Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
16.2. 
Bog’cha 
yoshidagi bolalarda ehtiyoj va qiziqishlarning tarkib 
topishi 
Har bir odamning shaxsini xarakterlashda uning extiyoji va 
qiziqishlari juda katta ro`l o`ynaydi. Odam tirik mavjudot sifatida juda ko`p 
narsalarga muhtoj bo`ladi, ya`ni uning har doim juda ko`p extiyojlari 
bo`ladi. 
Ehtiyoj deganda biz odamning biror narsaga muxtojligini, ya`ni biror 
narsaga nisbatan kuchli talabini tushunamiz. Ana shu nuqtai nazardan 
olganda, odamning turli narsalarga nisbatan bo`lgan extiyojlari uni 
harakatga undovchi omil hisoblanadi. Biroq, har qanday muhtojlik ham 
odamni harakatga solaveradi. Masalan, ana shunday holni bolalarda 
o`yinga bo`lgan extiyojida juda yaqqol ko`rish mumkin. 
Odamda paydo bo`ladigan ehtiyojlarning hammasi miyaning faoliyati 
bilan bog`liq bo`ladi. Ehtiyojlar odamning miyasida aks etib, u 
е
rda kuchli 
qo`zg`alish manbaini, ya`ni optimal qo`zg`alish manbaini yuzaga keltiradi. 
Ana shuning uchun odamda paydo bo`ladigan har qanday ehtiyoj 
qondirilishni ta`lab qiladi. Masalan, ovqatga, toza havoga bo`lgan 
ehtiyojlarni qondirmasdan odamning yashashi mutlaqo mumkin emas. 
Tarixiy taraqqiyot jarayonida odamda organik extiyojlardan tashqari 
ma`naviy ehtiyojlar, madaniy ehtiyojlar ham yuzaga kelgan. Masalan, har 
bir odamda boshqa odamlar bilan munosabatda bo`lish, badiiy adabiyot 
o`qish san`at asarlarini tomosha qilish va o`zi ham ijod qilish, musiqa 
eshitish kabi faqat odamlargagina hos bo`lgan ma`naviy, madaniy ehtiyojlar 
bor.


252 
Odam o`zining hayoti davomida ayrim narsalarni juda ko`p martalab 
takrorlay borishi natijasida turli odatlarni kasb etadi. Ana shunday odatlar 
mustahkamlanib, takrorlayverish natijasida bora-bora ehtiyojga aylanib 
qoladi. Masalan, har doim ozoda yurish ehtiyoji, har ishda saranjomlik 
tartiblik ehtiyoji kabilarni ko`rsatish mumkin. 
Odamda turli ehtiyojlardan tashqari, har sohaga oid qiziqishlar ham 
yuzaga kela boshlaydi. Lekin har bir odamning qiziqishlari o`ziga hos, ya`ni 
boshqa odamlarning qiziqishlaridan farq qilishi mumkin. Masalan, juda 
ko`p odamlar fudbo`l o`yiniga qiziqadilar, ayrim odamlarda esa bunday 
qiziqish bo`lmaydi. 
Ana shu nuqtayi nazardan olganda, qiziqish deb odamning biror 
narsaga nisbatan bo`lgan moyilligini tushunamiz. Qiziqish bilan diqqat 
o`rtasida uzviy aloqa bor. Chunki odam nimaga qiziqsa, shu narsaga 
ko`proq diqqatini qaratadi. Shuning uchun qiziqish har doim barqaror 
diqqatni yuzaga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
Odamning shaxsiy hususiyatlarini xarakterlashda ko`rsatib 
o`tiladigan qiziqishlar mustahkam qiziqishlari bo`lib, bundan tashqari 
epizodik, ya`ni tez orada o`tib ketadigan qiziqishlari ham bo`ladi. 
Bog`cha yoshidagi bolalarning turmush tajribalari juda oz bo`lganligi 
tufayli har narsaga nisbatan juda qiziquvchan bo`ladilar. Ularni har bir 
yangi narsa, yangi xodisa o`ziga jalb qila beradi. Lekin ularning qiziqishlari 
hali mustahkam, ya`ni ularning shaxsiy hislatlariga aylanmagan bo`ladi. 
Bolalarning qiziqishlari katta odamlarning qiziqishlaridan shu jixatdan farq 
qiladiki, ularning qiziqishlari juda emotsional bo`ladi, ya`ni ularni 
zavqlantiradi. Ma`lumki, bolalar arzimagan narsadan ham zo`r hayajonga 
tushaveradilar. 
Bolalarda mustaxkam, barqaror qiziqish maktabda fan asoslarini 
o`zlashtirish jarayonida sekin astalik bilan bilina boshlaydi. Bolalarda ijodiy 
hayot uchun zarur bo`lgan mustaxkam qiziqishlarning tarkib topishi uchun 
maxsus ta`lim- tarbiyaviy ish olib borilishi lozim. Masalan, bolalarga rasm 
solishga, musiqaga konstruktorlikka, o`simliklarni parvarish qilishga 
qaratilgan qiziqishlar turli mashg`ulotlar paytida tarkib topa boshlaydi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin