Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 
 


250 
 
 
XVI-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA 
INDIVIDUAL XUSUSIYATLARNING RIVOJLANISHI 
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1
.Shaxs va uning psixologik xususiyatlari haqida umumiy tushuncha 
2. 
Bog’cha yoshidagi bolalarda ehtiyoj va qiziqishlarning tarkib 
topishi 
3.
Bog’cha yoshidagi bolalarda qobiliyat va iste’dodlarning 
shakllanishi 
4.
Bog’cha yoshidagi bolalar temperamenti va uning o’ziga xos 
xususiyatlari 
5. Xarakter va uning bolalarda tarkib topishi 
 
16.1. Shaxs va uning psixologik xususiyatlari haqida umumiy 
tushuncha 
Biz yuqorida o`tganimizdek, psixologiya fani faqat ruxiy jarayonlar, 
ularning yuzaga kelishi va taraqqiyot qonunlari bilangina shug`ullanmay, 
balki odamning shaxsi hamda shaxsiy xislatlarining yuzaga kelishi va kamol 
topishi bilan ham shug`ullanadi. 
Shaxs deganda nimani tushunamiz. Shaxs deganda konkret bir 
insonni, yani ma`lum jamiyat a`zosini, shu jamiyatda yashab, shu jamiyatda 
ishlaydiga hamda shu jamiyat a`zolari bilan ma`lum munosabatda 
bo`1adigan konkret odamni tushunamiz. 
Har bir shaxsning boshqa shaxsdan ajratib turadigan o`ziga xos 
xislatlari bo`ladi. Odamning shaxsiy xislatlari xech vaqt tug`ma ravishda, 
ya`ni tayyor xolda berilmaydi. Har bir odamning o`ziga xos bo`lgan va 
boshqa odamlarda takrorlanmaydigan shaxsiy xislatlari, yashash sharoiti, 
ya`ni ijtimoiy muhit va ta`lim- tarbiyaning faol ta`siri ostida tarkib topadi. 
Odamning shaxsiy xislatlari deganda biz har turli extiyojlarini, 
qiziqish va ideallarini, qobilyat xamda iste`dodini Xarakter va 
temperamentlarini tushunamiz. Odamning shaxsiy xislatlari mexnat 
faoliyatlarida, boshqa odamlar bilan bo`lgan munosabatlarida nomoyon 
bo`ladi. Lekin odamning ayni shu kundagi ishga munosabati, boshqalarga 
muomilasiga qarab (masalan, shu bugun juda yaxshi ishlagan va odamlar 
bilan yaxshi muomilada bo`lgan bo`lsa) uning shaxsiy xislatlari xaqida 
hulosa chiqarib bo`lmaydi. 


251 
Ana shu yuqorida ko`rsatib o`tilgan xislatlar epizodik tarzda emas, 
balki odamning kundalik faoliyatlarida va Har qanday sharoitda doimo 
namoyon bo`ladigan shaxsiy xislatlariga aylanadi.
Shu narsani ham aytib o`tish kerakki, odamning shaxsiy hislatlari 
qanchalik mustaxkam bo`lsa ham o`zgarmaydigan bo`lmaydi. Odamning 
barcha shaxsiy hususiyatlari tashqi yashash sharoiti va ta`lim- tarbiyaning 
ta`siri bilan o`zgarib boradi. Masalan, odamning yoshi ulg`ayishi bilan 
dunyoqarashida, ishonch-etiqodlarida, qiziqish va extiyojlarida jiddiy 
o`zgarishlar yuzaga keladi. Buning asosiy sababi- odam katta bo`lgan sari 
yashash tarzi, imkonyatlari tubdan o`zgarib ketadi. Bu o`zgarish o`z 
navbatida odamning shaxsiy xislatlarini ham bir qadar o`zgarishga olib 
keladi. 
Bolalarning shaxsiy xislatlari ilk yoshlik davridan boshlaboq tarkib 
topa boshlaydi. Bunda bolalarga beriladigan ta`lim-tarbiyaning ro`li g`oyat 
kattadir. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin