Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Maktabgacha tarbiya davrida bilish jarayonlari



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
17.1.2. Maktabgacha tarbiya davrida bilish jarayonlari 
psixodiagnostikasi
Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning 
atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan harakat qilish 
xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan diagnostik qurol sifatida 
foydalanish uning tevarak-atrofidagi hodisalarni bilishga intilishi va faollik 
darajasi hamda predmetlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning 
mavjudligini aniqlab beradi. 
Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodikalardan 
foydalanish mumkin. Chunki, xuddi 
shu davrdan boshlab so‘zli 
topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l
-
yo‘riqlarni tushuna boshlaydi, unda 
zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo‘ladi, bilishga qiziqish rivojlangan 
bo‘ladi, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda 
nisbatan u
zoqroq ishtirok etish holatida bo‘ladi. Quyida metodikalardan 
namunalar keltiramiz. 
Segen doskasi 
Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E. Segen 
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini 
aniqlashga, motorik
a xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan (N.A. Shivarev, 
1970). Qattiq qog‘oz yo ki kartonga quyidagi figuralar chiziladi.
Keyin ularni ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi. Har bir variant bir-
biridan murakkabligi bilan ajralib turadi. 
1-
doskada 10 ta har xil butun figuralar bor; 
2-
doskada 2 ta figura bo‘lib, ularning har biri ikki va uch qismdan 
iborat; 
3-
doskada har biri ikki va uch qismdan iborat 4 ta figura; 
4-
doskada ikki qismdan iborat 5 ta (figura) shakl. 
Bolaga 10 soniya davomida doska 
ko‘rsatiladi. Keyin doskadagi 
shakllar stol ustiga tushadigan qilib ag‘dariladi. Eksperimentator ularni 
aralashtirib, har bir shaklni o‘z joyiga qo‘yishni boladan so‘raydi. Tajriba 
boshida eksperimentator 2-
3 namunani ko‘rsatib berishi mumkin. Keyin 


264 
bolaning topshiriqni qanday bajarayotganini diqqat bilan kuzatadi. Bo la 
«smash va xato qilish» kabi harakatlar qiladi, bunda bo
la shakli arni joyiga 
qo‘yishga diqqat
-
e’tibor berishi, kuzatishi kerak. Birinchi to
pshiriqni 
bajargandan so‘ng, keyingi qiyinroq topshiriqqa o‘tiladi. Sinaluvchining har 
bir topshiriqni bajarishga sarflangan vaqti, uning qilgan harakatlari maxsus 
qarorga yozib boriladi. Sinaluvchi topshiriqlarni o‘zi bajara olmasa, 1 
daqiqadan so‘ng unga
yordamlashish mumkin. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin