213
insoniy, yuksak tafakkurimizdir...». Ikkinchi signal bog‘lanishlari
narsa va
hodisalar o‘rtasidagi turlicha munosabatlarni aks ettiruvchi ancha
murakkab sistema bo‘lib, ular shunisi bilan sezgilardan, idrok va xotiradan
farq qiladi.
Agar bilish jarayoni faqatgina sezgilar va idrok orqali hosil qiluvchi
bilimlar bilan chegaralanib qolgudek bo‘lsa, odam o‘zi
uchun zarur
ma’lumotlarni juda kam miqdorda qo‘lga kiritgan bo‘lur edi. Biz o‘tmishda
bo‘lib o‘tgan hodisalarni idrok qila olmaslig
imiz tufayli ham tarixda bizga
qadar yuz bergan voqea hodisalarni bila olmagan bo‘lur edik.
38
Insonning tafakkur qilishi to’g’risida buyuk mutafakkir shoir
Rumiy:
Narsa yo’qkim, xorij olam erur,
Har narsa istarsen, o’zingda jam erur,
-deganlar. Agar har bir inson aqliy
bilishiga va tafakkuriga tayanib o’z oldiga maqsadlar qo’yib
harakat qilsa
albatta biror bir natijalarga erishadi.
Alisher Navoiy: Dedi har ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.
Inson komillik sari intilar ekan hech qachon teran mushohada
yuritishdan, taxayyul dunyosida sayir etishdan,
tafakkur sarhadlarini
kengaytirishdan to’xtamaydi. Zero Abu Ali Ibn Sinodek qomusiy bilim sohibi
bo’lgan alloma umrining oxirlarida quyidagi satrlarni bejizga bitib
qoldirmagan:
Hech bir gap qolmadi ma’lum bo’lmagan,
Juda oz sir qoldi ma’lum bo’lmagan,
Bilimim haqida chuqur o’ylasam,
Bildimki, hech narsa ma’lum bo’lmagan.
Mashhur olim va ixtirochi Tomas Edison “Sivilizatsiyaning buyuk
vazifasi odamni fikrlashga o’rgatishdir” degan edi. Shunday ekan fikrlashga
o’rgatish o’z
-
o’zidan yuzaga kelmaydi. Dastlab bola ontogenezining dastlabki,
bosqichlaridan unda tafakkurni rivojlantirish muhim vazifalardan biri.
Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi.
Bolalarda turmush tajribasining ko‘payishi, ikkinchidan, nutqning nisbatan
o‘sganligi, bolalarining juda ko‘p erkin va
mustaqil harakatlar qilish
imk
oniyatiga ega bo‘lishlari bunga sabab bo‘ladi. Bolalar o‘zlarining
mustaqil harakatlari davomida atrofidagi turli xil narsalar bilan bevosita
taqqoslash, analiz qilish va, nihoyat, umumlashtirish
kabi fikr qilish
jarayonlarini vujudga keltiradi va takomillashtiradi.
Dostları ilə paylaş: