201
ma’naviyatiga bog‘liqdir. Bir xil oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus
ravishda shug‘ullaniladi. Boshqa bir oilalarda esa bola nutqining o‘sishi
bilan mutlaqo shug‘ullanmaydilar. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi
bolalar so‘z zaxirasi o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi. Agar ilk yoshdagi
bolalarning nutqi asosan ular ayni shu chog‘da idr
ok qilib turgan narsalar
va harakatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, bog‘cha yoshidagi bolalarning nutqi hozir
idrok qilib turgan narsalardan tashqari ilgari idrok qilingan narsalar hamda
xayoliy narsalar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun bolalar katta
kishil
ar aytib yoki o‘qib bergan ertaklarni izchil ravishda qayta aytib bera
oladilar. Bu yoshda bolalar nutqni juda tez egallaydilar. Shuning uchun ular
o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini ham faqat og‘zaki tarzda
o‘zlashtiradilar. Bolalarning o‘z ona tillari grammatikasining ayrim
tomonlarini o‘zlashtirishlari maktab bolalarining o‘zlashtirishlaridan
batamom farq qiladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni o‘rganib yodlarida
saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe’l, sifat, olmosh, suffiks,
kelishik kabi
grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham
bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikaning juda ko
‘p qo‘llaniladigan
eng sodda qoidalarini kattalarning
nutqlari orqali mazmunli
o‘yinlarda
taqlidiy yo‘llar bilan amaliy ravishda o‘zlashtira boradilar. Ma’lumki,
nutqning o‘sishi jarayonida bolalar so‘z turkumlaridan otlarni tez
o‘zlashtiradilar. Bun
ga asosiy sabab shundaki,
bolalar narsalarning
nomlarini, otlarini o‘z nutqlarida ko‘proq ishlatadilar. O‘rta va katta
yoshdagi bog‘cha bolalari otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz
shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladigan bo‘ladila
r. Katta
guruh bolalari so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz eta oladilar.
Shuning uchun ular
o‘zlaridan kichik yoshdagi bolalar so‘zlaganlarida, «bunaqa deb bo‘lmaydi»
deb ularning nutqlarini to‘g‘rilaydigan bo‘ladilar.
Otlardan so‘ng bolalar so‘z turkumlaridan fe’
llarni va sifatlarni
o‘zlashtira boshlaydilar. Fe’llarning shaxs qo‘shimchalarini osonlik bilan
egallasalar ham, lekin fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini o‘zlashtira
olmaydilar. Kichik guruh bolalarida turmush tajribasi juda oz bo‘lganligi
tufayli ular
da o‘tgan va kelasi zamon tushunchalar
hali shakllanmagan
bo‘ladi. Shuning uchun ular o‘z nutqlarida fe’llarning zamon
Dostları ilə paylaş: