Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Xarakter va uning bolalarda tarkib topishi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
16.5. Xarakter va uning bolalarda tarkib topishi 
Inson shaxsiy hususiyatlardan biri xarakterva uning xislatlaridir. 
Odamlar bir-biridan Xarakter xislatlari jixatidan keskin farq qiladilar. 
Xarakter deb, har bir shaxsning yashash sharoiti va talim-tarbiyaning 
tasiri ostida tarkib topgan hamda uning tevarak-atrofdagi narsalarga,
boshqa odamlarga va o`ziga bo`lgan munosabatlarida nomoyon bo`ladigan 
individual xususiyatlariga aytiladi. 
Odatda shaxsning xarakteriga doir hususiyatlarini xarakter xislatlari 
deb yuritiladi. Xarakter xislatlari odamning xulq atvori va hatti-
harakatlarida bazan uchrab qoladigan epizodik hususiyatlari bo`lmay balki 
nihoyatda mustaxkam, doimiy hususiyatlari bo`ladi.


258 
Har bir odamning xarakter xislatlari konkret tarixiy sharoitida 
ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyoti bilan bog’liq xolda yuzaga kelgan. 
Ana shu jixatidan olganda, Har bir tarixiy davirda yashagan odamlarning 
ana shu davridagi ijtimoiy tuzum mafaatlari biln bog`liq bo`lgan xarakter 
hislatlari bordir. Masalan, sinfiy jamiyatda xarakterning sinfiy hislatlari 
tarkib topgan. Ijtimoiy tuzum, ijtimoiy munosabatlarning o`zgarishi bilan u 
yoki bu sinfga xos xarakter xislatlari ham o`zgargan. Masalan, xarakter 
hislatlarining tubdan o’zgariyatganlini mustaqil O’zbekiston misolida 
yaqqol kurish mumkin.
Kishilarimizdan yangichan xarakter xislatlari tarkib topa boshladi. 
Chun
onchi, mehnatga ijobiy munosabatda bo’lish, vatan parvarlik, 
gumanizm, jamoatchilik, fidokorlik kabi sifatlari yuzaga kelmoqda. Ayrim 
xarakter xislatlari, yani prinsipsizlik, laganbardorlik, xushomadgo`ylik, 
takabburlik, shaxsiyatparastlik kabi hislatlar kun sayn yo`qolib bormoqda.
Odatda har bir shaxsning xarakteriga xos bo`lgan xislatlar juda ko`p 
bo`lib, ulardan Xarakterning irodaviy sifatlari (xislatlari) va Xarakterning 
axloqiy xislatlarini ko`rsatish mumkin. Xarakterning irodaviy xislatlariga- 
iroda kuchi, mustaqillik, prinspiallik, qat`iylik, chidamlilik, matonat, o`zina 
tuta bilish kabi xislatlar kiradi.
Xarakter va uning ana shu yuqorida ko`rsatib o`tilgan xislatlari 
odamga tug`ma ravishda berilmaydi. Masalan, yangi tug`ilgan chaqaloq 
bolada qanday Xarakter xislatlari tarkib topishini oldindan aytib berib 
bo`lmaydi. Biroq ayrim olimlar xarakter va uning xislatlarini odamga 
tug`ma ravishda, ya`ni nasliy yo`l bilan tayyor xolda beriladigan narsa deb 
tushuntiradilar. Ularning fikricha, odam qanday xarakter bilan tug`ilgan 
bo`lsa, xuddi shunday Xarakter bilan qolaveradi. Ular xarakter xislatlarini 
o`zgartirish mumkin emas 


sut bilan kirgan fe`l jon bilan chiqib ketadi
” 
deb ta`lim beradilar. Bu batomam xato fikr. Hech qachon xarakter va uning 
xislatlari nasliy yo`l bilan tug`ma ravishda berilmaydi, ya`ni 

sut bilan 
kirgan fe`l jon bilan chiqib ketmaydi

. Buni yosh bolalar taraqqiyotida juda 
ravshan ko`rish mumkin. Masalan, hech vaqt bola tug`ilishdanoq o`g`ri, 
yolg`onchi, raxmsiz, shavqatsiz, diyonatsiz beburd bo`lib tug`ilmaydi. Bola 
xarakteriga hos bo`lgan barcha ijobiy va yuqoridagi kabi salbiy xislatlar 
keyinchalik, ya`ni yashash sharoiti ta`lim-tarbiyaning aktiv tasiri natijasida 
tarkib topadi.
Ana shuning uchun bolalarning ilk yoshlik davrlaridan boshlab, 
ularning xarakter hislatlarini jiddiy etibor bilan tarkib toptirib borish lozim. 
Xarakter xislatlarini tarkib toptirishda ibratning ro`li g`oyat kattadir. 
Bolalar o`z tabiatlari jixatidan g`oyat taqlidchan bo`ladilar. Ularning shu 
hususiyatlaridan foydalanish lozim. Tarbiyachi va ota- onalarning o`zlari 
har jixatdan namuna bo`lishlaridan tashqari, bolalarga turli ibratli 


259 
kitobchalar o`qib berish, ajoyib, oliyjanob odamlar haqida suxbatlar 
o`tkazish katta axamiyatga egadir.
Shunday qilib hozirgi kunda o`sib kelayotgan yosh avlodda xarakter 
xislatlarini tarkib toptirish naqadar masuliyatli ish ekanini har bir 
tarbiyachi va har bir ota- ona doim sezib turishi kerak. Jamiyatimizning 
kelajagi yoshlarga bog`liq ekan, ana shu yoshlarda Xarakterning ijobiy 
xislatlarini, ya`ni axloq kodeksiga to`la mos keladigan xislatlarni 
tarbiyalash zamonimizning birinchi darajali vazifasidir.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin