Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda malaka va



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
15.3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda malaka va 
odatlarning rivojlanishi
Dastavval ilk yoshdagi bolalarda (chaqaloqlarda) malaka ham, odat 
ham bo'lmaydi. Malaka va odatlar odamning individual hayoti davomida, 
turmush tajribasining ortishi bilan tarkib topib boradi. Bolada 5-6 oylik 
bo'lganda o'tirish, yoshiga to'lgach yurish malakasi, uch yoshga 
yaqinlashgach esa mustaqil kiyinish, echinish, ovqatlanish malakalari hosil 
bo'lib boradi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda juda sodda bo'lsa ham 
ayrim mehnat malakalari, ya'ni guruhni ozoda va tartib bilan yig'ishtirish, 
gullarni parvarish qilish, idish-tovoqlarni yuvish va artish malakalari tarkib 
topa boshlaydi. Bog'cha yoshida bolalarda gigienik madaniyat odatlari, 
ya'ni yuz-qo'llarni yuvish, ozoda kiyinish hamda ijobiy, axloqiy odatlar 
tarkib topa boshlaydi. Bunda kattalarning ularga o'rnak ko'rsatishlari juda 
katta ahamiyatga egadir. 
42
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti, 
2017 yil.- 378-381 betlar 


247 
Katta yoshdagi maktabgacha ta’
lim tashkilotida o'tkaziladigan 
sistemali mashg'ulotlar davomida ayrim ta'lim ishlari, ya'ni o'qish jarayoni 
bilan bog'liq bo'lgan malakalar tarkib topadi. Bola rasm chizish 
mashg'ulotlarida qalamni to'g'ri ushlash malakasini orttiradi, sanoq va ona 
tili mashg'ulotlarida birdan o'ngacha sanash va boshqa malakalarga ega 
bo'la boradi. Ana shunday malakalarni tarkib toptirishda mashqning roli 
kattadir. Ta'limiy mashg'ulotlarda tarbiyachi har bir harakatning qanday 
bajarilishini oldin o'zi ko'rsatishi va undan so'ng bolalardan talab qilishi 
kerak. Mashq qilish orqali bolalarda juda elementar hisoblash, yozish va 
o'qish malakalari hosil qilinadi. 
Umuman, malaka va odatlarning inson hayotidagi roli bag'oyat katta. 
Buni biz maktabga bog'chadan va to'ppa-to'g'ri uydan kelgan bolalarning 
taraqqiyot darajalari o'rtasidagi farqdan yaqqol ko'rishimiz mumkin.
43

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin