Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
A. Shartsiz tormizlanishni 
B. 
Shartli qo’zg’alishni
C. 
O’jarlikni
D. Ijobiy Xarakterni 
9.
 
Qanday holatlarda maktabgacha yoshdagi bolalar juda tez 
charchaydilar? 
A. 
rasm chizishga, mehnat, harakatli o‘yinlarda
B. 
o‘zlari xohlamagan mashg‘ulotlarda
C. 
turli didaktik mashg’ulotlarda
D. loy, plastilin bilan ishlaganda 
10. 
O‘yin faoliyatida va muloqot jarayonida bolaning shaxsiy fazilatlari 
hamda Xarakter 
xislatlari bolaning nimasiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi?
 
A. Xarakteriga 
B. nutqiga 
C. tafakkuriga 
D.xulqiga 
 
 


233 
 
 
XIV-BOB. BOLALARDA HISSIY SOHANING RIVOJLANISHI
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1. 
Maktabgacha tarbiya yosh davrida o’z
-
o’ziga baho berish
 
2. 
Maktabgacha tarbiya yosh davrida o’z
-
o’ziga baho berish
 
3. Ontogenezda emotsiyalar va hissiyotlar rivojlanishining umumiy 
qonuniyatlari 
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oliy hislarning rivojlanishi 
14.1. Maktabgacha tarbiya yosh davrida o’z
-
o’ziga baho berish
 
Bog'cha yosh davrida o'ziga-o'zi baho berish emotsional Xarakterga 
ega bo'ladi. Bolaning boshqalarga beradigan bahosi ham shunday 
xususiyatga ega bo'ladi. Bola uni o'rab turgan kattalardan qaysi biriga 
ishonch his etsa, mehri tovlansa o'sha kishiga ijobiy baho beradi. Katta 
bog'cha yoshidagi bolalar ularni o'rab turgan kattalarning ichki olamiga 
baho berishga harakat qiladilar. O'rta va kichik bog'cha yoshidagi 
bolalardan farqli ravishda kattalarning ichki olamiga anchagina chuqur va 
differensiallashgan baho beradilar. 
Aniqlanishicha bolaning guruhda egallagan mavqeining o'ziga o'zi 
beradigan bahosiga ta'sir etadi. Masalan, guruhdagi mavqei unchalik 
baland bo'lmagan bolalarda o'ziga juda yuqori baho berish, aksincha 
guruhdagi mavqei ancha yaxshi bo'lgan bolalarda o'zini past baholash 
tendentsiyasi kuzatiladi. Bog'cha yoshining oxiriga kelib, bolaning 
atrofdagilarga beradigan bahosi ancha chuqur, to'liq detallashgan va 
kengaytirilgan tus ola boshlaydi. 
Bu o'zgarishlar shu bilan tushuntiriladiki, katta bog'cha yoshidagi 
bolalarda odamlarning ichki olamiga qiziqish ortib boradi, ular baho 
berishda muhim bo'lgan mezonlarni o'zlashtirib boradilar, tafakkur va 
nutqlari rivojlanib boradi. 
Bog'cha yoshidagi bolaning o'ziga-o'zi beradigan bahosida unda 
rivojlanib borayotgan g'urur va uyat tuyg'ulari ham aks etadi. 
O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion 
sohalari shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Mana shu sohalarning 
rivojlanib borishi natijasida bola ham o'zini, ham o'zi egallab turgan 
vaziyatni anglashga qodir bo'la boshlaydi, ya'ni unda o'zining ijtimoiy 
"men"ini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga 
o'tishida hamda uning maktabga psixologik tayyorligida muhim rol 
o'ynaydi. Bog'cha yoshining oxiriga kelib bolaning o'zgalarga va o'z-o'ziga 


234 
beradigan bahosidagi mustaqillik, tanqidiy ruh ancha o'sadi. Bog'cha 
yoshidagi bolaning motivatsion sohasi aktiv rivojlanib boradi. Kichiq 
bog'cha yoshidagi bolaning xulq atvori ilk bolalik davrlarida unchalik farq 
qilmaydi. Bu davrda ham bolalar asosan situativ emotsiyalari va xohish - 
istaklari ta'sirida harakat qiladilar, biror harakatni bajara turib ular nima 
uchun shunday qilayotganliklarini to'liq tushunmaydilar va tushuntira 
olmaydilar. Katta bog'cha yoshidagi bolalarning xatti - harakatlari ancha 
aniq tarzda ro'y beradi.
Har xil motivlar bog'cha yoshining turli bosqichlaridagi bolalarni 
aynan bir harakatni amalga oshirishga undaydi. Masalan, 3 yoshli bola 
o'yinchoqlarini yuvishidan maqsadi suv o'ynash bo'lsa, 6 yoshli bolaning 
maqsadi o'yinchoqlarni toza qilish, onasiga yordam berishdan iborat 
bo'ladi . 
Bog'cha yosh davrida motivatsion sohada aynan shu davrga xos 
motivlar paydo bo'ladi. Bular orasida bolaning kattalar olamiga bo'lgan 
qiziqishi ularga o'xshashga harakat qilishi bilan bog'liq motivlar ham 
mavjud. 
Maxsus tadqiqotlar (L.Z.Neverovich va b.)ning ko'rsatishicha, o'z 
tabiatiga ko'ra ijtimoiy bo'lgan motivlar bog'cha yoshidayoq ancha katta, 
hatto, shaxsiy manfaat va faoliyatning tashqi, protsessual tomonlariga 
qiziqish kabi motivlardan ham kattaroq undovchi kuchga ega bo'lishi 
mumkin. Biroq tabiatan va mazmunan ijtimoiy bo'lgan motivlar spontan 
ravishda tasodifiy, o'z-o'zidan yuzaga kelmay, balki kattalarning 
tarbiyalovchi ta'siri ostida shakllanadi. 
Demak, bog'cha yosh davrida xulq-atvorning yangi motivlari paydo 
bo'ladi. Bu motivlar muayyan o'zaro munosabatlarga kirishib, bir-biriga 
bog'langan holda motivlar ierarxiyasini hosil qiladi. Motivlar ierarxiyasi 
bog'cha yosh davridagi bolaning motivatsion sohasida paydo bo'luvchi va 
uning rivojlanishida juda muhim o'rin egallovchi tuzilma bo'lib hisoblanadi. 
Motivlar ierarxiyasidagi motivlarning bir-biriga o'zaro tobe bo'lib 
bog'langanligi tufayli bola muhim, lekin ancha zerikarli vazifani bajarish 
uchun ayni damda unga qiziqarli bo'lib ko'ringan mashg'ulotdan voz 
kechishi mumkin. Bog'cha yosh davrida faoliyat motivlari ma'lum bir 
tizimga tushib, ayrim motivlar boshqalaridan ustun kela boshlaydi. Qanday 
motivning ustun kelishi bola hulq-atvorining yo'nalishini belgilab beradi. 
Bog'cha yosh davrida bola shaxsining o'zagi endigina shakllanayotgan 
bo'lsa ham shu davrdayoq bolalar hulq-atvorida ma'lum bir yo'nalganlik 
kuzatila boshlaydi. Bu yo'nalganlik bar xil - egoistik yo'nalganlikdan tortib, 
individualistik, ijtimoiy yo'nalganlikkacha bo'lishi mumkin (albatta, ushbu 
yoshning imkonyatlari doirasida). 


235 
Bog'cha yoshidayoq ba'zi bolalar xulq-atvorida yaratuvchanlik, ayrim 
bolalarda esa buzg'unchilikka, iste'molchilikka bo'lgan mayllar yorqin 
namoyon bo'ladi. Tarbiyachi va ota-onalar bunday mayllarni tez payqab 
olishi lozim. Chunki bu salbiy xususiyatlarni o'z vaqtida korreksiya qilish, 
ijtimoiy jihatdan qadrlanadigan ehtiyoj va motivlarni shakllantirish, bar bir 
bola uchun o'z-o'zini namoyon etishga sharoit yaratish imkoniyatini beradi. 
 
Bola faoliyati atrof olamni va o'zini bilishi, kattalar va tengdoshlar 
bilan bo'lgan munosabat jarayonida xilma-xil emotsiya hamda hissiyotlarni 
o'zidan o'tkazadi. U atrofda berayotgan hamda o'zi qilayotgan narsalaiga 
muayyan munosabatda bo'ladi. Ana shu munosabat bolada ma'lum bir 
emotsiya va hissiyotlarni tug'diradi. Emotsiya va hissiyotlar ham voqelikni 
aks ettirishning o'ziga xos shakli. U bolaning atrof olamga bo'lgan 
munosabati, biror-bir ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli 
vujudga keluvchi ichki kechinmalarida namoyon bo'ladi. 
Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishining quyidagi umumiy 
yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin: bola hayotiy vaziyatining 
o'zgarishiga bog'liq ravishda emotsional holatlarning shakllanishi; 
emotsiyalar asosida oliy hissiyotlarning shakllanishi; emotsiya va 
hissiyotlarning shaxsiy tuzilmalar orasida yangi tuzilma sifatida shakllanib 
borishi. 
Emotsiya va hissiyotlarning ontogenezdagi rivoji muayyan 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin