Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 


221 
 
 
XIII-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLA SHAXSINING 
RIVOJLANISHI 
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy 
muhitning o‘rni
2. 
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi 
bolalarning tengdoshlari bilan 
munosabatlari 
3. 
Bolalar o‘z tengdoshlariga berayotgan baholari
 
 
13.1. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy 
muhitning o‘rni
 
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy 
muhitning o‘rni. 
Bola jismoniy taraqqiyotining 3 yoshdan 7 yoshgacha 
bo‘lgan davrini qamrab oluvchi maktabgacha ta’lim yoshida psixik 
rivoj
lanishda ham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davr mob
aynida bola 
shaxsini belgilab beruvchi xususiyatlar shakllanadi. Bolaning shaxs sifatida 
shakllanish nuqtayi nazaridan qaraganda maktabgacha yoshdagi davrini 
uch bosqichga ajratish mumkin: 
Uchinchi bosqich 
6-
7 yoshni qamrab olib bolada ishbilarmonlik, o‘z
-
o‘zini anglash, shaxs 
xususiyatlarining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchi bosqich 
4-
5 yoshgacha bo‘lgan davr asosan axloqiy jihatdan o‘zinio‘zi 
boshqarishi kuchayadi
Birinchi bosqich 
3-4 yoshni o‘z ichiga oladi va ushbu bosqich bolada emotsional jihatdan o‘z-o‘zini 
boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liq.


222 
Bu davrlashtirish jihatidan qaralganda birinchi va ikkinchi bosqichlar 
kichik va o‘rta bog‘cha yoshiga, 3
-
bosqich esa katta bog‘cha yoshiga to‘g‘ri 
keladi. 
Bola shaxsining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart
-sharoitlar. Bola 
rivojlanib borar ekan yangi psixik sifatlarni va xulq-
atvor ko‘rinishlarini 
o‘zlashtiradi. Shu tariqa u shaxsga, jamiyatning kichik bir a’zosiga aylanadi. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola butunlay shakllanib ulgurmagan va 
keyinchalik kamol topishga qodir bo‘lgan shaxs hisoblanadi, lekin bunga 
qaramay bolada nisbatan barqaror ichki dunyo shakllanadiki, u bolani ilk 
bora shaxs deb atashga asos bo‘la oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish sharoitlari avvalgi yosh 
bosqichidan jiddiy farq qiladi. 
Kattalar tomonidan bolaning xulqiga bo‘lgan 
talablar sezilarli darajada oshadi. 
Jamiyatda barcha uchun majburiy bo‘lgan 
axloq qoidalariga, ijtimoiy odob normalariga amal qilish asosiy talabga 
aylanadi. Atrof-
muhitni bilish imkoniyatlarining o‘sishi, bolani yaqinlari 
tashkil qilgan tor doiradan olib chiqadi va o‘zaro munosabatlar shakl
ini ilk 
bora o‘zlashtira boshlaydi. Bola o‘zaro munosa
batlar shaklini ilk bora 
kattalarning ta’lim, mehnat kabi asosiy faoliyati turlarida o‘zlashtirib 
boradi. Bola tengdoshlari bilan birga o‘ynaydi, o‘z harakatlarini 
tengdoshlarining harakatlari bilan mu
vofiqlashtirishni, o‘rtoqlarining 
qiziqishlari va fikrlari bilan hisoblashishni faoliyat jarayonida o‘rganadi. 
Maktabgacha bo‘lgan bolalik davri davo
mi
da bola harakatlarida o‘zgarishlar 
va qiyinchiliklar ro‘y beradi. Ular bolaning idroki, fikrlashini, xoti
rasinigina 
emas, o‘zining xulqini yo‘lga qo‘yishini ham ta
lab qiladi. Shaxslararo 
munosabatlardagi axloq-
odob namunalarini o‘zlashtirish kattalar ta’siri 
ostida boshqariladi. Bu katta
larning bola shaxsini shakllanishiga ko‘rsatgan 
asosiy ta’siridir.
Bola 
shaxsining rivojlanishi ikki jihatni o‘z ichiga oladi. Ulardan biri 
bolani atrof-muhitni asta-
sekin anglab borishini va unda o‘z o‘rnini his 
qilishini bildiradi. Bular sababli bola xulqida o‘zgarishlar ro‘y beradi va ular 
ta’siri ostida bola u yoki bu har
akatlarni sodir qiladi. Boshqa jihat esa his-
tuyg‘u va irodani rivojlanishini taqozo etadi. Ular yuqorida aytilgan 
o‘zgarishlar ta’sirini, xulq
-atvorni mustahkamligini, uning tashqi 
sharoitlarga bog‘lanib qolmasligini ta’minlaydi. Bolalar uchun odob 
namuna
si sifatida kattalarni o‘zi avvalo ularning harakatlari, o‘zaro 
munosabatlari xizmat qiladi. Bola atrofidagi yaqin insonlarning xulqi unga 
bevosita jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U ularga taqlid qi
lishga, odatlarini 
o‘xshatishga, odamlarga, hodisalarga, narsalarga bo‘lgan fikrlarini 
o‘zlashtirishga moyildir. Lekin yaqinlari bilan ish cheklanib qolmaydi. 
Maktabgacha yoshdagi bola kattalar hayoti bilan har xil yo‘llar orqali 
tanishadi: ularning mehnatini kuzatadi, hikoya, she’r va ertaklarni tinglaydi. 


223 
Boshqalar
ning mehr, hurmat va maqtovlariga sazovor bo‘lgan odamlar bola 
uchun namuna vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga bolalar guruhida ijobiy 
baholangan va mashhur bo‘lgan tengdoshlarining harakatlari ham u uchun 
namuna bo‘la oladi. Va nihoyat, ertaklarda aks et
tirilgan personajlarning 
harakatlari ham namunalikda katta ahamiyatga ega. Bunday personajlar u 
yoki bu odob fazilatlariga ega bo‘ladi. Bolaning yaqinlari doirasiga 
kirmaydigan, shunday bo‘lsa ham uning e’tiborini qozona olgan odamlar 
fikri uning namunali 
xulqni o‘zlashtirishida katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. 
Bola bu odamlarga qattiq bog‘lanib qolganligi sababli, ularning kattalarga, 
bolalarga, hikoya va ertak qahramonlariga bergan bahosi u uchun 
boshqalarnikidan ishonarli tuyiladi. 
Kichik va o‘rta guruhda
gi bolalar axloq namunalariga katta qiziqish 
bildiradilar. Masalan, ertak yoki hikoya eshitayotib, ular kim yaxshi va kim 
yomon ekanligini aniqlashga tushadilar. Bu ma’noda noaniqlikka chiday 
olmaydilar va hattoki o‘z nuqtayi nazarlaridan jonsiz predmetla
rni ham 
baholamoqchi bo‘ladilar. O‘rmonda adashib qolgan va daraxt kesuvchi 
tomonidan qutqarib qolingan bola haqidagi ertakni tinglab bo‘lgach besh 
yoshli bola: «Bolani topib olgan amaki yaxshi ekan, o‘rmon esa yomon, u 
bolani adashtirib qo‘ydi», dedi. To‘rt yoshli bola bo‘lsa, tentak haqidagi bir 
qator ertaklarni eshitib bo‘lgach: «Oyijon tentaklar yaxshi bo‘ladimi yo 
yomonmi?» 

degan savolni berdi (Muxina tadqiqotlari). Bolalarning o‘zi 
ham, atrofdagilar ulardan kutayotgan xulq haqidagi tasavvurdan kelib 
chiqqan holda, sekin-
asta o‘z harakatlarini baholay boshlaydilar.
Kichik va o‘rta guruhdagi bolalar madaniy
-
gigiyenik ko‘nikma 
qoidalarini, tartibga rioya qilish va o‘yinchoqlar bi
lan muomala qilish 
qoidalarini o‘zlashtiradilar. Ular kattalar talablariga
bo‘ysunish bilan birga, 
qoidalarga ham ega bo‘lishga harakat qiladilar. Tengdoshlari axloq 
qoidalarini buzganligi haqida bog‘cha tarbiyachisiga arz va shikoyat bilan 
murojaat qiladilar. Aksariyat hollarda bunday shikoyatlar chaqimchilik 
emas, balki o‘ziga xos bo‘lgan iltimosni, qoidaga rioya qilish hamma uchun 
majburiy ekanligini bildiradi. Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar 
bilan o‘zaro munosabat qoidalarini o‘zlashtirish birinchi darajali 
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do‘stining fikrini, uning 
huquqlarini va xohishini hisobga olish 
majburiyati ko‘pincha bolalar faoliyatini murakkablashtiradi. O‘zaro 
munosabat qoidalarini o‘zlashtirish bolalar uchun oson kechmaydi, aniq bir 
holat xususiyatini tushunmay, bolalar bu qoidalarni dastlab rasman qabul 
qiladilar. Ular tomonidan muomala qoidalarining amalda o‘zgartirilishi, 
buzilishi va tiklanishi orqali bolalarda tajriba paydo bo‘ladi.
Kattalarning bolaga nisbatan «yaxshi bola»ga bo‘lgandek 
emotsional 
munosabat 
tug‘ilgandan va o‘z jinsiga dastlabki ko‘nikishdan so‘ng, bolada 


224 
yangi ijtimoiy muhit shakllanadi, ya’ni kattalar talablariga javob berishga va 
tan olinishga inti
lish paydo bo‘ladi. Ma’naviy his va vijdon hurmat 
qozonishga intilishning ijobiy tarafidir. Odamlarning kundalik 
munosabatlarida vijdon «kerak» so‘zi bilan izohlanadi. Tarbiya orqa
li 
insoniyat ma’naviy madaniyatini yuqori yutug‘i bo‘lgan mukammallik 
tuyg‘usi aniq bir shaxsning yutug‘iga aylanadi. Shaxsning axloqiy 
shakllanishini bola egallayotgan bilimlar; atrofdagi odamlar bilan muloqot 
paytida o‘zlashtirilgan axloqiy

xulq odatlari, odamlar bilan o‘zaro aloqa 
paytida yutuq va yo‘qotishlarni birga emotsional boshdan kechirishlar 
tashkil qiladi. Maktabgacha bo‘lgan davr mobaynida ong darajasi o‘z
garadi 
va buning oqibatida bolalar axloq qoidalarini bajarishni boshlaydilar. 
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar qoidalarga amal qilishga 
ko‘nikadilar va ba’zida hattoki «tartibga ortiqcha mehr» qo‘yadilar, 
qoidalarni kichik buzilishiga ham chiday olmaydilar. Maktab yoshiga 
yaqinlashganda esa odatdagi qoidaga rioya qilish ongli ravishda bajarishga 
aylanadi. Bu davrda bolalar nafaqat o‘zlari qoidalarga bo‘ysuna boshlaydilar, 
balki boshqa bolalar ham ularga amal qilishlarini nazorat qiladilar. 
Kichik v
a o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda g‘urur va uyatchanlik 
rivojlanishi axloq namunalari va qoidalarini o‘zlashtirishda katta 
ahamiyatga ega. Bola o‘z harakatlarini kattalarning bergan bahosi va 
maqtovlari bilan muvofiqlashtirishga majbur bo‘ladi. Bu yoshda
gi bola faqat 
kattalar tomo
nidan qo‘llab
-
quvvatlanish uchun emas, balki o‘z ijobiy 
fazilatlari (jasurlik, rostgo‘ylik, boshqalar bilan bo‘lishishga tayyorlik) 
uchun 
ham, g‘urur hissini tuyadi. U o‘z harakatini ijobiy baholanadigan namuna 
bilan o‘lchaydi, u bilan o‘xshashlik unga o‘zi bilan g‘ururlanishga asos bo‘la 
olishini tushunadi. 
Uyatchanlik bolada kattalarni bolalikning ilk davrida uning ishlariga 
to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishi tufayli orttiriladi. Mak
tabgacha yoshdagi bolada 
uyatchanlik boshqalar k
utgandan yomonroq, aniqrog‘i qoidani buzish, ijobiy 
baholanadigan namunadan chetlashishdek, harakat qilganligini tushunib 
еtgan holda ham vujudga keladi. Bola o‘zida qo‘rqoqlik, qo‘pollik, 
qizg‘anchiqlik, qo‘rslik va hokazolar namoyon bo‘lishidan ham uyala
di. 
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida avvalgidek bolani kattalarga bog‘liqligi 
saqlanib qoladi. Katta odamning xulqi bola faoliyatining ham faollashishiga 
sabab bo‘ladi.
Aniqlanishicha, katta yoshdagi odam bolani o‘ziga moyil qilolsa, uning 
yutuqlariga sheri
k va yo‘qotishlariga qayg‘udosh bo‘lsa, bola har doim o‘zini 
ruhan tetik his qiladi va hattoki omadsiz damda ham harakatga va 
qarshiliklarni 
еngib o‘tishga tayyor bo‘ladi. U kattalar bilan ijobiy aloqalar 
o‘rnatganda, ularga ishonadi, boshqa bolalar va kat
talar bilan oson aloqa ga 
kirishadi. 


225 
Katta yoshdagi odamning bolaga begonalarcha muomalasi uning 
ijtimoiy faolligini pasaytiradi, buning oqibatida bola o‘zi bilan o‘zi ovora 
bo‘lib qoladi, o‘zini erkin sezolmaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi, 
yig‘lashga doim tayyor bo‘lib, tengdoshlariga nisbatan tajovuzkor bo‘lib 
qoladi. Aksariyat kattalar tomonidan begonadek qabul qilingan bolalar 
boshlagan ishlarini to‘xtatadilar, sust va befarq bo‘lib qoladilar. Bolalarni 
boshqa qismi, aksincha ish sur’atini oshir
adi, lekin bunga qaramay ishni 
samarasi past bo‘ladi. Katta yoshdagi odamning bolaga ochiq ko‘rsatayotgan 
salbiy munosabati unda odatiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi: bola yo 
begonalik to‘sig‘ini buzishga, katta odam bilan aloqa o‘rnatishga intiladi, 
yo 
o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi va muloqotdan o‘zini olib qochishga harakat 
qiladi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, boshqa odam mehriga bo‘lgan tashnalik va 
biron odamga mehr berish istagi birinchi darajali, juda ham zarur ehtiyoj 
hisoblanadi. Bolaning ona
ga bo‘lgan mehri bu yo‘sinda alohida o‘rin 
egallaydi. Uning barcha ehtiyojlari ona orqali amalga oshadi, chunki u 
bolaning quvonch, himoya hissi va emotsional xotirjamlik manbaidir. Bola 
onaning bevo
sita mehr ko‘rsatishiga muhtoj bo‘ladi va har qanday yo‘
l bilan 
uning e’tiborini tortishga harakat qiladi. Yosh bola ayniqsa onasiga yoki 
uning o‘rnini bosuvchi odamga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan, 
maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar odamlarga bog‘liqlik va ko‘pgina o‘ziga 
yaqin odamlarga nisbatan 
ehtiyoj seza boshlaydi. Kattalar bilan o‘zaro 
yaxshi aloqa o‘rnatish va uni saqlash bolaning ijtimoiy rivojlanishini belgilab 
beradigan 
е
takchi omil hisoblanadi. Bolaning kattalar bi
lan o‘zaro aloqasi 
ko‘p hollarda kattalar tomonidan unga nis
batan qilinadigan muomalaga 
bog‘liq bo‘ladi.
Kattalar tomonidan yaxshi emotsional muomala sharoitida bola o‘sha 
katta yoshli kishiga ishonch bilan qaraydi, o‘z faoli
yatida muvaffaqiyatli 
bo‘lishga va o‘ziga tanish bo‘lgan odob
-axloq qoidalariga amal qilishga 
harakat qiladi. Dilkashlik va xayrixohlik bolada ijobiy xislatlarni vujudga 
kelishiga sharoit yaratadi. 
Undan uzoqlashish, jahldorlik va hattoki kattalarning ozgina 
bee’tiborligi ham, bolani noxush hislardan qochishiga va o‘zi bilan o‘zi ovora 
bo‘lishiga olib kela
di. Kattalarni begonalashishi quyidagi salbiy xislatlarni 
rivojlanishiga zamin yaratishi mumkin: odamovilik, tajovuskorlik, 
yolg‘onchilik, tilyog‘lamalik, laganbardorlik va itoatkorlik. Bolaga ta’sir 
ko‘rsatishning emotsional munosabatlarini katta odam eht
iyotkorona 
tanlashi ke
rak. Bolaga ijobiy va salbiy ta’sir usuli bexosdan qo‘llanilishi kerak 
emas (katta yoshli odamning kayfiyatiga qarab), aksincha o‘ziga xos 
muomala quroliga aylanishi kerak. Ijobiy hislar muomala muhitini tashkil 
qiladi, begonalashish esa bolaning jiddiy xatosiga tanbeh shaklida 


226 
qo‘llanilishi lozim.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin