Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
15.2.
Bola shaxsida irodaviy harakatlarning rivojlanishida
nutq
ning o‘rni
 
Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining 
rivojlanishida ular 
nutqining tobora o‘sib borishi juda katta ahamiyatga ega. Tarbiyachilar va 
ota-
onalar turli yoshdagi bolalarga og‘zaki suratda turli xil vazifalarni 
topshiradilar. Bolalar ayni chog‘dagi o‘yinlari yoki boshqa qilayotgan 
ishlarini qo‘yib
, kattalarning topshirgan vazifalarini bajarishlari kerak. Ana 
shunday topshiriqlar berish orqali bolalarda ixtiyoriy harakatlarni o‘stirib 
borish mumkin. Lekin og‘zaki topshiriqlarni bog‘cha yoshidagi hamma 
bolalar ham bir xilda bajaravermaydilar. Masala
n, kichik yoshdagi bog‘cha 
bolalari, ya’ni uch yoshli bolalar og‘zaki berilgan topshiriqlarni xotiralarida 
uzoq vaqt saqlab turolmaydilar. Ular topshiriqni tezda unutib qo‘yib, uning 
o‘rniga o‘zlari xohlagan ish bilan shug‘ullanadilar. Bunday holat ularni 
tashvishlantirmaydi ham. Nutq asosan o‘rta va katta guruh yoshida
gi bolalar 
irodasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu yoshda bolalar 


246 
topshiriqlarni ixtiyoriy ravishda bajarishda so‘z orqali tushuntirib berilgan 
usullarga rioya qilishga intiladilar. 
Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojlanishida o‘yin 
juda katta rol o‘ynaydi. O‘yin bolalar irodasini o‘stiruvchi va 
mustahkamlovchi omillardan biridir. Bola
lar o‘zlarining turli
-tuman 
o‘yinlarida o‘z oldilariga ma’lum maqsadlarni qo‘yadilar, ba’zan uchrab 
qolgan to‘sqinliklarni
еngib, ko‘zlagan maqsadlarni amalga oshirishga 
harakat qiladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarini o‘stirish 
va mustahkamlashda rollarga bo‘linib o‘ynaydigan hamda qoidali 
o‘yinlarning ahamiyati g‘oyat kattadir. O‘yin qoidalariga rioya qilishda o‘z 
iroda kuchini ishga solishga to‘g‘ri keladi, chunki bola o‘yin paytida o‘zining 
harakat
larini o‘ynovchilarning maqsadlari bilan moslashtirishi ke
rak. Kichik 
guruh bolalari esa buning uddas
idan chiqa olmaydilar, ya’ni o‘yin 
qoidalariga to‘la rioya qila olmaydilar. Shuning uchun ular qoidali o‘yinlarga 
qatnashganlarida juda sodda rollarni bajaradilar. Masalan, «Poyezd» 
o‘yinida faqat yo‘lovchi (passajir) rolini o‘ynaydilar.
Katta bog‘cha yosh
ida aql bilan qaror chiqarish imkoniyatlari 
kengayadi, qaror qabul qilish ahamiyatli bo‘lgan motiv bi
lan belgilanadi. Bu 
esa o‘z
-
o‘zini boshqarishning rivojlanishi, vaziyat bilan bog‘liq istak, his
-
tuyg‘ular va ularning namoyon bo‘lishini jilovlash malak
alari taraqqiyotiga 
olib keladi va bola irodasini mustahkamlaydi.
42

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin