Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
16.3. 
Bog’cha yoshidagi bolalarda qobiliyat va iste’dodlarning 
shakllanishi 
Odatda har bir odam o`zining shaxsiy hislatlariga ko`ra faqat 
ehtiyojlari va qiziqishlari jixatdan bir-biridan farq qilmay, balki 
qobiliyatlari va iste`dodi jixatdan ham farq qiladi. Shuning uchun inson 
shaxsiy hususiyatlari ustida gap borganda, qobiliyatva iste`dod haqida ko`p 


253 
gapiriladi. Masalan, falonchi juda qobilyatli odam, falonchining iste`dodi 
juda zo`r, kabi. 
Qobilyatning o`zi nima, uni qanday tushunish kerak? Odamning 
ma`lumbir mexnat turiga nisbatan layoqatiga qobilyat deb ataladi. 
Ma`lumki, odamlar mehnatda, o`qishda bir-birlaridan anchagina farq 
qiladilar. Masalan, bir sohada ishlovchi odamlarning mehnat natijalari bir 
xil bo`lmaydi, yoki hamma studentlar imtixonlardan bir xilda o`tmaydilar. 
Ayrim odamlar o`zlarida mehnatning ayni shu turiga layoqat bo`lganligi 
tufayli tez va sifatli bajaradilar. Boshqa bir odamlar esa o`zlarida layoqat 
yo`qligi tufayli ayrim mexnat turlarini bajaara olmaydilar.
Odamning qobilyatlarida nomoyon bo`ladigan tug`ma hususiyatla-
riga, ya`ni tug`ma layoqatlariga iste`dod deb ataladi. Iste`dod odamning ilk 
yoshlik davridan boshlab ko`rina boshlaydi. Masalan, musiqaga nisbatan 
istedodli odam, matematikaga nisbatan istedodliodam, rassomlikka 
nisbatan istedodli odam, poeziyaga nisbatan istedodli odam va boshqalar. 
Iste`dodning yuksak taraqqiyotiga talant deyiladi. Talantli odam 
boshqalarga nisbatan juda maxsuldor ishlay oladigan, o`zining shu soxaga 
doir juda ham mohirligi bilan kishini hayratda qoldiradigan bo`ladi. Ayrim 
kishilar fikriga ko`ra, qobiliyat, iste`dod va talent o`z tabiati jihatidan 
odamga tug`ma ravishda berilgan shaxsiy xususiyatlar hisoblanarmish, 
tug`ilishdanoq qobiliyatli, iste`dodli va ta`lantli bolalar bo`larmish. Bunday 
fikrlarga qo`shilib bo`lmaydi, albatta. 
Qobiliyat, iste`dod va talant odamga batomam tug`ma ravishda, ya`ni 
tug`ilishdanoq tayyor holda beriladigan hususiyatlar emas. Qobiliyat, 
iste`dod va talant odamga yoshlikdan boshlab beriladigan ta`lim-tarbiya va 
odamning yashash sharoiti bilan bog`liq bo`lgan fazilatlardir. Qobiliyat va 
iste`dodning ayrim tomonlari (ayrim kurtaklarigina) odamga imkoniyat 
tariqasida tug`ma ravishda berilishi mumkin. Musiqa eshitish layoqati, 
matematika bo`yicha tez hisoblash layoqati va h.klar kabi hususiyatlar juda 
yoshlik davrdan boshlab ko`rinishi mumkin. Biroq, ana shu tug`ma 
ravishda berilgan layoqatlarga qulay sharoit yaratib berilsagina ular 
ro`yobga chiqishi mumkin. Aks xolda bunday layoqatlar sekin-sekin 
xiralashib, so`nib ketadi. 
Ana shu nuqtai nazardan olganda qobilyat ham iste`dod ham va talant 
ham mehnatning natijasidir. Biror sohaga doir, masalan, musiqa yoki 
rassomlik sohasi bo`yicha layoqatli odam o`z ustida qunt bilan ishlashish 
orqali layoqatini, ya`ni iste`dodini ta`lant darajasiga ko`tarishi mumkin. 
Demak, ta’lant sistemali ravishda bajarishda bajariladigan fidokorona 
mexnat samarasidir. Bunga ta’lantli shoir, ta’lantli kampazitor, ta’lantli 
matematik va ta’lantli rassomlarning xayotlaridan, o’z ustilarida qanchalik 
ayovsiz ishlaganliklaridan ko`plab misol keltirish mumkin. Masalan, Abu Ali 


254 
ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Al- Xoirazmiy, Ulug`bek, Navoiy kabi buyuk 
mutafakkir egalari g`oyat iste`dodli, ta`lantli kishilar bo`lishlari bilan birga 
o`zlarining ustilarida kecha-kunduz tinmasdan ishlaydigan mexnatsevar 
odamlar bo`lganlar. 
Psixologlarning fikricha, ta`lant mexnatga bo`lgan muxabbatdan 
yuzaga keladi. Bu juda to`g`ri fikr, chunki odam mexnatni sevsa, 
charchamasdan juda ko`p ishlaydi. Natijada odam ma`lum soha bo`yicha 
maxoratini oshirib o`zining layoqatlarini tala`nt darajasiga 
е
tkazadi. 
Qobiliyat va iste`dodini bolalarda yoshlikdan, ya`ni bog`cha yoshidagi 
davrdan boshlab rivojlantirish lozim. Buning uchun dastavval diqqat bilan 
razm solib, bolalarda qaysi soxaga layoqat borligini aniqlashga harakat 
qilish kerak. Bundan so`ng bolalarga qiziqarli mashg`ulotlar tashkil qilish 
orqali ularning layoqatlarini (rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa va x.klar 
boyicha) rivojlantirish lozim. 
Bolalarning qobilyat va iste`dodlarini yoshlikdan boshlab 
rivojlantirish juda katta axamiyatga ega bo`lgan ishdir. Bola qaysi soxaga 
doir qobilyatli bo`lsa, shu soxaga doir bilim va malakalarini tez hamda 
puxta o`zlashtiradi. Qobilyat o`z tabiati jixatidan qiziqish bilan yaqin 
narsadir. Shuning uchun bolalar qobilyatini rivojlantirishda ularning 
qiziqishlaridan foydalanish kerak. Bola qiziqqan narsasi bilan uzoq vaqt 
davomida xech zerikmay shug`ullanaveradi. Masalan, rasm solishga, 
musiqaga, raqs tushishga qiziqqan bolalar bu mashg`ulatlar bilan juda uzoq 
vaqt davomida shug`ullanishlari mumkin. Bolalarning qiziqishlarini 
tarbiyalab, qobiliyat, ta`lant darajasiga ko`tarish lozim. Buning uchun 
tarbiyachi bolaning nimaga qiziqishini aniq belgilashi va shu qiziqqan 
narsasi ustida sistemali tarzda mashq qilishlari kerak.
Bolalarda qobiliyat va iste`dodini yoshlikdan boshlab tarbiyalash 
hususan xozirgi kunda, ya`ni mustaqil Respublikamizda yangi jamiyat 
qurish ishi keng avj oldirilib yuborilgan paytda juda katta axamiyatga 
egadir. Bu yangi jamiyatda yashaydigan yangi tipda odamlar har 
tomonlama taraqqiy qilgan bo`lishlari kerak. Mana shunday porloq 
jamiyatda yashaydigan, mexnaat qiladigan har tomonlama qobilyatli 
kishilarni hozirdan boshlab tarbiyalash lozim. Ana shu sababli bolalar 
qobilyatini tarbiyalash, o`stirish kechiktirib bo`lmaydigan ish ekanini 
tarbiyalovchilar, ota-onalar ham bilishlari kerak. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin