 
Bog`cha yoshdagi bolalarning temprerament hususiyatlari 
aniqlangandan so`ng ulargas nisbatan individual munosabatda bo`lib, 
ayrim salbiy tomonlarini yo`qotishiga va ijobiy tomonlarini 
mustaxkamlashga harakat qilish lozim. Chunki temperament hususiyatlari 
bolalarda Xarakter hislatlarining tarkib topishida juda katta axamiyatga 
egadir.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin